Daniele De Rossi: "Biz "Bavariya"dan bu qadar kuchsiz emasmiz"
23 okt 2014 00:35
Yangiliklar


Daniele De Rossi: "Biz "Bavariya"dan bu qadar kuchsiz emasmiz"
"Roma" etakchisi Daniele De Rossi chempionlar ligasining 3-turida "Bavariya"dan uchralgan qaqshatqich mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Bu o'yin bizga katta dars bo'ldi. Butun shahar, muxlislar va jamoamiz bu o'yinni intizorlik bilan kutgandik. Yakuniy natija esa barchani birdek ranjitdi. Muxlislarimiz dastlabki daqiqalardanoq bizni oldinga chorlashgandi. Lekin ular istagandek o'ynay olmadik. Buning uchun uyatdamiz. Uchrashuv yakunlanganidan so'ng ishqibozlarimizning olqishlarini eshitib etlarim jimirlab ketdi. Ulardan katta qarzdormiz. Tablodagi hisob aldamchi bo'ldi. Biz bu qadar kuchsiz jamoa emasmiz. Bu mag'lubiyating asosiy sababi nimada ekanligini aniq bilmayman.

Fikrlar