Dani Alves "Barselona"ga qaytishni istaydi

Omonjon To`xtamirzayev
16 okt 2021
Himoyachi Dani Alves "Barselona"ga xizmatlarini taklif qildi.

Esport3 xabariga ko'ra, 38 yoshli braziliyalik Katalon klubi rahbariyati bilan bog'langan va klubga 1 yanvardan qo'shilishga tayyorligini ma'lum qilgan. Futbolchi minimal maoshga rozi.

"Barselona" vakillari bu savolni muhokama qilish uchun futbolchidan biroz vaqt so'raganlar.

Eslatib o'tamiz, sentyabr oyi oxirida Alves "San-Paulu"ni moliyaviy muammolar sabab tark etgan. Klub futbolchiga maoshini to'lolmay qolgandi.

Dani Alves "Barselona" safida 2008 - 2016 yillarda to'p tepgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru