So’nggi yangiliklar

22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  4 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  42 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  19 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  14 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  334 20:41Ўртоқлик учрашуви. Россия Вьетнамни қийинчиликсиз мағлуб қилди  3 20:25ЖЧ саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум бўлди  4 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Фаластин дарвозасига йўл топа олмади!  9 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   8 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  6 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  43 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  6 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  8

Dani Alvesni unutmadingizmi?! U 36 yoshda hujumchi ortida harakat qilmoqda Yangiliklar

Dani Alvesni unutmadingizmi?! U 36 yoshda hujumchi ortida harakat qilmoqda

Futbolchi mashg'ulotlarga birinchi bo'lib kelib va hammadan keyin bazani tark etadi.

2019 yozida Dani Alvesning PSJ bilan shartnomasi yakuniga etdi. Erkin agent maqomida u Amerika Kubogini yutdi va musobaqaning "Eng yaxshi o'yinchisi" nomiga sazovor bo'ldi. Alves xizmatlariga qiziqqanlar ECHLda o'ynaydigan jamoalar ichida ham etarli edi.

Lekin uni katta klublar ortiqcha qiziqtirmasdi. Dani Alves futbolchi yutishi mumkin bo'lgan barcha musobaqani yutib bo'lgan (JCHdan tashqari): u futbol tarixida eng ko'p sovrin yutgan sportchidir – 42 ta.

39 yoshida Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon CHempionatida o'ynamoqchi

Yozda u yaqin uch yil unga muntazam o'yin amaliyoti bera oladigan klub qidirdi va yurtiga ravona bo'ldi. "San-Paulu" 2022 yil dekabr oyigacha amal qiladigan shartnoma taklif qildi. Ideal variant! 

Ha, adashmadingiz, Alves 39 yoshida Qatar yashil maydonlariga borishni ko'zlayapti. Ajoyib faoliyatga chiroyli nuqta qo'yish uchun: JCH — Dani Alves uchun eng ko'p kutilgan, ammo armon bo'lib qolayotgan sovrin. "Men JCH-2022 o'ynash haqida orzu qilyapman va buni amalga oshirish uchun menga jamoa kerak. Men shunchaki faoliyatimni tugatib qo'yish uchun bu erga kelganim yo'q. Hali maqsadlarim etarlicha".

Qatargacha — Braziliyada o'tishi kutilayotgan uch mavsum bor. Hozircha Alves "San-Paulu" safida yarim yil harakat qildi. Va yana barchani lol qoldirdi.

SHaxsan Kakadan raqamini oldi va hujumkor markaziy yarim himoyachiga aylandi

"San-Paulu"da Alves 10-raqamni tanladi, uni 40 ming tomoshabin yig'ilgan tanishtiruv marosimida Kakaning o'zi hamyurtiga topshirdi. Bir qarashda hammasi oddiy — Dani shunchaki futbolkasidagi raqamlarni alishtirishni yoqtiradi: professional faoliyati davomida u 12 xil raqamda maydonga tushgan. Birgina PSJ klubida ikki mavsum davomida u 4 xil raqamda o'ynashga ulgurdi.

Lekin keyinroq malum bo'ldiki, Alves o'ninchi raqamni shunchaki tanlamagan ekan. Birinchi uchrashuvidayoq Alves hujumchi ortida harakat qildi. Raqib jarima maydoniga ko'plab uzatmalarni amalga oshirdi va o'yindagi yagona golni urdi. Qiziq holat, butun faoliyati davomida Dani Alves o'ng qanot himoyasida o'ynagan. Bazan o'ng qanot yarim himoyasida maydonga tushardi. Yoshi o'tgani sari u aql va tajriba hisobiga harakat qila boshladi, lekin nima bo'lganda ham 36 yoshigacha hujumchi ortida harakat qilmagandi.

Alves hozir "San-Paulu"dagi eng muhim shaxs. Jamoaning jipslashishida muhim rol o'ynamoqda

Braziliyada Dani Alvesning har bir harakatidan hayratlanishadi. Evropadagilar hayron — qanday qilib butun umr o'ng qanot himoyasida o'ynagan yigit, 36 yoshda hujumkor markaziy yarim himoyachiga aylanib qoldi? Umuman yangi jamoa, yangi sharoitda u o'zini qanday his qilmoqda?

Eng muhim va aniq tariflardan biri Fernando Dinizga tegishli — "San-Paulu" bosh murabbiyi. Mana uning monologi:

"Unda kollektivni his qila olish qobiliyati bor. Dani jamoani atrofida birlashtira oladi va ularni yaxshiroq bo'lishiga tasir ko'rsatadi. Uning oldida uch nafar raqibi turgan bo'lsa, ularni aldashga kirishib ketadigan yoki 40 metrdan darvoza tomon zarba berib qoladigan futbolchilar toifasiga kirmaydi. U butkul jamoaviy futbolchi. Hujumchi ortida o'ynarkan Alves nafaqat keskin to'p oshirishlari bilan, balki to'psiz qolganda, himoyalanishda ham jamoaga katta foyda keltirmoqda. U tom manoda jamoa markazida joylashgan va o'sha erdan o'yinni boshqarib turadi.

Dani o'yin borishini nazorat qiladi va jamoadoshlarini o'ynashga majbur qiladi. U hech qachon o'zini u yoki bu poziciyaga qo'yishni so'ramagan — markaziy hujumkor yarim himoyachi bo'lishi to'liqligicha mening tashabbusim. Alves mashg'ulot bazasiga birinchi bo'lib keladi va barchadan keyin ketadi. U tanasi borasida qayg'uradi: to'g'ri ovqatlanish, uyqu va hokazo. Dani aynan shu muvaffaqiyati kaliti ekanligini ko'p bor takidlaydi. Dani tug'ma iqtidor mahsuli emas, mashaqqatli mehnat samarasidir".

Alves "San-Paulu" safida 20ta o'yinda maydonga tushdi, jamoa mavsumni 6-o'rinda yakunladi. U 2ta gol urdi va 3ta golli pas berdi. Oxirgi sakkiz o'yinida — sardorlik bog'ichi bilan harakat qildi. Yarim mavsum davomida u uch xil nuqtada o'ynashga ulgurdi: markaziy hujumkor yarim himoyachi (10ta o'yin), o'ng qanot yarim himoyachisi (6), o'ng qanot himoyachisi (4).

Jahon chempionatigacha hali deyarli 3 yil bor va hozirda Braziliya chempionatidagi eng etiborli jihatlardan biri bu Dani Alvesning o'yinlari hamda sport formasi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика