Coca Cola Superligasi. "Bunyodkor" joriy mavsum o'z maydonida g'alaba nimaligini bilmayapti
26 iyu 2023 00:05
Yangiliklar


Coca Cola Superligasi. "Bunyodkor" joriy mavsum o'z maydonida g'alaba nimaligini bilmayapti
"Qaldirg'ochlar" so'nggi marta o'tgan yil kuzda mezbon sifatida zafar quchgandi.
Toshkentning "Bunyodkor" klubi Coca Cola Superligasining 13-turidan o'rin olgan bellashuvda "Paxtakor"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Etiborli jihati, "qaldirg'ochlar" joriy mavsum o'z maydonida g'alaba qozongani yo'q. Poytaxt jamoasi "Bunyodkor" stadionida 5 ta o'yin o'tkazdi. O'tgan mavsumni ham qo'shib hisoblaganda, omadsiz seriya 6 ta o'yinni tashkil etadi.
Oxirgi marta "Bunyodkor" o'z maydonida 2022 yilning 3 noyabr sanasida "Surxon" ustidan g'alaba qozongandi.
Poytaxtliklar navbatdagi uchrashuvni 30 iyun sanasida "Qizilqum"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar