So’nggi yangiliklar

16:42"Бавария" келгуси мавсум учун уй формасини намойиш этди  0 16:12"Арсенал" футболчисини "Крузейро"га сотди  0 15:38Шомуродовнинг устози Италия терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  2 15:09"Ал Насср" Испания терма жамоаси футболчисига қизиқмоқда  0 14:43Ислом Иномов "Бунёдкор"ни тарк этди  2 14:14Хурсандчиликдан кейинги "бўшлиқ"ни тўлдириши лозим бўлган Кападзе севимли услубига қайтадими?!  25 14:00Тариқ Салмон: "Рақибимиз ўз юртбоши кўз ўнгида мағлуб бўлишни истамайди"  4 13:43"Манчестер Юнайтед" ярим ҳимоячиси жамоани тарк этди  2 13:15Бекзод Маматқулов Ўзбекистон футзал федерациясида йиғилиш ўтказди. Унда Элибоев, Свиридов, Раҳматов ва бошқалар қатнашди  1 12:49Қамчибек Ташиев ЎФА раҳбариятини Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧга чиққани билан табриклади  5 12:27Мешал Баршам: "Ўзбекистон ҳурматга сазовор жамоа"  7 12:00Тариқ Салмон: "Биз Эрон ва Ўзбекистонни мағлуб этган ягона жамоамиз. Рақиб ҳамон мундиал йўлланмасини нишонламоқда"  22 11:40Бугун Осиё Кубогига саралаш ўйинлари бўлиб ўтади  0 11:20Қосимовнинг жарима зарбалари, Аҳмедовнинг суперголи ва "Бунёдкор"даги 5:1. Ўзбекистон ва Қатар терма жамоаларининг ўзаро ўйинлар тарихи  5 10:57“Бавария“ ПСЖ юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0

Coca Cola Superligasi. Avgust oyida klubini almashtirishi kerak bo'lgan futbolchilar Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. Avgust oyida klubini almashtirishi kerak bo'lgan futbolchilar

Xabaringiz bor, O'zbekistonda yozgi transfer oynasi 10-31 avgust sanalari oralig'ida ochiq bo'ladi.

Sardor Abduraimov ("Bunyodkor")  
O'tgan yil "Nasaf"da 25ta o'yinda maydonga tushgan va jamoaning asosiy futbolchisi bo'la olgan Abduraimov "Mashal"dan ijaraga olingan edi. Bu yil Muborak klubi uni Murtozaev bilan birga "Bunyodkor"ga ijaraga berdi. Murtozaev "qaldirg'ochlar" safida bir qator o'yinlarda maydonga tushib turibdi, ammo Abduraimov haqida bunday deya olmaymiz. Yarim himoyachi faqat bitta o'yinda zaxiradan 7 daqiqaga maydonga tushdi xolos. Agar shunday davom etadigan bo'lsa 2020 yil Abduraimov uchun ortga tashlangan qadam bo'lib qolishi hech gap emas.




Ilhom Alijonov ("Qizilqum")
Huquqiy jihatdan "Nasaf"ga tegishli bo'lgan qanot himoyachisi yanvar oyida o'tgan U-23 Osiyo chempionatida ajoyib o'yin namoyish etgandi. O'tgan mavsum ikkinchi davrada "Navbahor"da ijarada o'ynadi va 6ta o'yinda maydonga tushgandi. Bu yilgi Osiyo chempionatidan keyin "Nasaf"ga qaytib asosiy futbolchilardan biri bo'lishini kutgandik, biroq "Ajdarlar" mavsum avvalida uni Navoiyning "Qizilqum" klubiga ijaraga berishga qaror qildi. Ortda qolgan 9ta tur davomida futbolchi 1tagina o'yinda 32 daqiqa harakat qildi xolos.

Javohir Ilyosov ("Lokomotiv")

O'tgan yil boshida "Lokomotiv"ni Ignatiy Nesterov tark etganidan so'ng Javohir Ilyosov "Temiryo'lchilar" safiga ko'chib o'tgandi. Mamur Ikromov bilan raqobatda g'olib bo'lgan Ilyosov asosiy posbonga aylangandi o'tgan yil. Biroq Nesterovning diskvalifikaciyasi yakunlangach murabbiylar yana Ignatiyga ishonch bildira boshlashdi. Bu mavsum ham Ilyosov asosan zaxirada o'tiribdi. Hozirga qadar faqat "So'g'diyona" bilan bahsda to'liq harakat qilgan Javohir Superliganing ko'plab klublarida asosiy posbon bo'la oladi desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Biroq Nesterov bilan raqobat qilish baribir og'ir bo'lmoqda.



Abdul Aziz Yusupov ("Lokomotiv")
2019 yilgi mavsumni Termizning "Surxon" klubida o'tkazgan Abdul Aziz Yusupov 23ta o'yinda maydonga tushib raqiblar darvozasiga jami 8ta gol urishga erishgandi. Bu yil boshida "Lokomotiv"ga ko'chib o'tdi. Biroq yangi klubda ishlar silliq kechmayapti: 2ta o'yin, 6 daqiqa. Marat Bikmaev, Temurxo'ja Abduxoliqov, Kirill Pogrebnyak kabi hujumchilar bilan raqobatda hozircha Yusupov imkoniyatni boy bermoqda va bunday vaziyatda boshqa klubga o'tib ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish anyi muddao bo'lardi bizningcha. To'g'ri unga kutilmaganda olgan jarohati ham xalal berayotganini qo'shimcha qilish lozim.

Mirkomil Loqaev ("Navbahor")

O'tgan yil Samarqandning "Dinamo" klubida asosiy himoyachilardan va mavsum kashfiyotlaridan biri bo'lgan Mirkomil Loqaev hozir qaerda? Ko'pchilik "Dinamo"da bo'lsa kerak deb o'ylaydi to'g'rimi? Yo'q mavsum boshlanishiga oz qolganida Loqaev "Navbahor"ga ko'chib o'tdi. Hozirga qadar u "Lochinlar" safida rasmiy o'yinlarda umuman maydonga tushgani yo'q. Faqat so'nggi turda o'yin qaydnomasiga kiritildi xolos... 2019 yil 22ta o'yinda maydonga tushib 2ta gol urgan himoyachi bugungi kunda faqat o'z vaqtini kutmoqda xolos.

Vladimir Kozak ("Paxtakor")
O'zbekistondagi eng universal futbolchilardan biri bo'lgan Vladimir Kozak o'z vaqtida turli yoshdagi terma jamoalarimizda sardor edi. "Paxtakor"da hozir o'ynayotganlar orasida Kozak 12 yildan vaqtdan buyon klubda. Biroq bu mavsum SHota Arveladze Vladimirni maydonga tushirishga shoshilmayapti. Ortda qolgan 9ta turda Kozak Superligada bir daqiqa ham harakat qilgani yo'q. Futbolchi ayni paytda O'zbekiston chempionatidagi istalgan klubning chap qanot himoyasi, tayanch yarim himoyasida bemalol asosiy tarkibda o'ynay oladi.



Asadbek Sobirjonov ("Paxtakor")

2019 yil "Buxoro"da ijarada o'ynagan Asadbek Sobirjonov 23ta o'yinda maydonga tushib 2ta gol urgan va 3ta golli pas bergandi. O'shanda Baxtiyor Ashurmatov uni "Paxtakor"dan ijaraga olgandi. SHota Arveladze 2000 yilda tug'ilagn futbolchining harakatlariga yuqori baho berdi va uni asosiy jamoada olib qoldi. "Paxtakor"dagi raqobat juda yuqori ekanini barcha biladi, Sobirjonov hozirda Dostonbek Hamdamovga raqobatda yutqazmoqda va aynan uning o'rniga zaxiradan maydonga tushmoqda xolos: 5ta o'yin, 51 daqiqa.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика