So’nggi yangiliklar

08:00Гвардиола кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  1 07:18Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Ливерпул»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  5 07:02Бурчак зарбасидан гол ва ассистлар. Неймар «Сантос»га йирик ғалабани тақдим этди  1 02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  0 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  5 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  2 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  11 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  64 21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0

Coca Cola Superligasi. "Nasaf" "Surxon"ni mag'lub etdi va jadvalda "Navbahor"ni quvib o'tdi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Nasaf" "Surxon"ni mag'lub etdi va jadvalda "Navbahor"ni quvib o'tdi

Teglar :  NasafSurxon
Coca Cola Superligasi 5-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Surxon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.



NASAF – SURXON - 3:2  
9 aprel 2023 yil. Qarshi, "Markaziy" stadioni. 18:15.
Hakamlar:
Temurbek To'xtasinov, Obid Jumaev, Jasur Rustamov, Nikita Mustafin
VAR hakami: Ilgiz Tantashev
AVAR: Avaz Abdullaev
Nazoratchi: Timur Galeev
Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gollar: Mateus Lima Kruz 29, - 1:0 (SHerzod Nasrullaev). Silvanus Nimeli 35, - 1:1 (Asilbek Jumaev). Asadbek Karimov 62 penalti, - 1:2. Artyom Potapov 66 avtogol, - 2:2. SHerzod Nasrullaev 76, - 3:2.

Golga aylanmagan penalti: Javohir Sidiqov 66 (ustun).

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdirahmatov, 9.Javohir Sidiqov (17.Suhrob Nurulloev, 87), 19.Mateus Lima, 34.SHerzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov, 92.Umarbek Eshmurodov, 99.Azizbek Amonov (18.Bahrom Abdurahimov, 70).
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 2.Alibek Davronov, 15.Jo'rabek Mannonov, 20.SHahzod Akramov, 22.SHohmalik Komilov, 29.Muhammadjon Rahimov, 70.Abubakr Rizo Turdialiev

"Surxon": 1.Artyom Potapov, 2. Bobirjon Asqarov, 3. Sunnatulloh Hamidjonov, 6. Artyom Sokal, 7. Dostonbek Tursunov (99. Komron Saydazimov, 81), 8. Humoyun SHerbo'taev, 18. Silvanus Nimeli, 19. Nuriddin Hasanov, 27. Asilbek Jumaev (15. Diyor Ramazonov, 85), 66. Behruz SHaydulov, 77. Asadbek Karimov.
Zaxira: 35.SHohruh Eshbo'taev, 86. Davron Merganov, 5. Azizbek Pirmuhammadov, 11.Qadamboy Nurmetov, 22. Javohir Jo'raev, 25. Nodirbek Bobomurodov, 55. SHohjahon Sultonmurodov, .

Ogohlantirishlar: Abduvohid Nematov 60, Sunnatulloh Hamidjonov 70, Silvanus Nimeli 90+6.




MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+7. O'yin tugadi. "Nasaf" o'z maydonida "Surxon"ni taslim qildi - 3:2

90+6. Ogohlantirish. "Surxon". Silvanus Nimeli

90. Uchrashuvga 6 daqiqa qo'shildi

87. O'zgarish. "Nasaf". Sidiqov o'rniga Nurulloev tushdi

85. O'zgarish. "Surxon". Jumaev o'rniga Ramazonov tushdi

81. O'zgarish. "Surxon". Tursunov o'rniga Saydazimov tushdi

76. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHerzod Nasrullaev burchak to'pidan keyin gol urdi - 3:2

75. O'zgarish. "Nasaf". G'aybullaev o'rniga Davronov tushdi

70. Ogohlantirish. "Surxon". Sunnatulloh Hamidjonov 

70. O'zgarish. "Nasaf". Amonov o'rniga Abdurahimov tushdi

66. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Avtogol! Sidiqovning penaltidan tepgan to'pi darvoza ustuniga tegib qaytayotganida Potapovga tegib darvozaga kirib ketdi! 2:2

65. PENALTI! Bu safar "Surxon" darvozasi tomon! 

62. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ASADBEK KARIMOV penaltidan gol urdi - 1:2.

60. Ogohlantrish. "Nasaf". Abduvohid Nematov

59. PENALTI! Bosh hakam "Nasaf" darvozasi tomon penalti belgiladi, Nematov Nimelini yiqitdi deb topildi 

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+3. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 1:1

45+2. ZARBAA! Bozorovning kuchli va aniq zarbasidan keyin Potapov to'pni qaytardi!

45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi

35. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SILVANUS NIMELI! 1:1. Jumaevning to'p uzatishidan keyin Nimeli osongina gol urdi! "Surxon" Qarshida "Nasaf" darvozasiga 1997 yildan beri ilk bor gol urdi!

29. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! LIMA KRUZ! 1:0. CHap qanotdan Nasrullaev uzatgan to'pni Matus Lima Kruz boshi bilan darvozaga yo'lladi!

25. ZARBA! Karimovning to'p uzatishidan keyin Tursunov darvozaga zarba berdi, noaniq

21. "Surxon" safarda o'ynayotgani uchun u qadar shoshayotgani yo'q, Qarshida durang ham yaxshi natija bo'lsa kerak

20. ZARBA! Lima Kruzning kuchli zarbasidan keyin Potapov o'zini ko'rsatdi!

16. ZARBA! Asadbek Karimovning zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi

15. "Nasaf"ning hujumi, chap qanotdan uzatilgan to'p ancha noaniq ketdi, bu hujumda Lima Kruz yaxshi o'ynadi

11. "Nasaf" mezbon sifatida asta-sekin tashabbusni o'z qo'liga olishga urinmoqda...

8. Malumot uchun, Qarshida o'tgan 12ta uchrashuvning barchasida (!!!) "Nasaf" 3 ochko sohibiga aylangan. Yani "Surxon" o'z tarixida hech qachon Qarshida xattoki 1 ochko ham ololmagan. "Nasaf" maydonidagi o'yinlarda 36ta gol urgan, "Surxon" faqat 1 marta Qarshida to'p kiritgan xolos (1997 yil).

6. Ilk daqiqalarda ikkala jamoa ham juda ehtiyotkor o'ynashmoqda, hozircha xavfli vaziyatlar yo'q

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 18:15da boshlanadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика