So’nggi yangiliklar

14:35"Контега қарши битта ўйин бир йиллик тажрибага тенг"  0 14:08Гвардиола олдида катта танлов: "Сити"да қолиш ёки янги чақирувни қабул қилиш  22 13:39"Челси" "Барселона" аъзоси учун 30 млн евро тўлашга тайёр  2 13:12Ўзбекистон U-20 терма жамоаси устози: "Пенальтилардан фойдаланишни кўп маротаба машқ қилгандик"  14 12:58Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси "Бунёдкор"да иш бошлади  0 12:30"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Ҳусановни мақтади  16 12:03Слот – Гвардиолани АПЛнинг бир мавсумида икки марта мағлуб этган "Ливерпул"нинг биринчи мураббийи!  5 11:37"Барселона" 80 млн еврога баҳоланаётган туркиялик футболчига қизиқмоқда  6 11:09Хаби Алонсо – рекордчи!  1 10:41А Серия тўпурарларидан бирига «Арсенал» ва «Ливерпуль» асосий даъвогар  0 10:07Ўртоқлик учрашуви. «Насаф» «Шахтёр»ни мағлуб этди  4 09:36«Андижон» икки нафар футболчини ижарага берди. Бири Қозоғистон чемпионатига йўл олди  0 09:01Гвардиола Ҳусановнинг ўйнига юқори баҳо берди  18 08:33АПЛнинг жорий турида ушбу кўрсаткич бўйича Ҳусанов тенгсиз!  6 08:00Гвардиола кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  6

Coca Cola Superligasi. "Qo'qon-1912"ning duranglar seriyasi Qarshida yakunlandi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Qo'qon-1912"ning duranglar seriyasi Qarshida yakunlandi

Teglar :  Nasaf Qo'qon-1912
Coca Cola Superligasining 19-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Coca Cola Superligasi, 19-tur
NASAF — QO'QON-1912 2:1 (TUGADI)
16 sentyabr 2022 yil. Qarshi, "Markaziy" stadioni. 18:30
Hakamlar:
Ilya Ilin, Rustam Tagaev, Islom Nosirov, Rustam CHoriev
VAR hakami: Akobir SHukurullaev
AVAR hakami: Baxtiyorxo'ja SHavkatov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: SHerzod Rajabov

Gol: Dilshod Saitov 26, 1:0, SHohnazar Norbekov 72, 1:1, Husniddin Aliqulov 90+4, 2:1


"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G'olib G'aybullaev (7.SHarof Muhitdinov, 82), 8.Dilshod Saitov, 10.Husayn Norchaev, 18.Bahrom Abdurahimov, 22.Akmal Mozgovoy, 34.SHerzod Nasrullaev ( 17.Suhrob Nurulloev, 89), 77.Oybek Bozorov (19.Lima Kruz Mateus, 89), 88.Marko Stanoevich (9.Ivan Solovyov, 82), 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 13.Azamat Soyibov, 20.SHahzod Akramov, 23.Sardor Sadullaev, 27.Zafarmurod Abdirahmatov.

"Qo'qon-1912":
1.Muzaffar Abdullaev, 4.Ilhomjon Vahobov, 6.Dilshod Rahmatullaev (70.Bilolxon Toshmirzaev, 54), 7.Jamshid Hasanov, 8.Sanat SHixov (23.Aleksandr Merzlyakov, 76), 10.Javohir Sidiqov ( 5.Slavko Lukich, 90+1), 11.SHohnazar Norbekov ( 9.Andrey Sidorov, 76), 13.Sardor Azimov, 15.Oybek Rustamov, 17.Quvondiq Ro'ziev, 77.Murod Xolmuhammedov.
Zaxira: 21.Islomjon Abdullaev, 14.Avazxon Mamatxo'jaev, 

Ogohlantirish:


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi. 

90+5. Davron Fayzievga sariq kartochka ko'rsatildi

90+4. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. SO'NGGI DAQIQALAR QIROLI HUSNIDDIN ALIQULOOOOOOOOOV.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

89. O'ZGARISH. "Nasaf", Oybek Bozorov o'rniga Lima Kruz tushdi. 

82. O'ZGARISH. "Nasaf", Marko Stanoevich o'rniga Ivan Solovyov, G'olib G'aybullaev o'rniga SHarof Muhitdinov tushdi. 

76. O'ZGARISH. "Qo'qon-1912", Sanat SHixov o'rniga Aleksandr Merzlyakov, SHohnazar Norbekov o'rniga Andrey Sidorov tushdi. 

76. GOL VIDEOSI SHU ERDA: SHOHNAZAR NORBEKOV

73. Norbekov ikkinchi davrada "Qo'qon-1912"dagi 4 golini urdi. Hujumchi mana shunday bo'lishi kerak. 

72. GOOOOOOOOOOOOOOL. "Qo'qon-1912" uchrashuvda hisobni tenglashtirdi. Gol muallifi qo'qonliklarning ikkinchi davradagi qahramoni SHohnazar Norbekov

65. ZARBAAAAAAAAA. Saitov dublni rasmiylashtirishiga Muzaffar Abdullaev yo'l qo'ymadi. 

62. Sanat SHixovning jarimadan tepgan to'pini Abduvohid Nematov qaytardi. 

60. "Nasaf" hujumlar yomg'irini boshladi. Mehmonlar qarshi hujumdan foydalanish payida. 

59. ZARBAAAAAAA. Norchaevning qoyilmaqom zarbasiga, Muzaffar Abdullaev qoyilmaqom seyv bilan javob qaytardi. 

54. O'ZGARISH. "Qo'qon-1912", Dilshod Rahmatullaev o'rniga Bilol Toshmirzaev tushdi. 

50. Sardor Azimovning 18 metrlardan yo'llagan zarbasini "Nasaf" posboni qaytardi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus

45+2. ZARBAAAAAA. Dilshod Saitovdan kuchli zarba. Biroq noaniq yana. 

45+1. ZARBAAAAAAAAA. Sardor Azimovning zarbasi xafli biroq noaniq chiqdi. 

45+1. " Qo'qon-1912" so'nggi daqiqalarda jonlandi. To'pni nazorat qilmoqda. 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

39. Uchrashuvda temp biroz pastladi. "Qo'qon-1912"da hozircha biror narsa o'xshaganicha yo'q. 

33. ZARBAAAAAAAAAAAAA.  Marko Stanoevichdan kuchli zarba. Qo'qonliklar posboniga bugun omad tilashdan boshqa choramiz yo'q. 

28. ZARBAAAAAAAAA. Akmalning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. "Qo'qon-1912" darvozasi bugun "Nasaf"nig zarbalariga dosh bera oladimi?

26. GOOOOOOOOOOOL. Hujumlar ketini uzmagan "Nasaf" nihoyat maqsadiga erishdi. Dilshod Saitovning zarbasini nafaqat raqib posboni, balki jamoadoshlari ham kutmagandi. Gol muallifi Dilshod Saitov. Ajoyib ijro va chiroyli gol. 

20. Akmal Mozgovoy bugun gol uraman deb vada bergan shekilli. Uning ikkinchi urinishi samarasiz kechdi. 

13. Ajoyib hujum. Dilshod Rahmatullaev o'z darvozasini ishg'ol qilishiga biroz qoldi. 

10. Marko Stanoevichning zarbasi noaniq ketdi. 

2. Akmal Mozgovoyning 20 metrlardan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. 

1. "Nasaf"da birinchi burak zarbasi. Biroq standart vaziyatda mezbonlar himoyachilari faol o'yin ko'rsatdi. 

Uchrashuv boshlandi. 

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 


Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 27 marta to'qnash kelishgan.

“Nasaf” o'yinlarning 18 tasida zafar quchgan, 5 ta bahsda vakillarimizning qo'li baland kelgan. To'rtta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. 

To'plar nisbati – 49-26 “Nasaf” foydasiga. O'zaro o'yinlarda “Ajdardar” 58 ochkoni qo'lga kiritishgan. “Qo'qon-1912” ochkosi 19 tani tashkil etadi.

- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari, millionlar o'yinining asl shinavandalari. Qarshida o'tadigan "Nasaf" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan matnli translyaciyamizni boshlaymiz. 

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика