So’nggi yangiliklar

22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  0 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  57 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0

Coca Cola Superliga. Avtogol “Qizilqum”ga uch ochko taqdim etdi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. Avtogol “Qizilqum”ga uch ochko taqdim etdi

Superliganing 16-turidan o'rin olgan “Qizilqum” – "Mashal" uchrashuvi yakunlandi.

Ushbu sahifada o'yining matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.


“Qizilqum” – “Mashal” 1:0

Gol: SHukurillaev 90+1.
22 sentyabr 2020 yil. Navoiy. "Yoshlik" sport majmuasi. 19:00
Hakamlar:
SHavkat Nasibullaev, SHohrux Azamov, SHohnur Yo'ldoshev, To'rabek Suyunov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Laziz Qo'chqorov
 

"Qizilqum": 1.Ignatiy Nesterov, 6.Erkin Baydullaev, 7.Oybek Qilichev (15.Vohid SHodiev 86), 8.Ruslan Margiev, 10.Alisher Sanoev, 14.Fayzulla Qambarov, 17.Salim Mustafoev (21.Muhsinjon Ubaydullaev 66), 18.Jasur Azimov (32.Ilhomjon Kenjaev 46, 97.SHerzod Qodirov 90+3), 23.SHerali Jo'raev, 75.Oleg Tolmasov, 88.Jamshid Hasanov (77.Sunnatilla Abdullajonov 90+3.
Zaxira: 22.Artyom Makosin, 4.Mirjalol Qosimov, 9.Humoyun Abdualimov, 44. Ibrohim Tomiva.

"Mashal": 1.Botir Nosirov, 5.Najmiddin Normurodov, 7.Ifeani Ifeani, 9.Nikita Pavlenko (27.Sardorbek Eminov 84), 10.SHerzod Temirov (77.Ibrohim No'monov 84), 14.Ella Ken Armand (11.Mo'minjon Meliev 55), 17.Jamoliddin Ubaydulloev, 18.Abbos SHodmonov, 19.Sardor Abduraimov ( 8.Ibe Mishel Okoro 73), 22.Sirojiddin Qo'ziev (6.Sirojiddin Rahmatullaev 55), 23.Samandar SHukurullaev.
Zaxira: 30.SHohruhjon Eshbo'taev, 15.Muhammadali Aliqulov, 33.Denis Vasilev, 99.Jahongir Abdusalomov.

Ogohlantirishlar: Qambarov 25, Baydullaev 37, Rahmatullaev 62, No'monov 90+2.

Qizilqum

Superliga. 16-tur

22/09/2020, 19:00

0
:
1
Tugadi

Mash’al

Samandar Shukurullayev - 90'

45'
90'
25'  Fayzullo Qambarov
37'  Erkin Baydullaev
46'  Jasur Azimov (Ilhomzhon Kenzhaev)
66'  Salim Mustafoyev (Muhsin Ubaydullaev)
86'  Oybek Qilichev (Vohid Shodiyev)
90'  Ilhomzhon Kenzhaev (SHerzod Qodirov)
90'  Jamshid Hasanov (Sunnatilla Abdullazhonov)
55'  Ella Ken Arman (Mo'min Meliev)
55'  Sirojiddin Qo'ziyev (Sirojiddin Rahmatullaev)
62'  Sirojiddin Rahmatullaev
73'  Sardor Abduraimov (Ibe Michel Okoro)
84'  Nikita Pavlenko (Sardor Eminov)
84'  SHerzod Temirov (Ibrohim No'monov)
90'  Samandar Shukurullayev
90'  Ibrohim No'monov



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Qizilqum" avtogol evaziga g'alaba qozondi. 

90+3. Kenjaev o'rniga Qodirov, Hasanov o'rniga Abdullajonov maydonga tushdi.

90+2. No'monovga sariq kartochka. 



90+1. GOOOL! Avtogol! Erkin Baydullaevning chap qanotdan etkazgan to'pini Samandar SHukurullaev o'z darvozasiga kiritib qo'ymoqda! 

90. Hakam 4 daqiqa qo'shib berdi.

86. Mezbonlar safida Oybek Qilichev o'rniga Vohid SHodiev o'yinni tugatib qo'yadi.

84. "Mashal" safida Pavlenko o'rniga Eminov, Temirov o'rniga Numanov o'yinni davom ettiradi.

78. Mehmonlar futbolchisi SHerzod Temirovda ham yaxshi imkoniyat bo'ldi. Ammo, lekin, biroq...

77. Margiev o'ng qanotdan etkazib berilgan to'pni raqib darvozasiga yo'lladi. Noaniq. 

73. Xavfli vaziyatttt! Sanoevning bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Golning hidi kelmoqda)

73. "Mashal" safida Abduraimov o'rniga Okoro maydonga tushdi.

71. Mehmonlar oldinga borishgandi. CHap qanotdan etkazib berilgan to'pni darvozaga yo'llab qo'yadigan futbolchi topilmadi. Davom etamiz!

69. Jamshid Hasanovdan ham noaniq zarba.

68. SHerali Jo'raevning bergan zarbasi juda noaniq.

66. "Qizilqum" safida Mustafoev o'rniga Ubaydullaev maydonga tushirildi.

63. Zarbaaa! Nikita Pavlenkoning bergan zarbasini Ignatiy Nesterov bartaraf etdi

62. Sirojiddin Rahmatullaev Sanoevga nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi.

55. "Mashal"da ikkita o'zgarish. Ella Ken Armand o'rniga Meliev, Qo'ziev o'rniga Rahmatullaev o'yinni davom ettiradi.

55. Tolmasovning boshi bilan bergan zarbasi noaniq.

51. Mezbonlar yaxshi hujum tashkil etishgandi. Ammo ushbu vaziyatda "Mashal" himoyachilari tezkor harakat qilib, xavfni bartaraf etishdi.

48. "Qizilqum" matbuot xizmatining xabar berishicha Ilhomjon Kenjaev bugun ilk marotaba Superligada debyut qildi.

46. "Qizilqum" safida Azimov o'rniga Kenjaev maydonga tushirildi.

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!



45. Nosirov yana seyv namoyish etdi va jamoasini goldan qutqardi!

44. Zarbaaa! Oybek Qilichevning bergan zarbasini Nosirov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

41. Margievning bergan zarbasini raqib posboni bartaraf etdi.

37. Erkin Baydullaev Pavlenkoga qarshi o'yin qoidasini buzgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

35. Baydullaev Pavlenko to'qnashuvi. "Qizilqum" futbolchisida fol.

32. Sanoevning uzoqdan bergan zarbasi noaniq. 

28. "Mashal" futbolchilari nisbatan faol harakat qilishmoqda. Ammo mezbonlar raqibga imkon berishmayapti.

25. Fayzulla Qambarovga sariq kartochka ko'rsatildi.

23. Nikita Pavlenkodan noaniq zarba.

20. Muboraklik futbolchi raqib darvozasini ishg'ol etgandi. Ammo goldan bir necha soniya oldin "Mashal" futbolchisi raqibga nisbatan o'yin qoidasini buzgandi. Gol hisobga olinmadi.

19. "Mashal" futbolchilarining o'ng qanotdan uyushtirgan hujumi xavfli ko'rinish oldi. Ammo bu vaziyatda himoyachi SHerali Jo'raev yaxshi harakat qildi. 

14. Xavfli vaziyatttt! "Qizilqum" futbolchisida juda yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. Biroq, u yaxshigina vaziyatdan foydalana olmadi.

6. "Mashal" futbolchisining jarimadan bergan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi.

2. To'p nazorati hozircha mezbonlarda.

UCHRASHUV BOSHLANDI!

-Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

-Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. 

- Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика