Dani Alves Olimpiada tarixiga kirdi

8 avg 2021, 09:00
Braziliyalik mashhur himoyachisi Dani Alves Tokioda o'tayotgan Olimpiada o'yinlarida jamoasi bilan oltin medalni qo'lga kiritib, o'ziga xos statistik ko'rsatkichni qayd etdi.

Opta Joao ma'lumotlariga ko'ra, Alves 38 yoshu 93 kunligida Olimpiada o'yinlarining futbol bellashuvida oltin medalni qo'lga kiritgan eng yoshi katta sportchisiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, Olimpiada o'yinlarining futbol bellashuvlari hal qiluvchi o'yinida Braziliya termasi qo'shimcha vaqtda ispanlardan ustun keldi -2:1.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta Joao