So’nggi yangiliklar

01:25Пеп Гвардиола омадсиз мавсум ҳақида: "Барселона" ёки "Реал"да бўлганимда мени аллақачон ишдан бўшатишган бўларди"  2 00:55Клублар ўртасидаги ЖЧга қизиқиш жуда паст  1 00:30"Тоттенхэм" янги бош мураббийи учун 10 млн товон пули тўлайди  0 00:10Матеус Кунья: "Манчестер Юнайтед"ни болалигимдан яхши кўраман"  0 23:57Промес ҳибсга олинди, у 7,5 йилга қамалиши мумкин  0 23:31Жон Дуран "Ал Насср"дан кетиши мумкин  0 23:13"Арсенал"нинг таклифи "Спортинг"га маъқул келмади  2 22:55Лерой Сане Туркия жамоасига ўтди  2 22:28Валерий Карпин - "Динамо" бош мураббийи!  3 22:16Расман: "Бунёдкор" раҳбариятида ўзгариш  2 21:56"Англиянинг энг катта клубида ўйнаш насиб этди, энди эса Испаниянинг энг катта жамоасида тўп тепаман" — Трент  14 21:22ПСЖ футболчиси Ла Лигага йўл олиши мумкин  0 20:58"Байер" "Ливерпуль" футболчисига қизиқмоқда  4 20:31"Атлетико" 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 20:03Расман: Де Брюйне — "Наполи" футболчиси  2

Coca Cola Tour: "San Siro"da "Milan" va "Inter" muzeyidamiz, nega Juzeppe Meacca? Yangiliklar

Coca Cola Tour: "San Siro"da "Milan" va "Inter" muzeyidamiz, nega Juzeppe Meacca?

Italiyaga kelganda ikkita rejamiz bor edi: birinchisi Turinda "Yuventus" stadioniga kirish, ikkinchisi Milanda "San Siro"ga kirish.

Afsuski dushanba kuni Turin jamoasi dam olar ekan, shunga faqat stadion atrofida bo'ldik xolos, "San Siro" esa seshanba kuni bizni "quchoq ochib" kutib oldi.




Ulardan biri Italiyadagi kamdan kam yangi arenalardan biri bo'lsa, ikkinchisi "qariya". Tomoshabinlar tashrifi bo'yicha Germaniyadan ortda qolib ketgan italiyaliklarni asosiy sababi stadionlarini eskiligi va kelayotgan muxlislarga yaratilgan sharoitning kamligi. SHuning uchun ham "Real" va "Barselona" bu ishlarni tezlashtirib yubordilar, sababi ECHLda boshqa arenalarga borayotgan muxlislar yakunda o'z klublaridan chipta uchun to'layotgan pullariga yaxshi saviyadagi xizmatni talab qila boshlagandilar. Ammo bu narsa "Roma", "Lacio", "Milan" va "Inter" uchun biroz yodroq. Sababi bu to'rt klubning uy uchrashuvlari bo'lib o'tadigan arenalardan biri Milan hokimligiga, ikkinchisi Rim hukumatiga tegishli. Bu ikki tarixiy stadionni rekonstrukuciya qilish to'liq to'rt klubning istagi bilan hal bo'lib ketadigan ish emas. Biri rozi bo'lsa ikkinchi tomon yo'q deb qolishi, ikkinchisi rozi bo'lganda klubning moliyaviy holati pastroq bo'lishi mumkin. Yana asosiy muammo, "remont"dan keyin eng yaxshi joylar ikki klub o'rtasida talash bo'lishi mumkin.




"Trastbank"dan "Milan" yoki "Inter" sharfini yutib oling. BATAFSIL BU ERDA



Masalan "Milan" va "Inter" kiyim almashtirish xonalariga kirib ko'rdimki, "Milan" xonasi murabbiy uchun noqulay. Xona majburiy tarzda ikkiga bo'lingan, murabbiy bitta joyda turib hamma futbolchilarni birday ko'ra olmaydi, buni videoda ko'rishingiz mumkin. "Inter"ning echinish xonasini boks ring arenasiga o'xshatdim, kichkinagina. Lekin shu erda Ronaldo, Ibragimovich, Maldini, Ronaldino, Zanetti, o'z paytida Badjo, Raykard, Gullit, Van Basten kabi yulduzlar o'tirgan. Bir paytlar Mostavoyning "Selta"dagi hayoti aks etgan kitobini o'qiganimda, vigoliklarning echinish xonasida bor yo'g'i ikkita cho'milish uchun "dush" bo'lgani haqida yozgandi. Qanday bo'lishiga qiziqqandim, buni "San Siro"da o'zim ko'rdim.




Juzeppe Meacca 1927 yildan 1940 yilga qadar "Inter"da 348 marotaba maydonga tushib, 241 ta gol urgan. Keyinchalik u "Milan"da ham o'ynagan, lekin juda oz fursat, urush boshlangan yillarda, 37 ta o'yin, 9 ta gol. Faoliyatini esa "Inter"da tugatadi, 1934 va 1938 yillarda bo'lib o'tgan, yakunda Italiyaning g'olibligi bilan tugagan JCHda Italiyaga katta yordami tekkan. Milan shahri rahbariyati ikki klub bilan kelishgan holda, bir paytlar "Milan" klubidan sotib olingan "San Siro"ga Juzeppe Meacca nomini beradi. Lekin bugunga kelib ko'pchilik bu arenani bari-bir "San Siro" deb atashga o'rganib qolishgan.



Safar bosh homiysi: Alfraganus University
Homiylar: Coca Cola, Trastbank, AKFA, Ucell







Bu stadion ikki marotaba JCH o'yinlariga mezbon bo'lgan, birinchisi 1934 yil, ikkinchisi Maradonaning ko'z yoshlari bilan yakuniga etgan JCH-90. So'nggi marotaba 2016 yil Evropa chempionlar ligasining final o'yini bo'lib o'tgan. O'shanda "Real" Madrid derbisida penaltilar seriyasida "Atletiko"ni mag'lubiyatga uchratgandi.




"San Siro" muzeyiga navbat juda uzun va guruhlarga bo'linib tashkil qilinar ekan. Tashrifchilarning oqimi juda yuqori, biz kirgan kun stadionni koncertga tayyorlashayotgani tufayli maysasini ko'ra olmadik, qolgan barcha eshiklar ochiq edi. Lekin bir narsani tan olaman, shu kungacha kirgan muzeylarim ichida eng yoqqani "Real"niki bo'lgan, u erdagi eksponatlar va animaciyalarni hozircha hech qaysi klubda ko'rmadim, biroz "Fenerbahche"niki boyroq.





Keyingi muzeyimiz FIFAniki bo'ladi.

Tur homiysi Coca Cola Company

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика