So’nggi yangiliklar

08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  0 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  1 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  1 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  2 02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  1 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  5 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  7 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  10 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  14 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  5 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  5

Damir Nizanov: "Futbolimiz rivojida Nematillo Quttiboevning xizmatlarini alohida etirof etaman" Yangiliklar

Damir Nizanov: "Futbolimiz rivojida Nematillo Quttiboevning xizmatlarini alohida etirof etaman"

PRO-Liga 2-turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "Xorazm" uchrashuvi oldidan "Aral Samali" futbolchisi Damir Nizanov bilan suhbat tashkil etdik.

- Damir, o'tgan yili "Xorazm" safida ajoyib mavsum o'tkazdingiz. Joriy mavsum oldidan sizda qanday takliflar bor edi?
- Menga birinchi bo'lib "Aral Samali" jamoasi taklif bilan chikdi. Klubdagi sharoitlar menga maqul keldi va qolishga qaror qildim. "Aral Samali" ga yordam berayotganimdan xursandman.

- Bu yil "Aral Samali" jamoasi o'z oldiga kanday maqsadlarni qo'ymoqda?

- Bizda hozir mahalliy futbolchilardan tashkil topgan yaxshi jamoa shakllangan. Maqsad xar bir o'yinda g'alaba qozonib muxlislarni xursand qilish. Ammo rahbariyat hali biz bilan uchrashgani yo'q..

- PRO-Liganing 2-turida sobiq jamoangizga qarshi maydonga tushasiz...

- Avvalo "Xorazm" jamoasiga omad tilayman. Ikkala jamoa o'rtasidagi o'yinlar hamisha shiddatli va qizikarli kechadi. Bejizga bu kabi uchrashuvlarga derbi maqomi berilmaydi.

- Qoraqolpog'iston futboli rivojlanishida va tanilishida hissasini qo'shgan insonlardan kimlarni ayta olasiz?

- Xozir bizda futbol rivojlanishida ko'pchilik mehnat qilishmokda. Nematillo Quttiboevning mehnatlari alohida etiborga molik. U kishi yosh futbolchilardan o'z mehnatlarini ayamasdan Superliga jamoalarida o'ynab ketishiga yo'l ko'rsatib bergan.

- Futbolga kirib kelishingizga kim sababchi bo'lgan? Birinchi murabbiyim deb kimni aytgan bo'lardingiz?

- Futbolga kelishimga akam sababchi bo'lgan. Birinchi murabbiyim esa Ravshan aka bo'ladilar.

- Bu yil PRO-Liga jamoalari orasida kaysi jamoaning Superligaga chikish uchun imkoniyatlari yukori baholaysiz?

- Xozircha barcha jamoaning imkoniyati bir xil, lekin Farg'onaning "Neftchi" jamoasida Superligaga chiqish uchun imkoniyat yuqori deb bilaman.

- Kuchli beshlik chempionatlari orasida kaysi jamoaga muxlislik kilasiz? SHuningdek, qaysi xorijlik futbolchining harakatlari sizga yoqadi?

- Ispaniyada "Barselona"ga muxlislik kilaman. Angliyada esa Kevin de Bryuneni hatti-harakatlarini o'zimda o'zlashtirib maydonda takrorlashga harakat kilaman.

- Suhbatimiz yakunida futbol muxlislariga tilaklaringiz...

- Niyatim avvalo yurtimiz tinch bo'lsin, Qoraqolpog'istonga ham katta futbol qaytsin, yurtimiz stadionlari hamisha futbol muxlislari bilan to'lib toshsin.


Timur Ibragimov yozib oldi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика