So’nggi yangiliklar

11:09Хаби Алонсо – рекордчи!  0 10:41А Серия тўпурарларидан бирига «Арсенал» ва «Ливерпуль» асосий даъвогар  0 10:07Ўртоқлик учрашуви. «Насаф» «Шахтёр»ни мағлуб этди  3 09:36«Андижон» икки нафар футболчини ижарага берди. Бири Қозоғистон чемпионатига йўл олди  0 09:01Гвардиола Ҳусановнинг ўйнига юқори баҳо берди  14 08:33АПЛнинг жорий турида ушбу кўрсаткич бўйича Ҳусанов тенгсиз!  5 08:00Гвардиола кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  6 07:18Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Ливерпул»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  6 07:02Бурчак зарбасидан гол ва ассистлар. Неймар «Сантос»га йирик ғалабани тақдим этди  5 02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  1 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  9 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  3 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2

Coca Cola Superligasi. "Neftchi" "Andijon"ni mag'lub etib. 1-o'ringa qaytdi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Neftchi" "Andijon"ni mag'lub etib. 1-o'ringa qaytdi

Coca Cola Superligasi 5-turidan joy egallagan "Andijon" – "Neftchi" bahsi yakunlandi.

Coca Cola Superligasi

5-tur

"Andijon" – "Neftchi" 0:2

8 aprel. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 18:00

Hakamlar: Asker Najafaliev, Rishat Nugmanov, Ruslan Serazitdinov, G'ayrat Jo'raev

VAR hakami: Ahrol Risqullaev

AVAR: Maksim Nexochin

Nazoratchi: Aleksandr Popov

Komissar: Diyor Xotamqulov

Gol: 0:1 — 9, Diyorjon Turopov (Mirzohid G'ofurov), 0:2 — 20, Nurillo To'xtasinov (Toma Tabatadze).

"Andijon": 72.Igor Litovka, 5.Abduvohid G'ulomov, 7.Bobur Farhodov (22.SHahboz Erkinov, 63), 8.Farhod Bekmurotov (9.Levan Arveladze, 71), 10.Ilhom Abdug'aniev (23.SHerzod Esanov, 79), 13.Sardorbek Azimov, 15.Vladimir Bubanya, 17.Farhod Sohibjonov, 21.Ildar Mamatkazin (s), 26.Muhammadkarim Toirov, 91.Axtam Nazarov (14.Abdurahmon Komilov, 71)

Zaxira: 12.Mohir Komilov, 4.Dilshod Komilov, 11.Sardor Abdunabiev, 19.Suhrob Berdiev, 99.Rubin Xebay

"Neftchi": 45.Akbar To'raev, 2.Zoir Jo'raboev (4.Andrey Mishchenko, 50), 8.Nurillo To'xtasinov, 9.Ulug'bek Hoshimov (28.Fozil Musaev, 66), 19.Mirzohid G'ofurov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 22.Toma Tabatadze (11.Izzatilla Abdullaev, 90), 23.Diyorjon Turopov (5.Yuriy Batyushin, 90), 24.G'ulom Haydar G'ulomov, 26.Oleksey Larin, 70.Abbosjon G'ulomov (7.Umar Adhamzoda)

Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 17.Abdulloh Olimov, 20.Anvarjon G'ofurov, 35.Murodbek Bobojonov

Ogohlantirish: Muhsinjon Ubaydullaev (13), Farhod Bekmurodov (15), Nurillo To'xtasinov (25), Toma Tabatadze (45), Farhod Sohibjonov (46)

CHetlatish: Nurillo To'xtasinov (65) 

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+7. To'raevdan ajoyib seyv!

90+5. O'zgarishlar: Diyorjon Turopov Yuriy Batyushin, Toma Tabatadze Izzatilla Abdullaev, Umar Adhamzoda Abbosjon G'ulomov bilan almashdi.

90+1. Sohibjonov qulay vaziyatni ko'kka sovurdi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

87. Mezbonlarda yana bir standart yuzaga keldi. Arveladze uzatgan io'pni To'raev egallab oldi.

83. G'ulomovning jarima maydoniga otib bergan to'pi qaytarilgach, mezbonlar yaxshi zarba bera olmadi.

79. "Andijon"da o'zgarish: Ilhom Abdug'aniev o'rniga SHerzod Esanov tushirildi.

76. "Andijon" hujumlarga nuqta qo'yishda oqsamoqda.

71. "Andijon"da o'zgarishlar: Farhod Bekmurotov o'rniga Levan Arveladze, Axtam Nazarov o'rniga Abdurahmon Komilov maydonga tushirildi.

66. "Neftchi"da o'zgarish: Ulug'bek Hoshimov o'rniga Fozil Musaev maydonga tushirildi.

65. Ikkinchi sariq kartochka olgan Nurillo To'xtasinov maydondan chetlatildi.

63. Mezbonlarda o'zgarish: Bobur Farhodov o'rniga SHahboz Erkinov maydonga tushirildi.

62. Abdug'anievning jarimadan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

59. G'ulomovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

58. Axtam Nazarov tomonidan oshirilgan to'p sherigiga aniq etib bormadi.


50. "Neftchi"da majburiy o'zgarish: Zoir Jo'raboev o'rniga maydonga Andriy Mishshenko tushdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi. Tanaffus.

45. Tabatadzega sariq kartochka ko'rsatildi. Taymga esa 2 daqiqa qo'shib berildi.

42. Toma Tabatadze raqib futbolchisining xatosidan unumli foydalana olmadi.

41. Ubaydullaevga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Hakam futbolchilarni tinchlanishga chaqirdi.

37. Maydon markazida to'qnashuv yuzaga keldi. Standartdan so'ng jarima maydonida ichida to'p "Neftchi" futbolchisining qo'liga tekkandek ko'rindi, hakam esa o'yinni davom ettirish kerakligini ko'rsatdi.

34. Larin standartdan oshirilgan to'pga zarba yo'lladi, darvozabon xalaqit berishi natijasida zarba ko'ngildagidek chiqmadi.

33. Sohibjonov tibbiy yordamga muhtoj, hakam uning holidan xabar oldi.

31. Abdug'anievning olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

30. Mezbonlarga nisbatan o'yin qoidasi buzildi. Bekmurotov amalga oshirgan standart natijasi samarasiz yakunlandi.

25. Akbar To'raevdan ajoyib seyv! Standart natijasida mezbonlar ajoyib zarba yo'lladi, "Neftchi" posboni to'pni qaytardi.

20. GOOOOOOLLLLLLLLL!!! Toma Tabatadzening pasidan so'ng Nurillo To'xtasinov hujumni chiroyli tarzda yakunlab qo'ydi.


19. Mezbonlar tomonidan yo'llangan zarba noaniq ko'rinish oldi.

15. Farhod Bekmurodovga sariq kartochka ko'rsatildi.

13. Muhsinjon Ubaydullaev ogohlantirildi.

9' GOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Mirzohid G'ofurovning uzatmasi Turopovga kelib tushdi, Diyor esa sovuqonlik bilan davrozaga zarba berib, hisobni ochdi — 0-1!

5' Hozircha jamoalar to'p bilan maydon markazidan harakat qilishmoqda, hujumga o'tishda esa sustkashliklar kuzatilmoqda


O'yin boshlanibdi, "Dunyo bo'ylab" telekanalida esa bir akaxon to'lqinlanib referendum haqida gapirmoqda.

CHiroq yonibdi.

O'yin boshlanishi biroz kechikarkan. Stadionda chiroq o'chib qolibdi.

2 daqiqadan so'ng hakam hushtagi chalinishi lozim. TVda esa miriqib reklama tomosha qilyapmiz.

"Andijon" va "Neftchi" "Istiqlol" stadionida!

 "Istiqlol" stadioni "Vodiy derbisi"ni qabul qilishga shay! 

Uchrashuv 17:50 da boshlanadi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика