So’nggi yangiliklar

07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  1 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  3 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  5 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6

Coca Cola Superliga prevyusi. Ikkinchi davrada hali yutmagan jamoalar to'qnashuvi Yangiliklar

Coca Cola Superliga prevyusi. Ikkinchi davrada hali yutmagan jamoalar to'qnashuvi

Bugun Coca Cola Superliga 18-turidan o'rin olgan bahslar davom ettiriladi.

"Dinamo" o'z maydonida "Buxoro"ni qabul qiladi. Mazkur qarama-qarshilik 17:00da start oladi. Bugun har ikki jamoa faqat g'alabani ko'zlab harakat qilsa kerak, chunki ikkinchi davra boshlanganidan beri "Dinamo" ham, "Buxoro" ham g'alaba nashidasini surgani yo'q. 

Xususan "Dinamo" faqat mag'lubiyatga uchrab kelayotgan bo'lsa, "Buxoro" ikkita durang va ikkita mag'lubiyat qayd etdi. "Dinamo" aslida ketma-ket beshta o'yindan beri yutqazyapti. Bu jamoa birinchi davrada hartugul o'zini ko'rsata olgandi, ammo ikkinchi davrada hozircha mag'lubiyatlardan boshi chiqmay qoldi. 

Samarqandliklar oxirgi marta uyda "Lokomotiv"ni 2:1 hisobida mag'lub etishgan, shundan beri Davron Fayziev shogirdlari "Bunyodkor"ga qarshi ikki marta, shuningdek "Lokomotiv", "Qo'qon-1912", "Qizilqum" jamoalariga qarshi maydonga tushib bu o'yinlarda ham imkoniyatni boy berishdi. 

"Buxoro" esa oxirgi marta "Andijon" bilan kechgan uchrashuvda uch ochkoni qo'lga kiritgan. Ikkinchi davra boshlanganidan beri buxoroliklar hali g'olib chiqishgani yo'q. Bilasizmi? "Buxoro" qatorasiga beshta o'yindan beri safarda faqat mag'lubiyatga uchrab qaytmoqda. Bu jamoa shu paytgacha safarda bir marta zafar quchgan: Qo'qonda "Qo'qon-1912"ni 3:1 hisobida mag'lub etib qaytgan.

Dinamo

Superliga. 18-tur

27/08/2019, 17:00

3
:
0
Tugadi

Buxoro

Andrey Sidorov - 68', Salamat Qutiboev - 70', Sardor Sulaymonov - 73'

45'
90'
68'  Andrey Sidorov
70'  Salamat Qutiboev
73'  Sardor Sulaymonov


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика