Daniya termasi bosh murabbiyi: "Haqiqiy jang va sehrli darvozabonimiz sabab g'alaba qildik"
04 iyu 2021 01:25
Yangiliklar


Daniya termasi bosh murabbiyi: "Haqiqiy jang va sehrli darvozabonimiz sabab g'alaba qildik"
Daniya termasi ustozi Kasper Yulmand CHexiya termasi ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Bu shunchaki ajoyib! Men yigitlar bilan ko'rishishim bilanoq Uemblida tushgan suratimizni ko'rsatdim va bu erga yana qaytayotganimizni aytdim. Muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashidan o'zimni Daniyadagi stadiondadek his qildim. Biz ulardan shunchaki minnatdormiz. Bu o'yin ideal o'tmadi, ammo haqiqiy jang va sehrli darvozabonimiz sabab biz g'alaba qildik. Kuchimiz deyarli tamom bo'ldi, ammo "Evro" yarim finali bu juda katta narsa", -deydi Kasper Yulmand.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar