Dani Alves “Barselona”dagi 400-uchrashuvida 4:0 hisobida g'alabaga erishdi
21 mar 2022 09:25
Yangiliklar


Dani Alves “Barselona”dagi 400-uchrashuvida 4:0 hisobida g'alabaga erishdi
Ispaniya chempionati 29-turida “Barselona” Madridda “Real”ni tor-mor (4:0) etdi.
Kataloniyaliklar himoyachisi Dani Alves 86-daqiqada Xordi Albaning o'rniga maydonga tushdi va jamoa libosidagi yubiley 400-o'yinida qatnashdi. 38 yoshli braziliyalik bu borada 11-o'rinda bormoqda, etakchi esa Lionel Messi hisoblanadi – 778 bahs. Kuchli o'nlikka Gilermo Amor (416) yakun yasamoqda.
Alvesning “Barsa” bilan amaldagi kelishuvi 2022 yil yozida o'z nihoyasiga etadi. U 2008-2016 yillarda “ko'kanorranglilar” sharafini himoya qilgan va 2021 yil noyabrida “Kamp Nou”ga qaytdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar