CSKAga transferlar taqiqi qo'yilgani sababi malum bo'ldi
06 dek 20:24
Yangiliklar
CSKAga transferlar taqiqi qo'yilgani sababi malum bo'ldi
FIFA Rossiyaning CSKA klubini 2026 yil yozigacha yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolashni taqiqlab qo'ydi.
Rus manbalarining yozishicha, bunga CSKAning CHidera Ejukeni "Xerenven"dan sotib olib, transfer summasining so'nggi qismini, yani, 3 mln evroni o'tkazib bermagani sabab bo'lgan.
Moskva klubi esa sankciyalar sababli pullarni o'tkazib bera olmagan. Futbolchi 2020 yilda 11,5 mln evro evaziga armiyachilar tarkibiga borib qo'shilgan, 2024 yil yozida esa erkin agent sifatida "Sevilya"ga o'tib ketgandi.
CSKA "Vest Xem"dan Nikola Vlashichning transfer summasini "Xerenven"ga o'tkazib berishini so'ragan, biroq London klubi bunga rad javobini bergan. Xorvatiyalik futbolchi 2021 yil avgustida 30 mln evro evaziga "Vest Xem"ga transfer qilingandi.
Fikrlar