Dani Alves: "Neymar qilayotgan barcha ishga mikroskop bilan qarashmoqda"
09 iyu 2019 21:15
Yangiliklar
Dani Alves: "Neymar qilayotgan barcha ishga mikroskop bilan qarashmoqda"
Braziliya terma jamoasi himoyachisi Dani Alves Neymarga bo'layotgan tanqidlar haqida fikr bildirdi.
"Agar jamoada Messi bo'lsa, jamoa Leoga o'ynashi kerak, Ronaldu bilan ham shunday. Neymarning ulardan farqi yo'q. Ular jamoaning zarariga ishlashmaydi.
Messi bilan o'ynaganimda bir narsani tushundim: Agar u men bilan bitta jamoada bo'lsa, demak unga pas berishim lozim. U nimalarga qodirligini bilaman, to'p unda bo'lishi kerak. Neymar ham shunday.
Ammo Neymar qilayotgan barcha ishlarga mikroskop bilan qarashmoqda va men buni hech qachon his qilmayman. Uning nomiga bo'layotgan tanqidlarga qo'shilmayman, chunki bazi tanqidlar uning maydondan tashqaridagi hayotiga qaratilgan.
Do'st sifatida mening ishim, Neymarda qanday iqtidor borligini tushuntirish" - deydi Alves.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar