So’nggi yangiliklar

19:41Конте: "Хвиче "Наполи"дан уни сотишларини сўради. Мен хафаман"  0 19:26Беллингем Винисиуснинг тегинишидан сўнг йиқилган Маффео сўзлари ҳақида: "10 сония бокс, шундайми? Нозик аҳмоқ"   1 18:28"Севилья" президенти: "Барселона" ва "Реал"га бошқа қоида, қолганларга бошқа қоида. Уят"  5 17:54Пенья кеч қолгани учун "Барселона" дарвозасини Шченсни қўриқлаган экан  3 17:47Фотоархив. "Хоразм"нинг Суперлигада ўтказган охирги мавсуми ёдингиздами?  2 17:29Абдуллоҳ Омоналиев "Сўғдиёна"га қайтди  0 17:08Анчелотти: "Реал ТВ"нинг фикр билдиришга ҳаққи бор"  4 16:12Пеп Гвардиола: "Манчестер Сити" трансферлари ҳақида фикр билдирмайман"  40 16:03Асадбек Раҳимжонов "Бунёдкор"га қайтди  1 15:27Акмал Мозговой "Насаф"да қоладиган бўлди  8 14:25Кичин "Локомотив"ни тарк этиб, "Барс"га ўтди  4 14:15Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   38 13:59"Бунёдкор"га легионерлар оқими давом этмоқда. Клуб черногориялик футболчи билан шартнома имзолади  8 13:24Ўзбекистонлик ҳакам футзал бўйича Осиё Кубоги саралаш баҳсларида ишлайди  0 12:52Расман: Жоэль Кожо - "Истиқлол" футболчиси  3

CSKA bilan o'yin, o'tkazib yuborilgan gollar, keyingi uchrashuv borasida Artyom Filiposyan qanday fikrda? Yangiliklar

CSKA bilan o'yin, o'tkazib yuborilgan gollar, keyingi uchrashuv borasida Artyom Filiposyan qanday fikrda?

OFK Kubogi 2-turidan o'rin olgan “So'g'diyona” – CSKA (3:2) uchrashuvidan keyin jizzaxliklar himoyachisi Artyom Filiposyan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Mazkur o'yin qiyin bo'lishini bilardik. CHunki o'z maydonida o'ynayotgan har bir jamoa to'liq kuch bilan harakat qiladi. Muxlislar daldasi katta yordam beradi. Biz esa muhim g'alabaga erishib, maqsadimiz sari yana bir qadam tashladik. Lekin o'yin juda qiyin kechdi", – dedi Filiposyan. 

- O'tkazib yuborilgan gollar xususida nima deya olasiz?

- Har safar himoyachilar va darvozabon nolga o'ynashi juda qiyin ish. CSKA bilan bahsda ikkita to'p olib chiqdik. Demak, biz o'yin nazoratini qo'ldan chiqardik. SHunga qaramay, maqsadimiz g'alaba qozonish edi va buning uddasidan chiqa oldik. Asosiysi, shu.

- "Oltin Asr" bilan bo'ladigan bahsdan nimalarni kutyapsiz?

- So'zsiz bu finalga teng o'yin bo'ladi. Ertadan boshlab bo'lajak raqibimizni o'rganishni boshlaymiz. Biz faqat g'alabani o'ylashimiz kerak, chunki peshqadam jamoa keyingi bosqichga yo'llanma oladi. "Oltin Asr"ni mag'lubiyatga uchratishimiz muhim ahamiyatga ega. Xudo xohlasa, biz "Oltin Asr"ni mag'lub etamiz va O'zbekiston xalqini quvontirgan holda ortga qaytamiz.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика