So’nggi yangiliklar

22:10Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" (матнли трансляция)  2 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  2 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  7 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  25 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0

CSKA bosh murabbiyi “Andijon”ga qarshi o'yin, Abbos Fayzullaev va O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogidagi ishtirok haqida gapirdi Yangiliklar

CSKA bosh murabbiyi “Andijon”ga qarshi o'yin, Abbos Fayzullaev va O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogidagi ishtirok haqida gapirdi

CSKA – “Andijon” (2:0) o'rtasidagi uchrashuvdan keyin “armiyachilar” bosh murabbiyi Vladimir Fedotov “Andijon” matbuot xizmati uchun biroz vaqt ajratdi va o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Vladimir Valentinovich, avvalo bizga o'yindan olgan taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?

Bugungi uchrashuvdan taassurotlarim yaxshi. Biz tajovuzkor raqibga qarshi o'ynadik. Yakka kurashlarga boy bellashuv bo'ldi, deb o'ylayman. “Nagruzka”ga asoslangan o'yin kechdi. Qaysidir vaziyatlarda imkoniyatlarimiz yaxshi bo'ldi, gollar ham urdik. O'yinimizga yana nimadir etishmadi. Masalan, bir qancha vaziyatlarda bizga aniqlik etishmaganini aytishim mumkin. O'yinning tempi va uning darajasi yuqori kechdi. Antaliyadagi birinchi uchrashuvimizda yaxshi sparring-raqib bilan maydonga tushdik.

Jamoangiz ilk bor “Andijon” klubiga qarshi o'ynadi. Umumiy manoda oladigan bo'lsak, “Andijon” haqida nima deya olasiz?

Adashmasam, bungacha ular bitta o'yinda o'ynashgandi va biz buni tomosha qilishga erishdik. Ko'rinib turibdiki, ularda ham dastlabki xorij yig'ini tashkil qilingan. Albatta, jamoani yaxshi harakat qilayotgani sezilib turibdi. Bunday yig'inlarda hamma jamoa har xil holatda bo'ladi. Turli xil futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishadi. Hozir bizda ham, ularda ham xuddi shunday jarayon davom etmoqda. Har hil “nagruzkalar” va tayyorgarlik jarayonlarida turli xil holatlar bo'ladi. “Andijon” uchun ham, biz uchun ham yaxshi o'yin kechdi, deb o'ylayman.

CSKA futbolchisi Abbos Fayzullaev hozirda O'zbekiston terma jamoasi bilan Qatardagi Osiyo Kubogida qatnashyapti va gollar uryapti. Tabiiyki, uni sinchkovlik bilan kuzatib borayotgandirsiz…

Albatta, Fayzullaevni kuzatyapmiz. SHubhasiz, Abbosga va O'zbekistonga muxlislik qilyapmiz. U erda bizning o'yinchimiz to'p suryapti. SHuning uchun Osiyo Kubogidagi faoliyatiga beetibor emasmiz. Fayzullaev qanday o'ynayotganini barchamiz ko'ryapmiz va bundan xursand bo'lyapmiz. U barchani o'ziga qaratmoqda. Butun mamlakatining olqishiga ham sazovor bo'lyapti. Abbosga yana shunday harakat qilishini, mahoratini ko'rsatib, yanada sifatli o'ynab, gollar urishini xohlab qolamiz. Keyingi uchrashuvlarda faqat g'alabalar tilaymiz.

“Andijon” matbuot xizmati.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика