So’nggi yangiliklar

21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  0 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  0 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  3 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  0 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  1 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  17 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   7 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  23 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  7 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  2 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  9 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  1

Coca Cola Superliga. Hujumlarga boy o'tgan vodiy derbisida hisob ochilmadi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. Hujumlarga boy o'tgan vodiy derbisida hisob ochilmadi

Teglar :  NeftchiNavbahor
Coca Cola Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


"NEFTCHI" – "NAVBAHOR" - 0:0
25 iyun 2023 yil. Farg'ona, "Istiqlol" stadioni. 20:00
Hakamlar: Akobirxo'ja SHukurullaev, Rishat Nugmanov, Ruslan Serazitdinov, To'rabek Suyunov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
VAR hakami: Rahimbek Karimov
AVAR: Baxtiyorxo'ja SHavkatov
Komissar: Zohirjon Akramxonov

"Neftchi": 12.Vladimir Nazarov, 2.Zoir Jo'raboev, 7.Umar Adhamzoda, 8.Nurillo To'xtasinov, 13.Lutfulla To'raev (9.Ulug'bek Hoshimov, 77), 19.Mirzohid G'ofurov (70.Abbosjon G'ulomov, 46), 20. Anvarjon G'ofurov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 22.Toma Tabatadze, 23.Diyorjon Turopov, 24.G'ulom-Haydar G'ulomov.
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 3.Nodirxon Nematxonov, 5.Yuriy Batyushin, 10.Sunntulla Abdullajoov, 11.Izzatilla Abdullaev, 17. Abdulloh Olimov, 26.Oleksey Larin.

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 6.Ibrohim Yo'ldoshev, 7.Oston O'runov (8.Jasurbek Yaxshiboev, 65), 10.Jamshid Iskanderov, 14.Jamshid Boltaboev, 17.Abrorbek Ismoilov (77.Asadbek Sobirjonov, 73), 21.Temurxo'ja Abduholiqov (11.SHohruz Norxonov, 84), 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich, 24.Davronbek Hoshimov, 31.Luka CHermel (5.Milosh Milovich, 73).
Zaxira: 46.Xurshid Xo'jaev, 9.Farruh Ikromov, 20.Muzaffarxon Mo'minov, 27.SHahboz Jo'rabekov, 55.Asadbek Jo'raboev.

Ogohlantirishlar: Davron Hoshimov 66, Jasur Yaxshiboev 85, Anvarjon G'ofurov 90+1.



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH




90+4. O'YIN TUGADI. "Neftchi" - "Navbahor" 0:0

90+3. ZARBAAAAAAAAA! Ulug'bek Hoshimovdan ajoyib to'p uzatish, Adhamzodaning zarbasi noaniq chiqdi! 

90+1. Ogohlantirish. "Neftchi". Anvarjon G'ofurov

90.  Bosh xakam asosiy vaqtga 4 daqiqa qo'shib berdi

90. ZARBA! To'xtasinov jarima zarbasini amalga oshirdi, to'p jonli devorga tegib sekinlashdi

87. ZARBAA! "Navbahor"ning tezkor qarshi hujumi, Sobirjonovning zarbasi o'ta noaniq ketdi

85. Ogohlantirish. "Navbahor". Jasur Yaxshiboev

84. O'zgarish. "Navbahor". Temurxo'ja Abduholiqov o'rniga SHohruz Norxonov

79. ZARBA! Umar Adhamzodaning zarbasi noaniq ketdi

77. O'zgarish. "Neftchi". Lutfulla To'raev o'rniga Ulug'bek Hoshimov tushdi

73. O'zgarishlar. "Navbahor". Abror Ismoilov va Luka CHermel o'rniga Asad Sobirjonov hamda Milosh Milovich maydonga tushdi.

66. Ogohlantirish. "Navbahor". Davron Hoshimov

65. O'zgarish. "Navbahor". Oston O'runov o'rniga Jasurbek Yaxshiboev

63. ZARBA! O'runov jarima to'pidan keyin zarba berdi, to'p jonli devorga tegib qaytdi

57. ZARBA! Nurillo To'xtasinov uzoq masofadan zarba berdi, noaniq

56. ZARBA! Bu safar Abduholiqovning zarbasidan keyin Nazarov to'pni egallab oldi

55. ZARBA! Iskanderovning zarbasi kuchsiz chiqdi va Nazarov to'pni osongina ushlab oldi

52. UXXX. "Neftchi"ning hujumi, To'xtasinovning zarbasidan keyin to'p Ibrohim Yo'ldoshevning ko'kragiga tegib qaytdi!

46. Ikkinchi taym boshlandi!

46. O'zgarish. "Neftchi". Mirzohid G'ofurov o'rniga Abbos G'ulomov tushdi




45+1. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:0

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi

44. Birinchi taymda 7-raqamlilar to'qnashuvida Adhamzoda O'runovdan ustun keldi desak bo'laveradi. Eng faol o'ynagan futbolchi ham Adhamzoda!

41. QANDAY VAZIYAYAYAYAT! To'xtasinovning zarbasi himoyachiga tegib yo'nalishini o'zgartirdi, Tabatadzening deyarli bo'sh darvozaga yo'llagan zarbasidan keyin Hoshimov chiziq ustidan to'pni qaytardi!

37. UXXXX! "Neftchi"ning hujumi, Adhamzodaning chiroyli uzatmasidan keyin Turopov sherigiga uzatdi, to'pni himoyachi qaytardi, burchak to'pi mezbonlarda

34. ZARBA! Turopovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasidan keyin Yusupov to'pni ushlab oldi, oldinroq qoida buzilgan ekan

32. ZARBAA! "Neftchi"ning tezkor qarshi hujumi, Adhamzodaning o'ng qanotdan havolatib uzatgan to'pini Tabatadze boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq! 

27. ZARBA! Temurxo'ja Abduholiqovning zarbasi biroz noaniq ketdi!

19. ZARBAAAAAAA! Abror Ismoilovning uzoqdan yo'llagan zarbasini Vladimir Nazarov qaytara oldi, "Navbahor" burchak to'piga ega bo'ldi

16. "Istiqlol" stadionida anshlag! Supermuhit! 

15. ZARBAAAAAA! Yana mezbonlarning hujumi, Adhamzoda O'runovni aldab zarba berdi, yana Yusupov jamoasini qutqardi!

12. ZARBAAAAAA! "Neftchi"ning ajoyib hujumi, Adhamzodaning uzatgan to'pini Turopov boshi bilan darvozaga yo'lladi, Yusupovdan ajoyib seyv!

10. UXXXXX! G'ulom Haydar G'ulomov tashkil etgan qarshi hujumni To'xtasinov to'pni havodan jarima maydoni ichiga uzatish bilan rivojlandi, Tabatadze yaqin masofadan gol ura olmadi!

9. Uchrashuvning 10 daqiqasi ham o'tmadi, stadionda muxlislar hakamni so'kishni boshlab yuborishdi. Qaysi jamoa muxlisi ekanining farqi yo'q, so'kish bu yaxshi ish emas

2. Mezbonlarning ilk hujumi xavfli ko'rinish olib, "Neftchi" sardori Lutfullo To'raevning darvozadan 22 metrlar chamasi uzoqlikdan yo'llagan zarbasidan so'ng, to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.

1. O'YIN BOSHLANDI! 

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика