So’nggi yangiliklar

15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  6 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  0 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  11 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  1 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  5 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1

Coca Cola Superliga. "Surxon" o'z maydonida "Qo'qon-1912" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. "Surxon" o'z maydonida "Qo'qon-1912" bilan durang o'ynadi

Teglar :  Qo'qon-1912Surxon
Coca Cola Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin.


Coca Cola Superliga, 3-tur
SURXON – QO'QON-1912 - 1:1
20 mart 2021 yil. Termiz. "Surxon" stadioni. 16:15
Hakamlar:
Rustam Lutfullin, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Ilya Ilin
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Axmed Tillaev

Gollar: Murod Xolmuhammedov 52 penalti, - 0:1. Asror G'ofurov 77, - 1:1 (Alisher Salimov).

"Surxon": 13.Akrom Xo'jaev, 5.Jasurbek Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 7.Islom Toshpo'latov (8.Jahongir Ahmadov, 76), 10.Murod Bobojonov, 11.Zohir Pirimov (21.Javohir Esonqulov, 69), 14.Jasur Xolto'raev (38.Muhammad Ali Abdurahmonov, 69), 15. Vladimir Bubanya, 20.Husniddin G'ofurov, 66.Behruz SHaydulov, 77.Asror G'ofurov.
Zaxira: 1.Azamat Ahmedov, 3.Kamoliddin Ashurov, 9.Nizomjon Norov, 70.Ibrohim Yo'ldoshev.

"Qo'qon-1912":
1.Muzaffar Abdullaev, 3.Bobirjon Akbarov, 7.Asadbek Sobirjonov (13. Sardor Azimov, 72), 8.Farhod Bekmurotov, 10.SHoxnazar Norbekov, 15.Oybek Rustamov (11. Mo'min Meliev, 81), 22.Muhammadanas Hasanov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 33.Ivan Yosovich, 70.Murod Xolmuhammedov, 91.Yakuba Bamba (20. Iqbol Malikjonov, 64).
Zaxira: 16.Eldor Adhamov, 5. Slavko Lukich, 14. Avaz Mamatxo'jaev, 99. Andrey Sidorov.

Ogohlantirishlar: Oybek Rustamov 15, Ivan Yosovich 65, Asror G'ofurov 67, Farhod Bekmurotov 82, Muzaffar Abdullaev 90+2.


YANGILASH



90+4. O'yin tugadi. "Surxon" - "Qo'qon-1912" 1:1

90+2. Ogohlantirish. "Qo'qon-1912". Muzaffar Abdullaev

90+2. ZARBAAAAAAA! Yana Murod Bobojonovning zarbasi, bu safar to'p ustun yonidan o'tib ketdi!

90+1. ZARBAAAAAAA! Murod Bobojonovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi xavfli chiqdi, biroz noaniq! 

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi

88. ZARBAAAA! Murod Xolmuhammedovdan kuchsiz ammo aqlli zarba va Akrom Xo'jaev to'pni qaytardi!

86. UXXXX! Murod Xolmuhammedov jarima maydoni yonginasida yiqitildi, xavfli jarima to'pi!

82. Ogohlantirish. "Qo'qon-1912". Farhod Bekmurotov

81. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Oybek Rustamov o'rniga Mo'min Meliev tushdi

77. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ASROR G'OFUROV 1:1. O'ng qanotdan Alisher Salimov chap oyoqda to'pni raqib jarima maydoniga havodan uzatdi, G'ofurov boshi bilan darvozani ishg'ol qildi! 






76. O'zgarish. "Surxon". Toshpo'latov o'rniga Ahmadov tushdi

74. Behruz SHaydulov jarimadan uzatgan to'pni himoyachilar qaytarishdi, Muhammadanas Hasanov va Sardor Azimov to'pni uzoqlashtirishdi

69. O'zgarish. "Surxon". Pirimov va Xolto'raev o'rniga Esonqulov va Abdurahmonov tushdi

67. Ogohlantirish. "Surxon". Asror G'ofurov

67. UXXX! Toshpo'latov va Rustamov maydon markazida to'qnashib ketishdi

65. Ogohlantirish. "Qo'qon-1912". Ivan Yosovich

64. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Bamba o'rniga Malikjonov tushdi

52. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MUROD XOLMUHAMMEDOV penaltidan hisobni ochdi - 0:1! 




51. Ogohlantirish. "Surxon". Akrom Xo'jaev

51. PENALTI! "Surxon" darvozasiga! Bu vaziyatda Bubanya Norbekovni yiqitdi. 





46. Ikkinchi taym boshlandi.



45+1. Dastlabki bo'lim yakunlandi - 0:0

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

44. Birinchi bo'lim yakuniga etib bormoqda.

39. "Qo'qon-1912" futbolchilarida burchak to'pi, Vladimir Bubanya to'pni qaytarib yubordi

33. UXX! Standartdan keyin raqib darvozasi oldida yana bir vaziyatni yuzaga keltirdi. Bamba hujumni davom ettira olmadi.

30. ZARBA! Yana Muhammadanas Hasanovdan zarba kurdik. Biroz noaniq.

24. "Surxon" vakillari standart vaziyatlarni o'zgacha uslubda bajarishmoqda, biroq natija yo'q

22. Termizda yomg'ir yog'moqda...

18. UXXXX! Muhammadanas Hasanovning jarimadan uzatgan to'pi to'g'ri darvozaga bordi, to'pni Akrom Xo'jaev qaytardi!

15. Ogohlantirish. "Qo'qon-1912". Oybek Rustamov

8. ZARBAAAAAAAAAAA! Burchakdan uzatilgan to'pni Muhammadanas Hasanov darvozaga yo'lladi, biroz noaniq!

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 16:15da boshlanadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика