So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  1 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  17 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  2 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  18 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  17 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  18 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  52

Coca Cola Superliga. Xolmuhammedovning so'nggi soniyalarda urgan goli "Qo'qon-1912"ga "Navbahor" ustidan g'alaba keltirdi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. Xolmuhammedovning so'nggi soniyalarda urgan goli "Qo'qon-1912"ga "Navbahor" ustidan g'alaba keltirdi

Coca Cola Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi yakunlandi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.

YANGILASH


O'yin o'z nihoyasiga etdi. Xolmuhammedov "Qo'qon-1912" g'alabasini taminladi. 

90+3. GOOOOOOOOOOOOOOL! Xolmuhammedov!  Murod Xolmuhammedov penaltini muvaffaqiyatli amaga oshirdi - 0:1! 

90+2. Penalti!  Muxtorov Abduhamidovni yiqitgani uchun hakam 11 metrlik nuqtani belgiladi. 

90+1. Zarbaaa! Isoqjonovning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.  

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi. 

89. Solovyov yo'inni davom ettira oladi, "Navbahor" hujumda. 

88. "Qo'qon-1912"da 2 ta o'zgarish: Bamba o'rniga Malikjonov, Norbekov o'rniga Abduhamidov tushdi. 

87. Solovyov jarohat tufayli maydonda yotibdi.

84. Hozircha to'p nazorati "Qo'qon-1912" jamoasida. 

81. Xolmuhammedovning yon chiziqdan uzatgan to'pini "Navbahor" himoyachilari qaytarishdi. 

77. Muxtorov Ro'zievga nisbatan qo'pollik namoyish etdi. Jabrlanuvchiga tibbiy yordam ko'rsatildi.  

75. "Qo'qon-1912"da 2 ta o'zgarish: Hasanov o'rniga Azimov, Mamatxo'jaev o'rniga Xolmuhammedov tushdi. 

74. "Navbahor"da o'zgarish: SHamsitdinov o'rniga Hoshimov tushdi. 

71. SHamsitdinovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda, u o'yinni davom ettira olmadi. 

69. "Navbahor" o'yinga kiritgan burchak to'pi xavfli ko'rinish oldi, biroq Ergashev o'z vaqtida to'pga ega chiqdi. 

67. Berdiev SHamsitdinovga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi.  

66. Maydon markazida Bamba va Ahmedov to'qnashuvi, bu gal aybdor - legioner o'yinchi. 

65. "Navbahor"da o'zgarish: Pavel Golishev o'rniga Ivan Solovyov maydonga tushdi. 

64. "Qo'qon-1912" futbolchisi Muhammadanas Hasanovning yo'llagan zarbasi, Yusupov to'pni qaytardi! 

61. Har ikki klub navbati bilan hujumga intilmoqda. 

58. Bedievdan zarba! Yusupov to'pni qaytardi! 

57. "Nabvahor"da almashtirish: Bolov o'rniga O'rinboev tushirildi. 

56. Bamba jarohat olib, maydonda yotibdi, unga tibbiy yordam ko'rsatilyapti. 

54. Norbekov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi, qulay imkoniyat yuzaga kelishi mumkin edi.  

51. Norbekov qo'pollik ishlatdi va hakam tomonidan og'zaki ogohlantirildi. 

48. Uchrashuv shiddatli tarza davom etmoqda.  

46. "Navbahor"da o'zgarish: Mahmudxojiev o'rniga Isoqjonov maydonga tushdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi - 0:0. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

43. Golban Norbekovni yiqitgani bois sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

42. Ehh, Mahmudxojievga ajoyib uzatma etib keldi, biroq u to'pni yo'qotdi. 

40. Bolov Ro'zievga nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirish oldi. 

39. Norbekov birga-bir holatdan foydalana olmadi, Yusupov darvozadan o'z vaqtida chiqib kelib, to'pni egallab oldi.  

37. Uuuux! Berdievdan zarba! O'tkir Yusupovdan seyv! 

33. Bamba to'pni yo'qotdi, unga Muxtorov xalaqit qildi va xavfni bartaraf qildi. 

29. Rustamov tezligini ko'rsatib, to'p tomon intildi, ammo baribir maydonda saqlab qololmadi. 

26. Norbekov qarshi hujumda qoyilmaqom reyd namoyish etdi va Berdievga ajoyib pas berdi, u esa qulay imkoniyatni qo'ldan boy berdi.  

25. Zarba! Muhammadanas Hasanovdan zarba, ammo osmonu-falakka. 

24. Zarba! Pavel Golishevning zarbasi ancha noaniq chiqdi. 

23. Bahs keskin kurashlarga boy tarzda kechmoqda. 

21. Ruslan Bolov maydonda yotibdi, sha bois "Qo'qon-1912"ni to'p maydon tashqarisiga chiqarib yubordi, "Navbahor" to'pni qaytarib berdi, o'yin davom etadi.   

18. Muxtorov jarima zarbasidan uzatmani amalga oshirdi, darvozabon Ergashev to'pni qaytardi, ammo unga nisbatan fol ishlatildi deb topildi. 

17. Mamatxo'jaev Mahmudxojievga nisbatan ishlatgan qo'rolligi tufayli sariq kartochka oldi. 

16. Mahmudxojiev o'ng qanotda faollik ko'rsatdi va Ahmedovga pas berdi, hujum qayta tashkil etilyapti.  

14. Norbekovning "aut"dan uzatmasi, O'tkir Yusupov to'pga egalik qildi. 

12. Uuux! Turg'unboevning bosh bilan yo'llagan zarbasi xavfli chiqdi. 

11. "Navbahor" to'p bilan o'yinni nazorat qilmoqda, Golban markazda to'pdan ayrilishiga oz qoldi. 

10. Hakam Bamba va Ahmedovni oxirgi marta ogohlantirdi, keyingi qo'pollik kartochka bilan tugashi malum qilindi.

9. "Navbahor" qarshi hujumga o'tishi mumkin edi, biroq Turg'unboev to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi.  

7. Ahmedov Bambaga nisbatan qoidani buzgani uchun hakam tomonidan og'zaki ogohlantirildi. 

6. Zarba! Sardar Telyakovning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi. 

5. Aziz Turg'unboev ajoyib harakatlarni namoyish etdi. 

4. "Navbahor" qarshi hujumga o'tdi, ammo to'p yo'qotildi. 

3. "Qo'qon-1912" hujum uyushtirmoqda, Norbekov to'pni "aut"dan ichkariga uzatdi, Golban to'pni qaytardi. 

2. "Navbahor" jamoasi ustozi Andrey Kanchelskis koronavirus tufayli bugungi o'yinda jamoasiga bosh murabbiylik qila olmaydi, uning o'rniga No'mon Hasanov jamoani boshqaradi.

1. O'yin boshlandi! 

- Futbolchilar maydonga tushib kelishmoqda. 

Coca Cola Superliga, 13-tur
NAVBAHOR – QO'QON-1912 0:1

Gol: Murod Xolmuhammedov 90+3'
28 avgust 2020 yil. Toshkent. "Jar" stadioni. 18:30
Hakamlar:
Viktor Serazitdinov, Alisher Usmonov, Sanjar SHoyusupov, Ahmad Ergashev
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov

"Navbahor:
1.O'tkir Yusupov, 5.G'iyos Komilov, 7.Azim Ahmedov, 10.Aziz Turg'unboev, 18.Sardar Telyakov, 22.Igor Golban, 25.SHohruh Mahmudxojiev (11.Islom Isoqjonov, 46), 28.Xurshid Muxtorov, 33.Tohirjon SHamsitdinov (20.Davron Hoshimov, 74), 72.Pavel Golishev (9.Ivan Solovyov, 65), 88.Ruslan Bolov (95.Zabihillo O'rinboev, 57).
Zaxira: 23.Dilshod Hamroev, 27.Islom Rashidxonov, 53.Akram Bahritdinov, 70.Abbos G'ulomov.

“Qo'qon-1912”: 1.Botirali Ergashev, 3.Boburjon Akbarov, 7.SHohnazar Norbekov (19.Hamidullo Abduhamidov, 88), 9.Suhrob Berdiev, 10.Quvondiq Ro'ziev, 14.Avazxon Mamatxo'jaev (70.Murod Xolmuhammedov, 75), 15.Oybek Rustamov, 22.Muhammadanas Hasanov (13.Sardor Azimov, 75), 23.Aleksandr Merzlyakov, 33.Ivan Yosovich, 91.Yakuba Bamba (20.Iqbol Malikjonov, 80).
Zaxira: 21.Muzaffar Abdullaev, 4.Sobit Sindarov, 5.Jasurbek Yoqubov,  69.Filip Rayevac, 99.Bek Abdullaev.

Ogohlantirishlar: Avazxon Mamatxo'jaev (17), Ruslan Bolov (40)., Igor Golban (43), Suhrob Berdiev (67), Xurshid Muxtorov (90). 

Navbahor

Superliga. 13-tur

28/08/2020, 18:30

1
:
0
Tugadi

Qo’qon-1912

Murod Xolmuhamedov - 90'

45'
90'
40'  Ruslan Bolov
43'  Igor Golban
46'  SHohrux Mahmudhozhiev (Islombek Isoqjonov)
57'  Ruslan Bolov (Zabihillo O’rinboyev)
65'  Pavel Golishev (Ivan Solovyov)
74'  Tohirjon Shamsiddinov (Davron Hoshimov)
16'  Avazxon Mamatxo’jaev
57'  Suhrob Berdiyev
75'  Muhammadanas Hasanov (Sardor Azimov)
75'  Avazxon Mamatxo’jaev (Murod Xolmuhamedov)
88'  YAkuba Bamba (Iqbol Malikzhonov)
88'  Shohnazar Norbekov (Hamidullo Abduhamidov)
90'  Murod Xolmuhamedov

Foto: Tolibjon Qosimov 

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика