Dani Alves va Fred Portugaliya klubini sotib olishi mumkin
02 mar 2018 11:29
Yangiliklar


Dani Alves va Fred Portugaliya klubini sotib olishi mumkin
PSJ himoyachisi Dani Alves Portugaliya ikkinchi ligasida ishtirok etuvchi klubni sotib olmoqchi.
Alvesning hamkori uning vatandoshi, hozirda "Kruzeyro"da to'p tepayotgan Fred bo'ladi.
Braziliyaliklar sotib olmoqchi bo'lgan klublar "Leyshoynsh" va "Famalikan". Ikki jamoa Segundada ishtirok etadi.
Dani Alves va Fred rejalariga ko'ra, futbolchilar ushbu jamoada yirik klublarga o'tishdan oldin Evropa futboliga ko'nikishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar