Dani Alvesh do'sti Neymarni tanqid qildi
01 may 2019 22:29
Yangiliklar


Dani Alvesh do'sti Neymarni tanqid qildi
PSJ himoyachisi Dani Alvesh jamoadoshi va do'sti Neymar hamda muxlis o'rtasida yuzaga kelgan kichik janjal haqida gapirdi.
Franciya kubogi finalidan keyin Neymar voqealarni videoga olayotgan muxlisga telefonini cho'ntagiga solib qo'yishini aytgan va keyinchalik yuziga urgandi.
"Og'ir mag'lubiyatdan keyingi juda xunuk holat. Futbolda bunday axmoqona reakciyalar bo'lmasligi kerak. Bu unga dars bo'lsin.
Neymar - ajoyib inson. Biroq ayrim pallalarda inson o'zini boshqara olmay qoladi. Do'st bo'lsak ham, men Neymarni oqlamayman", - dedi Alvesh.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar