CSKA Goncharenko bilan shartnomani 2020/21 yilgi mavsum so'nggiga qadar uzaytirdi
20 may 2020 15:00
Yangiliklar
CSKA Goncharenko bilan shartnomani 2020/21 yilgi mavsum so'nggiga qadar uzaytirdi
CSKA bosh murabbiy Viktor Goncharenko bilan hamkorlikni davom ettiradi.
42 yoshli belaruslik mutaxassis Moskva klubi bilan 2020/21 yilgi mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan yangi bitimni imzoladi.
Goncharenko 2016 yilning 12 dekabrida CSKA ustoziga aylangan edi. Jamoa hozirga qadar uning qo'l ostida 129ta o'yin o'tkazib, 65 g'alabaga erishdi.
"Qizil-ko'klar" Goncharenko bilan Rossiya Kubogi Superkubogi 2018'da g'olib chiqdi va Evropa Ligasining 2017/18 yilgi mavsumida 1/4 finalga qadar etib bordi.
CSKA koronavirus pandemiyasi tufayli to'xtab qolgan Rossiya chempionatida 5-o'rinda bormoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar