So’nggi yangiliklar

10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0

Coca Cola Superligasi. "So'g'diyona" AGMKdan ustun keldi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "So'g'diyona" AGMKdan ustun keldi

Coca-Cola Superligasining 18-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - AGMK uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH

O'yin boshlandi. 4-daqiqada "So'g'diyona" uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyatni yaratdi. Uzoq davom etgan hujumni Milinkovich boshi bilan noaniq zarba yo'llagan holda tugatdi.

19-daqiqada Jasur Yaxshiboevning jarima zarbasidan tepgan to'pi jonli devorga tegib darvozabonning qo'liga borib tushdi.

23-daqiqada Nurmatovning bosh bilan bergan uzatmasidan so'ng Grigalashvili jarima maydoniga kirib bordi va darvozaning yuqori burchagini ishg'ol etdi. Biroq mazkur gol o'yindan tashqari holat tufayli inobatga olinmadi. 

44-daqiqada "So'g'diyona"ning qarshi hujumi nihoyatda xavfli chiqdi. Nagaev Sultonov ustidan to'pni darvozaga tashladi. Sardor Rahmonov ketma-ket ikki bor darvozaga kirayotgan to'pni qaytardi! 

48-daqiqada SHohruz Norxonovning kuchli zarbasini Suhrobjon Sultonov qaytardi. 

80-daqiqada Kaxi Maxaradze hisobni ochdi - 1:0. 

O'yinda "So'g'diyona" 1:0 hisobida g'alaba qozondi. 


19:15.SO'G'DIYONA – AGMK 1:0  
Hakamlar:
Ahrol Risqullaev, Doniyor Saylavov, Timur Galeev, Olim To'ychiboev
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Laziz Qo'chqorov

Gol: Kaxi Maxaradze 80, - 1:0.

"So'g'diyona" - 27.Milan Mitrovich, 3.Iskandar SHayqulov, 2.Sardor Qulmatov (97.SHahboz Jo'rabekov, 46), 4.Elyor Orifov, 92.SHerzod Fayziev, 14.Jamshid Boltaboev, 91.Nikola Milinkovich, 10.SHohruz Norxonov, 5.Kaxi Maxaradze, 71.Jasur Hasanov (96.Muhammadanas Hasanov, 71), 88.Ivan Nagaev (9.Oybek Nurmatov, 62).

Zaxira: 1.SHirinboy Abdullaev, 7.Sanjar Rashidov, 8.Siroj Meliev, 11.Izzat Abdullaev, 32.Dian Talxatov, 77.Daniel Nasriddinov.


AGMK - 32.Suhrob Sultonov, 23.Akmal SHorahmedov (4.Mirjamol Qosimov, 83), 88.Igor Zonich, 77.Vladislav Kasminin, 33.Sardor Rahmonov, 5.Dilshod Jo'raev, 3.Erkin Baydullaev, 97.Jasur Yaxshiboev (20.Mirg'iyoz Sulaymonov, 79), 7.Elguja Grigalashvili, 8.Sanat SHixov, 99.SHahzod Nurmatov (15.Jasur Hakimov, 64).

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 11.Zohir Pirimov, 17.Murod Toshmatov, 21.G'ulomHaydar Gulyamov, 30.Jasur Umarov, 31.Saydullo Rahmatov. 

Ogohlantirishlar: Jasur Yaxshiboev 56, Sanat SHixov 66, Jasur Hasanov 68, Jasur Hakimov 75.


So'g'diyona

Kaxi Maxaradze - 80'

Superliga. 18-tur

27/08/2019, 19:15

0
:
1
Tugadi

OKMK

45'
90'
80'  Kaxi Maxaradze



Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика