So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Coca Cola Superligasi. Qosimov ilk bor Babayanni mag'lub etdi: OKMK - "Navbahor" 2:1 Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. Qosimov ilk bor Babayanni mag'lub etdi: OKMK - "Navbahor" 2:1

Teglar :  NavbahorOKMK
Coca Cola Superligasi 5-turidan o'rin olgan OKMK - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


OKMK – NAVBAHOR - 2:1
9 aprel 2023 yil. Toshkent, "Jar" stadioni. 18:05.
Hakamlar
: Ahrol Risqullaev, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, Komiljon Rasulov
VAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR: Aleksandr Sidorov
Nazoratchi: Valentin Kovalenko
Komissar: Sardor Qudratullaev

Gollar: Jamshid Iskanderov 57 penalti, - 0:1. SHahboz Jo'rabekov 63 avtogol, - 1:1. Ruben Sanches 75, - 2:1.

OKMK: 25.Valijon Rahimov, 2.Akrom Komilov (11.Irakli Ruxadze, 65), 3.Sardor Rahmonov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Dilshod Ahmadaliev (13.Eldor Begimov, 90+2), 8.Abdulla Abdullaev, 10.Xurshid G'iyosov, 17.Sanjar Tursunov (15.Oybek Rustamov, 82), 22.SHohrux Gadoev, 27.Martin Boake (9.Ruben Sanches, 65), 88.Siavash Xaqnazariy (14.Mirjahon Mirahmadov, 90+2).
Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 19.Muhammadanas Hasanov, 44.Muhammad Ali Salem, 77.Nodir Abdurazzoqov.

“Navbahor”: 1.O'tkir Yusupov, 5.Milosh Milovich, 6.Ibrohim Yo'ldoshev, 7.Oston O'runov, 10.Jamshid Iskanderov, 14.Jamshid Boltaboev, 17.Abror Ismoilov ( 9.Farruh Ikromov, 84), 21.Temurxo'ja Abduxoliqov (11.SHohruz Norxonov, 73), 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich, 27.SHahboz Jo'rabekov (77.Asadbek Sobirjonov, 78).
Zaxira: 46.Xurshid Xodjaev,20.Muzaffar Mo'minov, 31.Luka CHermel, 33.SHodiyor SHodiboev, 55.Asadbek Jo'raboev, 88.Ozodbek O'ktamov.

Ogohlantirishlar: Samvel Babayan 24 ("Navbahor" bosh murabbiyi), Akrom Komilov 41, Jamshid Boltaboev 47, Irakli Ruxadze 89,



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH




90+6. O'YIN TUGADI! OKMK "Navbahor"ni mag'lub etdi 2:1. Mirjalol Qosimov murabbiy sifatida ilk bor Samvel Babayan boshqargan jamoani mag'lub etishga erishdi.

90+5 "Navbahor" bor kuchi bilan hujumga o'tmoqda, ammo foydasiz!

90+2. O'zgarishlar. OKMK. Haqnazariy va Ahmadaliev o'rniga Mirahmadov va Begimov tushdi

90+1. Farrux Ikromovning zarbasidan so'ng, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

90. Uchrashuvga 6 daqiqa qo'shildi 

89. Ogohlantirish. OKMK. Irakli Ruxadze

84. O'zgarish. "Navbahor". Abrorbek Ismoilov o'rniga Farrux Ikromov maydonga tushdi.

82. O'zgarish. OKMK. Sanjar Tursunov o'rniga Oybek Rustamov maydonga tushdi.

78. O'zgarish. "Navbahor". SHahboz Jo'rabekov o'rniga Asadbek Sobirjonov maydonga tushdi.



75. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Tursunovning zarbasidan keyin Yusupov to'pni qaytardi, qaytgan to'pni Ruben Sanches darvozaga yo'lladi - 2:1.

73. O'zgarish. "Navbahor". Abduholiqov o'rniga Norxonov tushdi

65. O'zgarishlar. OKMK. Komilov va Boake o'rniga Ruxadze va Ruben Sanches tushdi

63. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Sanjar Tursunovning burchakdan uzatgan to'pi SHahboz Jo'rabekovga tegib darvozaga kirib ketdi - 1:1.

62. ZARBAAA! Abduholiqovning jarima maydoni yonidan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi

58. ZARBAAAAAAAAAA! Haqnazariyning kuchli zarbasi ustunga tegib qaytdi! Zo'r o'yin, daxshat o'yin!

57. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! JAMSHID ISKANDEROV 11 metrli jarima to'pidan gol urdi 0:1




55. PENALTI! Bosh hakam VAR yordamida OKMK darvozasi tomon penalti belgiladi, Rahmonov Boltaboevni yiqitdi deb topdi 

47. Ogohlantirish. "Navbahor". Jamshid Boltaboev

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+2. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:0

41. Ogohlantirish. OKMK. Akrom Komilov

37. ZARBA! Yovan Jokichning 25 metrlar chamasi uzoqlikdan darvozaga yo'llagan zarbasidan so'ng, to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

35. OKMKdan javob hujumi, Ahmadalievning havodan uzatgan to'pini Boake boshi bilan darvozaga yo'lladi, O'tkir Yusupov to'pni ushlab oldi! 




33. ZARBAAAAAA! Boltaboevning kuchli va aniq zarbasidan keyin Valijon Rahimov seyv namoyish etdi!

31. "Navbahor"ning o'yindagi birinchi burchak zarbasi, Iskanderov uzatgan to'p Haqnazariyga tegib qaytdi

27. ZARBAAAAAAAAA! O'runovning aqlli to'p uzatishidan keyin Boltaboev to'xtatmasdan zarba berdi, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi! Rahimov shunchaki tomoshabin edi bu vaziyatda!




24. Ogohlantirish. "Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan sariq kartochka oldi. U Tursunov O'runovni qo'pollik bilan yiqitdi deb hisobladi va bosh hakamga keskin etiroz bildirdi

18. XAVFLI VAZIYAT! Abduholiqov jarima maydoni ichidan zarba berdi, himoyachiga tekkan to'p Iskanderov tomon bordi, Jamshidning zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi!

14. Kutilmagan zarba, "Navbahor"ning hujumi, Boltaboev to'pni o'ziga to'g'rilashga uringan paytda to'p darvozaga bordi, Rahimov o'z o'rnida

8. ZARBAA! Abdulla Abdullaevning kuchli zarbasi himoyachilardan biriga tegib maydonni tark etdi, burchak to'pi

7. UXX! Boake jarima maydoni yaqinida Golban tomonidan yiqitildi, jarima to'pi

5. Akrom Komilovning uzatgan to'pini Martin Boake boshi bilan darvozaga yo'llamoqchi bo'ldi, noaniq! 



1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 18:05da boshlanadi.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика