So’nggi yangiliklar

18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  0 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  1 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  2 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1

Daniya terma jamoasining JCH uchun libosi - Qatarda inson huquqlari buzilishiga qarshi bayonot. Ramz deyarli ko'rinmagan, uchinchi to'plam esa motamli... Yangiliklar

Daniya terma jamoasining JCH uchun libosi - Qatarda inson huquqlari buzilishiga qarshi bayonot. Ramz deyarli ko'rinmagan, uchinchi to'plam esa motamli...

"Minglab insonlarning hayotiga zomin bo'lgan musobaqa".

Qatardagi JCH-2022 boshlanishiga ikki oydan kam vaqt qoldi — va ishtirokchilar o'zlarining libos to'plamlarini taqdim etishmoqda.


Boshqa termalar orasida Daniyaniki yaqqol ajralib turibdi. Hummer kompaniyasi bo'lajak musobaqaga o'z munosabatini bildirdi va Qatardagi inson huquqlarining buzilishiga qarshi norozilikni o'zida ifoda etuvchi to'plamni chiqardi.




"Daniya terma jamoasidagi libos bilan ikki xil signalni ifoda etmoqchi bo'ldik. To'plam g'oyasida faqatgina Evro-92da Daniyaning eng katta futbol yutug'idan ilhomlanmagan, balki u Qatar va inson huquqlari buzilishiga qarshi qaratilgan ham.


SHu sababdan biz barcha detallar, jumladan logotipimizni ham deyarli ko'rinmaydigan qilib qo'ydik. Minglab insonlarning hayotiga zomin bo'lgan turnirda ommaning nazarida turishni xohlamaymiz.


Biz doimo Daniya terma jamoasini qo'llab-quvvatlaymiz, ammo bu musobaqani qabul qiluvchi Qatarni qo'llab-quvvatlaymiz degani emas. Biz sport insonlarni birlashtirishi kerak deb hisoblaymiz", — deyiladi kompaniya xabarida.


Yana bir o'zgachalik — uchinchi to'plamning qora rangligida.



"Bu motam rangi. Daniya terma jamoasining ushbu JCHdagi uchinchi libosi uchun ideal rang. Biz Qatardagi inson huquqlari bilan bog'liq vaziyat va mamlakatda stadionlarni qurishda uchun ishchi muhojirlarning holati bo'yicha bayonot berishni juda ham xohlaymiz".


Qatardagi qurilishlarda kamida 7 ming nafar inson halok bo'lgan deb hisoblanmoqda


Amnesty International'ning may oyida Arab millatlari kubogi-2021 vaqtidagi Qatardagi ishlar jarayonini majburiy mehnat deb nomlagan. Obektlardagi qo'riqchilar haftasiga ruxsat etilgan maksimal 60 soatdan ortiq ishlashgan.



Barchasi The Guardian'ning o'tgan yilgi maqolasida Qatar 2010 yilda JCHni olganidan so'ng Hindiston, Pokiston, Nepal, Bangladesh va SHri-Lankadan kamida 6751 ishchi migrantning vafot etganini malum qilganidan so'ng avj oldi. Matnda aniqlik kiritilishicha, jami qurbonlar soni ancha yuqori, sababi maqolada boshqa davlatlardan kelgan migrantlarning o'limi keltirilmagan, ular esa Qatarda juda ko'p.


SHundan so'ng Norvegiyaning bir necha klublar Qatardagi JCHga qarshi chiqishdi, ayrim Evropa jamoalari esa maxsus akciyalar bilan muammoni eslatishdi. Ammo, ish boykotgacha etib bormadi.


Futboldagi yana kimlar Qatardagi JCHni tanqid qilishgan?


Niderlandiya terma jamoasi murabbiyi Lui van Gal martda tashkilotchilarni tanqid qildi: "Ushbu mamlakatda o'ynashimiz kulgili, buning sababi FIFAda "futbolni rivojlantirish maqsadida" uchun deyilishi uchunmi? Ular buni ushbu mamlakatda musobaqa tashkil qilish orqali amalga oshirishadi. Lekin, buning ahamiyati yo'q. Gap pulda va tijoraat manfaatlarida. FIFA uchun aynan shu narsa ahamiyat kasb etadi. Nima deb o'ylaysiz, nega o'z tajribam bilan FIFA komissiyalariga azo emasman? CHunki men bunday turdagi tashkilotlarga doim qarshi chiqqanman. Bu noto'g'ri".


O'sha paytda Garet Sautgeyt ham gapirgandi: "Bizda muxlislar o'zlarini noqulay his etishlari, stadionlar qurilishidagi sharoitlardan va inson huquqlaridan qo'rqishlari mumkinligidan xavfsirash bor".


Bu bayonot Qatarning etiboridan chetda qolmadi. JCH-20222 tashkiliy qo'mita rahbari Nosir Al Xater murabbiyga keskin javob qaytardi:


"Qiziqyapman, Angliya terma jamoasidan kim Qatarda bo'lgan? Murabbiyning o'zi Qatarda bo'lganmi? Uning gapirayotganlari va ommaviy bayonotlari o'qiganlariga asoslanganmi? Muammo shundaki, siz o'qigan narsangizga asoslangan holda, katta bayonotlar berasiz. Bunday tasirli, katta auditoriya tomonidan tinglanadigan inson nimani gapirayotganini yaxshi bilishi kerak.



Bayonot berishdan oldin, siz bu erga kelishingiz, ishchilar bilan gaplashishingiz, ushbu mamlakatda qolish ularga nima berishini tushunishingiz kerak. OAVda aylanadigan malum epizodlar bor, ammo sizni ishontirib aytamanki, agar u kelib ko'pchilik ishchilar bilan gaplashsa, ular farzandlarini universitetga qanday o'qishga kiritganliklari, oilalari uchun qanday uy-joy qurganliklari haqida aytib berishadi. Va bu gaplarni hech kim eshitmaydi.


SHu sabab Sautgeytni bu erda qura tashlash marosimida intiqlik bilan kutaman. U mening fikrimga eshita oladi. U ishonishga majbur emas, ammo turli fikrlar va madaniyatlar borligini tushunishga harakat qilishi kerak. Keling to'g'risini aytaylik, ideal davlat yo'q. Agar kimdir iedal mamlakatdan kelganman deb aytsa, o'ziga yaxshilab boqishi kerak".


"Bu erda gap faqat pul haqida ketmoqda. Hozirgi futbol — bu biznes. Men esa bu hammada imkoniyat bo'ladigan joy deb o'ylardim", — deydi Kantona.


Ularning stadionlarni qurgan odamlarga bo'lgan munosabati — dahshatli. Minglab odamlar o'lishdi. Barchamiz ushbu jahon chempionatini nishonlaymizmi? SHaxsan men uni ko'rmoqchi emasman. Janubiy Amerikada motociklda aylanish yoki dunyoning eng qashshoq joylaridagi kichkina bolalar bilan to'p tepgan holda vaqt o'tkazgan yaxshiroq.



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика