Dani Alves: "Braziliya har doim Jahon chempionati favoriti bo'lib kelgan"
24 noy 2022 18:08
Yangiliklar
Dani Alves: "Braziliya har doim Jahon chempionati favoriti bo'lib kelgan"
Braziliya terma jamoasi himoyachisi Dani Alves JCH-2022da milliy terma jamoadan nimalarni kutayotgani haqida gapirdi.
"Braziliya ananaviy va tarixiy jihatdan har doim Jahon chempionati favoriti bo'lib kelgan. Biz so'nggi yillarda muvaffaqiyatsizliklarga duch keldik, ammo hozir biz juda kuchli jamoani yaratdik", – dedi 39 yoshli futbolchi.
2022 yilgi Jahon chempionati Qatarda bo'lib o'tmoqda va 18 dekabrgacha davom etadi. Braziliya "G" guruhida Serbiya, SHveycariya va Kamerunga qarshi o'ynaydi.
Braziliyaliklar JCH-2022dagi ilk o'yinini bugun serbiyaliklarga qarshi o'tkazishadi.
Fikrlar