Dani Alves: "Men o'z hayotimda sherman va qaysi o'rmonda bo'lishimdan qatiy nazar, hech qachon barg emayman"
21 sen 2022 22:16
Yangiliklar
Dani Alves: "Men o'z hayotimda sherman va qaysi o'rmonda bo'lishimdan qatiy nazar, hech qachon barg emayman"
Braziliyalik himoyachi Dani Alves bo'lajak jahon chempionati o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish uchun terma jamoaga chaqirilmagani haqidagi fikrlarini bildirdi.
"Odamlar mendan ko'ra jahon chempionati haqida ko'proq gapirishadi. Klubimda men qattiq mehnat qilyapman, agarda bu meni jahon chempionati sari etaklasa, ajoyib ish bo'lardi. Ishonchim komilki, klubda amalga oshirayotgan mehnatlarim tufayli bunga erishaman. Men qo'limdan nimalar kelishini hamda terma jamoa uchun qanchalik muhim ekanligimni bilaman. Men o'z hayotimda sherman va qaysi o'rmonda bo'lishimdan qatiy nazar, hech qachon barg emayman", - dedi Alves.
Eslatib o'tamiz, 2022 yilgi jahon chempionati 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar Qatarda bo'lib o'tadi.
Fikrlar