So’nggi yangiliklar

23:23"Астон Вилла" Рэшфорд, Асенсио ва Дисасиларнинг кетганини эълон қилди  0 23:11КЖЧ. "Интер" - "Флуминенсе" баҳси учун асосий таркиблар эълон қилинди  0 22:54"Ювентус" тезроқ Влаховичдан қутилмоқчи, Душан эса йиллик маоши 20 млн. евро бўлган таклифни рад этди  1 22:15МЮ нархи 60 млн. фунт бўлган ҳужумчини сотиб олиши мумкин  0 22:00Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Сурхон"га енгилди  64 20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  1 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  5 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  4 18:18Лопетегининг сўровига биноан Ал Хайдос Қатар терма жамоасига чақирилди  8 17:45"Навбаҳор" футболчиси Беларусга йўл олмоқда  15 17:23Ўзбекистон Кубоги 1/8 финал босқичи ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  2 17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  5 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  19 16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  19

Dalich Xorvatiyalik siyosatchilarga: "Terma jamoa futbolkasini kiymang, bizdan uzoqroq turing" Yangiliklar

Dalich Xorvatiyalik siyosatchilarga: "Terma jamoa futbolkasini kiymang, bizdan uzoqroq turing"

Teglar :  Zlatko Dalich
Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich "Feysbuk"da xorvatiyalik siyosatchilarga murojaat qildi va o'z imijini ko'tarish uchun milliy jamoa muvaffaqiyatidan foydalanmaslikni so'radi.

"Bu futbolchilar avlodi jamoa mamlakat, byudjet va stadionidan qatiy nazar muvaffaqiyatga erisha olishini isbotladi. Bu so'zlarni Xorvatiyadagi og'ir vaziyat tufayli yozyapman. U Evroittifoqdagi eng kambag'ali va uni jinoyatchilik tashkilotlariga aloqador odamlar boshqaradi. Xorvatiya - 20 yil ichida 20 mln. kishi tark etgan mamlakat. Bugun ko'plab odamlar o'zining talablarini qondira olmayapti, yoshlar o'z talimi uchun pul to'lay olmaydi, sog'liqni saqlash tizimi buzilgan, yuridik tashkilotlar korrupciyaga botgan.

Men odamlarni jonida to'ydirgan siyosatchilar va hukumatning barcha vakillariga murojaat qilyapman, Xorvatiya terma jamoasidan uzoqroq turing. Hech kim sizni kiyinish xonasiga taklif qilmaydi, biz suratga tushishni istamaymiz. Aynan siz Xorvatiyani Evropaning eng kambag'al davlatlardan biriga aylantirdingiz. Bizda uxlashdan oldin och qoladigan bolalar, ishsiz ota-onalar bor.

Mamlakatni jar yoqasiga olib kelganlar kiyinish xonasiga kiritilmaydi. Iltimos, qarorimizni hurmat qiling, terma jamoa futbolkasini kiymang va o'z imijingizni ko'tarish uchun muvaffaqiyatimizdan foydalanmang" - deb yozdi Dalich.

Reyting: +184   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика