Damir Skomina faoliyatini yakunladi
30 avg 2021 22:17
Yangiliklar
"Bugungi kundan boshlab arbitr bo'lishni yakunlayman. Meni yana bir jarrohlik amaliyoti kutib turibdi", - dedi Skomina.
U hakamlik faoliyatini 1994 yili boshlagandi. Xalqaro maydondagi debyut 2003 yili amalga oshirilgan va u o'shanda Vengriya - Lyuksemburg uchrashuvini boshqargandi.
Sloveniyalik 2012 yili UEFA Superkubogida, 2017 yili Evropa ligasi finalida, 2019 yili esa ECHL finalida bosh hakamlik qilgan.
U tizzasidagi jarohati sababli hakamlikni yakunlamoqda.
Fikrlar