So’nggi yangiliklar

16:46Филипе Луис Европа клубини бошқармоқчи  1 16:06"Ливерпул" Бразилиянинг ёш иқтидорларидан бирини нишонга олди  0 14:5241 ёшли Тьяго Силва эркин агентга айланди  0 13:58Рауф Инилеев: "Мундиал арафасида ҳеч ким жароҳат олмаслиги муҳим, чунки захирамизда бошқа Шомуродов, Юсупов ва Ҳусанов йўқ"  4 13:55Пауло Дибала энди "Рома"га керак эмас  2 13:22“Рома” Мадрид клуби ўйинчисини қишда ўзига жалб қилмоқчи  0 13:02TVCOM'да бугунги тақвим: OCTAGON 83 жанглари ва бошқалар  0 12:43Норчаев Германияда операция қилинди. У қачон сафга қайтади?  3 12:11МЮ ва "Ньюкасл" португалиялик ярим ҳимоячи учун кураш олиб боради  3 11:38"Ман Сити" хавбеки Эчеверри бошқа клубларга ҳам қизиқ. "Байер"даги ижара ўйин амалиёти етишмаслиги сабабли бекор қилиниши мумкин  0 11:26"Ғазалкент" футбол клуби қайтди   5 11:14Тер Штеген қишда "Барса"ни тарк этишни режалаштирмаяпти. Нега?  1 10:49А Серия президенти: "Милан" — "Комо" учрашуви Австралияда ўтказилади  2 10:32U-22 Осиё чемпионати-2013. Антирекордчи Ўзбекистон, голни нишонлашда жароҳатланган мураббий ҳамда чилим чекиш туфайли шифокорсиз қолган жамоа тўғрисида ҳикоя қиламиз   4 09:52Дания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи Оге Харейде вафот этди  0

Daniel Gomes: "O'zbekistonning mashg'ulotlarini va videolarini ko'p ko'rgandik. Raqibni yaxshi o'rganganimiz samara berdi" Yangiliklar

Daniel Gomes: "O'zbekistonning mashg'ulotlarini va videolarini ko'p ko'rgandik. Raqibni yaxshi o'rganganimiz samara berdi"

Jahon chempionati 3-turidan o'rin olgan Kosta-Rika - O'zbekiston (5:3) uchrashuvidan so'ng Kosta-Rika terma jamoasi futzalchisi Daniel Gomes saytimizga kichik intervyu berdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz?

- O'ta qiyin bahs bo'lishini bilardik. Mezbon jamoaga qarshi o'ynayotganimiz ham bizga ortiqcha bosim o'tkazayotgandi. Faqatgina g'alaba qozonish biz uchun qoniqarli natija bo'lar edi. Yaratganga shukr, biz ijobiy natija qayd eta oldik.

- O'zbekiston terma jamoasiga haqida nimalar deya olasiz? Ushbu jamoa sizlarni nimasi bilan hayron qoldira oldi?

- O'zbekiston juda tezkor jamoa ekanligidan xabarim bor edi. Terma jamoangiz bir yoki ikkita pas orqali o'ynay oladigan jamoa. Raqib jamoaning qarshi kurashish qanchalik qiyin bo'lmasin, biz o'zimizga kerakli natija qayd etishga majbur edik. Biz to'pni olib qo'ya oldik va gollar urdik.

- Kosta-Rika terma jamoasi pley-off bosqichiga yo'l oldi. Keyingi bosqich haqidagi fikr bildirib o'tsangiz?

- Ayni damda biz kim raqibimiz bo'lishini bilmaymiz. Niderlandiya Paragvayni mag'lub etganidan xabarim bor va ular guruhda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Biz uchinchi o'rinni eng yaxshi jamoa bo'la oldik va qaysidir guruhda birinchi o'rinni egallagan jamoaga qarshi o'ynaymiz. Kim raqib bo'lishidan qatiy nazar biz faqatgina g'alaba qozonish uchun o'ynaymiz.

- O'zbekiston terma jamoasining bugungi uchrashuvda mag'lubiyatga uchrashiga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?

- Xo'sh, birinchi navbatda O'zbekiston bugungi bahsda turli xil uslublarda o'ynaganini takidlab o'tmoqchiman, bu jamoa ko'p vaqtdan beri birga o'ynab kelayotganiga isbot bo'la oladi. Raqibimiz bugun bir-ikkita pas orqali hujumga o'tdi. Jamoa qanday o'ynashni va taktikalarni yoddan bilishidan xabarimiz bor edi. Bunday tezkor jamoalarga qarshi himoyalanish oson vazifa emas. Biz O'zbekiston terma jamoasining mashg'ulotlarini kuzatib bordik, videolarini tomosha qildik. O'zbekistonga qarshi qanday samarali o'ynash kerakligi haqida ko'p bosh qotirgandik. Barcha mehnatlarimiz o'z samarasini berdi va bugun raqibimiz bizga ko'p muammo yarata olmadi.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика