So’nggi yangiliklar

16:13"Атлетико"нинг ЕЧЛ доирасида "Сантьяго Бернабеу"га сафарлари статистикаси  0 15:51Футзал. Ўзбекистон кубоги. Иккинчи давра баҳслари Жиззах ва Андижонда ўтказилади  0 15:32"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини кузатмоқда  0 14:56"Арсенал" "Лилль" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  0 14:37Суперлига-2025. Жасур Ҳасанов, Суҳроб Султонов, Артём Филипосян, Александр Лобанов ҳеч қайси клуб қайдномасига кирмади   2 14:14"Атлетико" "Ливерпуль" етакчиларидан бирини ўз сафида кўрмоқчи  2 13:45Рафинья фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 13:26"Барселона" Гёкерешни қанчага сотиб олиши мумкинлиги маълум бўлди  0 12:59Вальверде - "Реал"нинг ЕЧЛда "Атлетико"га қарши ўйин қайдномасига киритилди. Хавбек мушакларидаги ноқулайлик туфайли 2 та ўйинни ўтказиб юборганди  2 12:40"Ал Ҳилол"нинг Ўзбекистон клубларига қарши ўйинлари тарихи  12 12:22"Милан" жамоа етакчиларидан бири билан шартномани 2030 йилга қадар узайтирди  0 12:18"Андижон"нинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси маълум  1 11:58"Арсенал" "Атлетико"нинг собиқ спорт директори Бертани тайинлаши мумкин. Келишув март ойида тузилиши режалаштирилган  0 11:35"Бавария" ёзда Команни 35-45 млн еврога сотмоқчи. Вингерга "Арсенал" ва Саудия клублари қизиқмоқда  1 10:52Месси? Аргентинанинг Уругвай ва Бразилияга қарши кенгайтирилган таркиби эълон қилинди  8

Coca Cola Superliga. "Paxtakor" "Lokomotiv"ni kichik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. "Paxtakor" "Lokomotiv"ni kichik hisobda mag'lub etdi

Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvi yakunlandi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi. 


LOKOMOTIV – PAXTAKOR 0:1 
Gol: Sergeev 38'
29 noyabr 2020 yil. Toshkent. "Paxtakor " stadioni. 16:15 (SPORT TV LIVE)
Hakamlar:
Viktor Serazitdinov, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, Nayim Qosimov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Bekzod Aripov.

"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 7.Kaxi Maxaradze, 8.Vadim Afonin (19.Avazbek O'lmasaliev, 69), 9.Kirill Pogrebnyak (10.Marat Bikmaev, 69), 14.Azizbek Amonov, 20.G'ulom Haydar G'ulomov, 25.Javohir Alijonov ( 77.Diyorjon Turopov, 62), 28.SHuhrat Muhammadiev (3.Jahongir Abdumo'minov, 80), 37.SHerzod Fayziev, 52.Jaloliddin Jumaboev, 80.Farruhjon Ibrohimov (26.Dilshodjon Komilov, 62).
Zaxira: 13.Rustam Nartadjiev, 4.SHahzod SHaymanov, 70.SHohjahon Qilichev.

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 4.Akramjon Komilov, 5.Anzur Ismoilov, 15.Egor Krimec, 34.Farrux Sayfiev, 21.Abror Ismoilov, 27.Sardor Sobirxo'jaev (7. Sadriddin Abdullaev, 76), 17.Dostonbek Hamdamov (23.SHerzod Azamov, 86), 10.Dragan CHeran (18. Xojimat Erkinov, 76), 9.Jaloliddin Masharipov, 11.Igor Sergeev.
Zaxira: 25.Eldor Suyunov, 8.Asadbek Sobirjonov,  28. Diyor Xolmatov, 77.Eren Derdiyok, 99.Javohir Sidiqov.


Lokomotiv

Superliga. 25-tur

29/11/2020, 16:15

1
:
0
Tugadi

Paxtakor

Igor Sergeyev - 38'

45'
90'
62'  Farrux Ibrohimov (Dilshod Komilov)
62'  Javohir Alijonov (Diyor Turopov)
69'  Kirill Pogrebnyak (Marat Bikmayev)
69'  Vadim Afonin (Avazbek O'lmasaliev)
80'  Shuhrat Muhammadiyev (Jahongir Abdumo’minov)
38'  Igor Sergeyev
76'  Sardor Sobirxo’jayev (Sadriddin Abdullayev)
76'  Dragan CHeran (Xojimat Erkinov)
86'  Dostonbek Hamdamov (Sherzod A’zamov)

YANGILASH


Bahs o'z nihoyasiga etdi. 

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

88. Darvozabon o'z o'rnini tark etgani bois Erkinov bundan foydalanmoqchi bo'ldi, ammo noaniq o'ynadi.  

86. "Paxtakor"da almashtirish: Hadmamov o'rniga Azamov tushdi. 

84. G'ulomovning uzatmasini Quvvatov egallab oldi, "Loko" vaziyat yaratishga intilmoqda. 

80. "Lokomotiv"da so'nggi o'zgarish: Muhammadiev o'rniga Abdumo'minov tushirildi. 

76." Paxtakor"da 2 ta o'zgarish: Sobirxo'jaev o'rniga Abdullaev, CHeran o'rniga Erkinov o'yinni davom ettiradi.  

74. Zarba!  CHeranning zarbasi rikoshet orqali maydonni tark etdi.  

73. Zarba!  Bu safar Maxaradze bosh bilan zarbe berdi, Quvvatov o'z o'rnida! 

72. Zarba!  Amonovning uzatmasidan keyin Bikmaev bosh bilan zarba yo'lladi, noaniq. 

69. "Lokomotiv"da 2 ta almashtirish: Pogrebnyak o'rniga Bikmaev, Afonin o'rniga O'lmasaliev tushirildi. 

66. Uuuxx! Hamdamovning havodan uzatgan to'pidan keyin Sergeev bosh bilan darvozani ishg'ol etishga urindi, ammo Jumaboev zarba yo'liga to'g'anoq bo'ldi.  

64. Jumaboevning jarimadan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi. 

62. "Lokomotiv"da 2 ta o'zgarish: Ibrohimov o'rniga Komilov, Alijonov o'rniga Turopov tushdi. 

60. Zarba! Sobirxo'jaevning zarbasidan so'ng Ilyosov to'pni qaytardi.

58. Zarba!  Sergeevning zarbasi darvozaga etib bormasdan himoyachilar tomonidan bartaraf qilindi. 

55. "Loko" to'pga egalik qilmoqda. "SHerlar" bosim uyushtirmoqdalar.

53. Zarba!  Igor Sergeevning zarbasiga aniqlik etishmadi.

52. Zarba!  Pogrebnyakning kuchsiz zarbasini Quvvatov qiyinchiliksiz egallab oldi.

50. Zarba!  Afoninning zarbasini Quvvatov qaytardi. 

49. "Paxtakor" hujumga o'tdi, CHeran markazda turgan Sergeevga aniq pas berolmadi.  

47. Qanday vaziyat! Pogrebnyak vaziyatdan unumli foydalanish o'rniga qulay poziciyaga chiqib borayotgan sherigiga pas berishga urindi, to'p yo'qotildi...  

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

43. Zarbaaa! Amonov havodan ajoyib pas uzatdi, Pogrebnyak esa yaqin masofadan bosh bilan zarba yo'lladi, zarbani Quvvatov qaytarishga erishdi!

42. Masharipov Fayzievni aldashni uddasidan chiqdi, ammo yakunda noaniq pas namoyish etdi. 

38. GOOOOOOOOOOOLLL! Igor Sergeev!  Sayfievning qoyilmaqom uzatmasidan keyin hujumchi darvozabonni aldab o'tib, o'ng oyoqda gol urdi – 0:1!  


37. Zarbaaa!  Amonovning kuchli zarbasini Quvvatov ikkinchi urinishda bo'lsa-da, egallab oldi. 

34. Qanday vaziyat! Sayfiev qo'pol xatoga yo'l qo'yib, to'pni Quvvatovga emas, Amonovga berib qo'ydi, hujumchi esa Quvvatovni dog'da qoldira olmadi va to'pni oldirdi. 

32. Zarba! Uuux!  Azizbek Amonov qulay vaziyatni ko'kka sovurdi. Uning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi. 

30. Bahs yuqori tempda kechmoqda. "Temiryo'lchilar" futbolchisi Alijonovning ajoyib harakati besamar tugadi.

27. Zarbaaa! Maxaradzening zarbasiga ozgina aniqli etishmadi, to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.  

25. G'ulomovning jarimadan uzatgan to'pini Sanjar Quvvatov mushti bilan uzoqlashtirdi. 

22. Zarba!  Javohir Alijonovning bosh bilan bergan zarbasi ancha kuchsiz chiqib qoldi. 

19. Maxaradzening pasidan keyin Pogrebnyak yaxshi vaziyatga ega bo'ldi, ammo o'yindan tashqari holat ekanligi malum qilindi. 

18. Javohir Alijonov chap qanotda faollik ko'rsatib, ikki raqibini aldab o'tdi. 

15. Zarba! Sayfiev himoyachilarni chalg'itib, zarba berdi, lekin to'p Fayzievga tegib qaytdi, qaytgan to'pga Sobirxo'jaev ega chiqdi va zarba yo'lladi, zarba yo'liga Afonin to'g'anoq bo'ldi. 

15. Sayfiev o'ng qanotdan oldinga intilgan Hamdamov tomon uzatmani amalga oshirdi, ofsayd. 

13. "Loko" to'pga egalik qilmoqda va himoyadan boshlab hujum tashkil etishga urinyapti. 

10. Afonin maydon markazida Sobirxo'jaevga nisbatan qo'pollik ishlatdi va hakam tomonidan og'zaki ogohlantirildi. 

8. Zarba!  Masharipovning chamasi 15 metrdan erlatib yo'llagan zarbasini Ilyosov qaytara oldi. 

6. "Loko" hujumda to'pni yo'qotdi, mezbonlar qarshi hujumga o'tishdi.  Sergeevning zarbasini Ilyosov qaytardi. 

4. Hamdamov yana bir bor Sergeevni pas bilan taminladi, bu gal ham o'yindan tashqari holat qayd etildi. 

2. Dostonbek Hamdamov Igor Sergeevni birga-bir holatga olib chiquvchi pasni berdi, ammo forvard ofsaydda qolib ketgandi.

1. O'yin boshlandi! 


"Paxtakor" futbolchilari Maradona xotirasi sharafiga uning nomi tushirilgan liboslarda chiqib kelishmoqda.

- Uchrashuv soat 16:15 da boshlanadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика