So’nggi yangiliklar

20:04Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" – "Андижон" (онлайн ҳисоб)  1 20:01Ибрагимович "Милан"даги вазифаси ҳақида маълумот берди  1 19:50Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  16 19:39Фонсека "Милан"нинг кейинги мавсумдаги мақсадини айтди  1 19:18Ўзбекистон Кубоги. "Қизилқум" – "Андижон". Таркиблар маълум  3 18:50"МЮда ўйнаш осон эмас" — Андре Онана  3 18:31Расман: "Динамо" бразилиялик вингер трансферини эълон қилди  4 18:05Ди Мария фаолиятини қаерда давом эттириши маълум  2 17:38Кроос Медиалигани ишга туширди, иштирокчилар орасида ўнлаб футбол юлдузлари бор  1 17:11"Ал Насср" ҳимоячиси Европага қайтиш учун маоши сезиларли даражада камайишига ҳам рози  2 16:46"Менинг уйим – фақатгина "Манчестер Юнайтед"  8 16:17"Моуринью миянгизга қандай кириб боришни билади"  1 15:49Винисиус: "Биз Мбаппени эҳтиёт қилишимиз ва ёрдам беришимиз керак"  5 15:16"Пахтакор" стадиони ёпилди, клуб қачон уни таъмирдан чиқаради?  18 14:49Азиз Асимов йўқ пенальтини қўйган. 14-турдаги баҳсли вазиятлар юзасидан Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси  12

Cyurixdagi taqdirlash marosimidan onlayn reportaj! Yangiliklar

Cyurixdagi taqdirlash marosimidan onlayn reportaj!

SHveycariyaning Cyurix shahrida bo'lib o'tadigan yilning eng yaxshilari va shuningdek "Oltin to'p-2014" sovrinini topshirish marosimidan onlayn reportaj uyushtiramiz.


                                               YANGILASH



Taqdirlash marosimidan uyushtirgan onlayn translyaciyamizni shu erda yakunlaymiz! Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari!


- "Oltin to'p-2014" sohibi - Krishtiano Ronaldo!


- Yilning eng yaxshi murabbiyi nemis, eng yaxshi ayollar murabbiyi ham nemis va eng yaxshi ayol futbolchi ham "nemka"! "Oltin to'p" ham nemis posboniga nasib etarmikin???


- Germaniyaning "Volfsburg" klubi go'zali Nadin Kessler o'tgan yilning eng yaxshi ayol futbolchisi deb tan olindi.


- 2014 yilning eng yaxshi ayol futbolchisi - Nadin Kessler ("Volfsburg")


- Manuel Noyer sahnaga taklif etildi va u haqida lavha ekranda namoyish etildi. SHuningdek, unga bir qator savollar va Pep Gvardiolaning Noyer haqidagi fikrlari eshittirildi.


- Yilning eng chiroyli goli - Xames Rodrigez! Kolumbiya terma jamoasi futbolchisi Xames Rodrigez Jahon chempionati doirasidagi Urugvay terma jamoasi darvozasiga kiritgan super goli Pushkash sovriniga munosib deb topildi.


- Musiqiy tanaffus!


- Filipp Lam va Yoaxim Lyov Jahon Kubogi bilan taklif etildi.


- Messi sahnaga taklif etildi va unga "Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrikening u haqidagi fikrlarini eshittirilmoqda. Nozik mavzu) Enrike o'z futbolchisi borasida albatta iliq fikrlarni aytgan ekan. Matbuotda esa ularning "urishi" haqida yozishdan charchashmayapti. Balki hammasi risoladagidekdir?!


- FIFA 2014 yildagi "Halol o'yin" sovrinini yirik turnirlarda ishlaydigan "ko'ngillilar"ga topshirdi.


- Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov 2014 yilning eng yaxshi bosh murabbiyi deb tan olindi!


- Demak! Germaniyaning "Volfsburg" klubi bosh murabbiyi Ralf Kellermann 2014 yilning Ayollar futbolidagi eng yaxshi murabbiy deb tan olindi.


- Endi esa Ottmar Xitcfeld sahnaga taklif etildi. Ushbu mutaxassis Ayollar o'rtasidagi eng yaxshi murabbiy nomini aniqlashda yordam berishi ko'zda tutilgan.


- O'z o'rnida Ronaldo ham Anchelotti haqida iliq fikrlarini bildirmoqda.


- Ronaldoni boshlovchi sahnaga taklif etdi va unga bosh murabbiyi Karloo Anchelottining Ronaldo borasidagi fikrlarini eshittirib o'tdi.


- Sahnaga "Oltin to'p"ning amaldagi sohibi Krishtiano Ronaldo taklif etildi.


- SHu o'rinda Xiroshi Kagava ham so'zga chiqib, butun futbol jamoatchiligi va shaxsan Yozef Blatterga o'z minnatdorchiligini bildirib o'tdi.


- FIFA prezidenti Yozef Blatter Yaponiyalik faxriy jurnalist Xiroshi Kagavaga bir necha yillik xizmatlari uchun "FIFA prezidenti" sovrinini topshirdi.


- FIFA prezidenti Yozef Blatter so'zga chiqdi.


2014 yilning ramziy terma jamoasi:


- Leo Messi faoliyatidagi eng esda qolgan goli deb ECHL finalidagi MYU darvozasiga kiritgan golini aytib o'tdi. Aren Robben ham ECHL finalida "Borussiya D" darvozasiga kiritgan golini eslab o'tdi.


- Demak, boshladik. Darvozada: Noyer! Himoyachilar: Filipp Lam, Serxio Ramos, David Luiz, Tiago Silva. Endi yarim himoyachilar nomi aniqlanadi. Anxel Di Mariya, Toni Kroos, Andreas Inesta. Hujum chizig'idan esa Lionel Messi, Aren Robben va Krishtiano Ronaldo o'rin oldi.


- Yo'q, avval yilning ramziy terma jamoasi aniqlanadigan bo'ldi.


- Yilning eng chiroyli goli aniqlanmoqda....


- Sahnaga Ronaldo, Noyer, Messi va boshqa mehmonlar taklif etildi.


22:30. "Sky" telekanalining go'zal boshlovchisi Keyt Abdu marosim ochiq deb eon qilib berdi.


22:29. FIFA prezidenti Yozef Blatter kirib kelmoqda.


22:28. Bugun shuningdek yana bir qator nominaciyalarda g'oliblar nomi oydinlashadi. Yilning eng yashi murabbiysi, eng chiroyli gol, yilning ramziy terma jamoasidan o'rin olgan futbolchilar nomi...


22:24. Xozircha marosim boshlanganicha yo'q. "Oltin to'p-2014" borasidagi o'zimning shaxsiy fikrim: "Noyer ushbu sovrinni olishga to'la haqli. Uning o'tgan yildagi terma jamoa va klublar miqiyosidagi ko'rsatdan yuqori sifatli o'yini va JCHda "nemis mashinasi"ni qiyin pallada joniga oro kirgani ham fikrimga tasdiq bo'la oladi. Lekin ushbu sovrinni yutish imkoniyati ko'proq Ronaldo tomonda. Bu erda tizim biroz g'alatiroq. SHu bois yaqin yillar ichida Ronaldo va Messiga raqobat ko'rsatishning deyarli ilojisi yo'q". Menimcha, Ronaldo sovrinni "ilib" ketadi.


Futbol shaxslarining "Oltin to'p-2014" borasidagi tanlovlari...


22:18. Klaviaturani "taqillatib", onlayn reportajni sizlarga taqdim etayotgan kamina SHahboz Beg'amov bo'ladi.


22:17. Hozircha "Twitter" orqali suratlar bilan marosim boshlanishi onlayn kuzatib boryapmiz. Yaqin daqiqalar ichida jonli efir boshlanadi. 


"Oltin to'p"ga davogar posbon, Jahonning to'rt karra eng kuchli futbolchisi va "Oltin to'p"ni uchinchi bor qo'lga kiritishni orzu qilayotgan Ronaldo...



"Oltin to'p"ga davogar "trio": Jahon chempioni, Messi, Klublar o'rtasidagi mundial g'olibi...


- Ushbu marosimni "Sport" telekanali 22:30dan boshlab jonli efirda ko'rsatishi haqida biroz avval xabar bergan edik.



Ronaldoning 2014 yildagi ko'rsatkichi: Terma jamoa va klub safida umumiy hisobda 61 bor gol urdi.



"Bavariya" futbolchilari Robben hamda Noyer. Bugun bu futbolchilar Dohadan Cyurix tarafga qarab parvoz qilishdi. Manuel Noyer Lev Yashindan keyingi "Oltin to'p" sovrini yutgan ikkinchi darvozabon bo'lish uchun imkoniyatni saqlab turibdi.


22:02. Bundan bir necha soat avval Rossiyaning "Rsport.ru" nashrining takidlashicha, Ronaldoning ovoz to'plash borasida o'z raqobatchilaridan ancha ilgarilab ketgan va portugaliyalik futbolchi "Oltin to'p-2014" sohibiga aylanishi aniq bo'lib ulgurgan. Buni esa yana bir necha daqiqalardan so'ng rasman aniqlab olamiz.



Ajoyib futbolchi Alessandro Del Pero Manuel Noyer bilan suratga tushishdi


Sobiq jamoadoshlar: Messi va Teri Anri "salom-alik" qilishmoqda



Marosimning eng asosiy ishtirokchilari. Ronaldo, Noyer va Messi marosim oldidan suratga tushishdi.

21:55. Taqdimot marosimiga taklif etilgan mehmonlar manzilga etib kelishgan.


- Cyurixda bo'lib o'tadigan 2014 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi yana bir necha daqiqalar so'ng boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика