Daniil Abakshin: "Eng yaxshi to'purar va assistentlar safida bo'lish yoqimli"
07 okt 18:31
Yangiliklar
Daniil Abakshin: "Eng yaxshi to'purar va assistentlar safida bo'lish yoqimli"
"Bugungi o'zimiz xohlagan o'yinni namoyish etib, ijobiy natijaga erishdik va bronza medallarini qo'lga kiritdik.
Albatta, eng yaxshi to'purar va assistentlar safida bo'lish yoqimli. Venesuelaga gollar urganimdan so'ng o'zimga bo'lgan ishonch yanada ortdi va ko'proq gol urishga intildim. To'purar bo'lmagan bo'lsam-da, jamoamga foydam tekkanidan xursandman.
Franciyaga urgan gollarimni muxlislar, oilam, xususan, rafiqam va o'g'limga bag'ishlayman. Umuman olganda, barcha golimni barchaga bag'ishlayman", dedi Abakshin.
Eslatib o'tamiz, Ukraina jahon chempionatida bronza medallarini qo'lga kiritib, o'z tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.
Daniil Abakshin 7 ta gol bilan musobaqaning "Kumush butsa"si sohibiga aylandi. SHuningdek, u 6 ta assist bilan eng yaxshilar qatorida bo'ldi.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
Fikrlar