Dalich - Millatlar ligasi haqida: "Yaxshi turnir, ammo futbolchilar robot emas, ularga tatil kerak"
12 okt 2018 13:54
Yangiliklar
Dalich - Millatlar ligasi haqida: "Yaxshi turnir, ammo futbolchilar robot emas, ularga tatil kerak"
Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich Millatlar ligasi haqida fikr bildirdi.
"G'oya yomon emas, yaxshi turnir yaratilgan. Ammo tashkilotchilar bir narsani hisobga olishmagan. Musobaqa JCH tugashidan keyin o'tkazilyapti. Futbolchilarda hali ham charchoq bor.
O'yinchilar robot emas, ularga kamida bir oylik tatil kerak. O'z klubiga kech qo'shilgan futbolchilar yangi mavsumga keraklicha tayyorgarlik ko'ra olishmadi" - deydi Dalich.
Bugun, 12 oktyabr kuni Xorvatiya terma jamoasi Millatlar ligasining 3-turi doirasida Angliya bilan o'ynaydi.
Fikrlar