Dani Alves "Boka Xuniors"ga o'tishi mumkin
12 dek 2020 13:14
Yangiliklar


Dani Alves "Boka Xuniors"ga o'tishi mumkin
"San-Paulu" himoyachisi Dani Alves faoliyatini "Boka Xuniors"da davom ettirishi mumkin.
37 yoshli o'yinchi faoliyatini "Boka Xuniors"da davom ettirish variantini ko'rib chiqmoqda. Argentina grandi vakillari himoyachi bilan bog'landi va muzokaralar o'tkazdi.
Dani Evropada "Sevilya", "Barselona", "Yuventus" va "Pari Sen-Jermen"dagi o'yinlari orqali tanilgan.
Himoyachi joriy mavsum Braziliya chempionati doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar