So’nggi yangiliklar

23:03Испания Суперкубоги. "Барселона" – "Атлетик". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  1 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинга такрорланмайди деб умид қиламан"  10 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  5 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  95 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  3 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  4 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9

Coca Cola Superliga. "Bunyodkor" - "So'g'diyona" o'yinida jangovar durang qayd etildi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. "Bunyodkor" - "So'g'diyona" o'yinida jangovar durang qayd etildi

Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "So'g'diyona" uchrashuvi yakunlandi.

8 aprel, payshanba
BUNYODKOR – SO'G'DIYONA - 2:2

Gollar: Norxonov 17, To'xtasinov 42, Nomanov 44, G'iyosov 45+5.
Hakamlar
: Ilgiz Tantashev, Andrey Capenko, Timur Gaynulin, Alisher To'xtasinov
Nazoratchi: Igor Nexochin
VAR hakami: Elyor Tursunov
VAR assistentlari: Jahongir Saidov, Alisher Usmonov
VAR nazoratchisi: Farhod Abdullaev
Operator: SHerali Janaliev
Texnik mutaxassis: Otabek Sodiqov
Komissar: Sardor Qudratullaev

"Bunyodkor": 1.Ravshan Yagudin, 4.Davronjon Ergashev, 8.Sanjar Rashidov (9.Farrux Ikromov 66), 10.Xurshid G'iyosov, 13.Lutfulla To'raev, 14.Mirjahon Mirahmadov, 17.Odiljon Abdurahmonov (22.SHahboz Erkinov 82), 19.Nurillo To'xtasinov, 30.Abdulla Abdullaev, 34.Suhrob Izzatov (11.Rasul Yo'ldoshev, 46), 37.Muhammadodil Qahramonov.
Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Sunnatilla Abdullajonov, 35.Ibrohim Ibragimov.

"So'g'diyona": 1.SHirinboy Abdullaev, 4.Elyor Oripov, 5.Ayubxon Nomanov, 6.Iskandar SHaykulov (8.Jamshid Boltaboev 51), 7.Arslanmirat Amanov 77.Sahob Rashidov 51), 10.SHohruz Norxonov (17.SHahboz Jo'rabekov 88), 11.Jasur Hasanov, 28.Ergash Ismoilov, 31.Luke CHermel, 63.Asiljon Begimqulov, 93.Marko Kolakovich.
Zaxira: 37.Alisher Pirmatov, 2.Sardor Qulmatov, 9.Oybek Nurmatov, 20.Bahodir Nasimov. 

Ogohlantirishlar: Begimqulov 49, Norxonov 62, Oripov 74, Ergashev 90+5.


YANGILASH


O'YIN TUGADI! 

90+5. Davronjon Ergashev so'nggi daqiqalarda raqib darvozaboniga halal bergani uchun sariq kartochka ishlab oldi. 

90+4. "Bunyodkor" so'nggi daqiqalarda faol.  

90. Hakam ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar sabab to'rt daqiqa vaqt qo'shib berdi. 

88. Norxonov o'rniga Jo'rabekov maydonga tushdi. 

86. Jamshid Boltaboevning uzoqdan bergan zarbasini Yagudin egallab oldi. 

82. Odiljon Abduraxmonov o'rniga SHahboz Erkinov o'yinni tugatib qo'yadi. 

74. Elyor Oripov o'yin qoidasini buzgani uchun ogohlantirildi. 

74. "Qaldirg'ochlar" cha qanot orqali hujum qilishdi. Ammo bu samara bermadi.

69. "So'g'diyona" nisbatan faollashgan. 

66. "Bunyodkor" tarkibida Sanjar Rashidov o'rniga Farrux Ikromov o'yinni davom ettiradi. 

62. Norxonov xavfli o'yin uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 

59. Mezbonlar oldinga o'tishmoqda.

53. Sahob Rashidov raqib jarima maydoni ichida yiqildi. Yaxshi urinish. Ammo penalti yo'q!

51. Arslanmirat Amanov o'rniga Sahob Rashidov, Iskandar SHaykulov o'rniga Jamshid Boltaboev maydonga tushdi.

49. Asil Begimqulovga sariq kartochka.

47. Mezbonlar faollik bilan boshlashdi ikkinchi taymni.

46. "Bunyodkor"da o'zgarish. Suhrob Izzatov o'rniga Rasul Yo'ldoshev maydonga tushdi.

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

TANAFFUS!



45+5. GOOOL! Xurshid G'iyosov penaltini aniq amalga oshirdi va hisobni tenglashtirdi - 2:2!

45+3. "Bunyodkor" penalti tepadi. 

45+2. "Bunyodkor" futbolchisiga nisbatan jarima maydonchasi ichida o'yin qoidasi buzildi. Hakam VARga murojaat qilmoqda.

45. Hakam birinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 2 daqiqa vaqt qo'yib berdi. 



44. GOOOL! Yana bir supergol! Bu safar "So'g'diyona" futbolchisi Ayubxan Nomanovning uzoqdan bergan zarbasi jizzaxliklarni hisobda oldinga olib chiqdi - 1:2!


42. GOOOL! Nurillo To'xtasinovdan chap oyoqdagi ajoyib gol! U chamasi 25 metrdan raqib darvozasini ishg'ol qilib, hisobni tenglashtirdi - 1:1!

40. "So'g'diyona"dan navbatdagi hujum. Ammo pas noaniq etkazib berildi. 

37. SHohruzning uzoqdan bergan zarbasi noaniq. 

34. Norxonovga nisbatan o'yin qoidasini buzishdi. 

29. Mezbonlar oldinga o'tishmoqda.

25. "Bunyodkor" futbolchilarida ajoyib imkoniyat yuzaga keldi. Mirahmadovning ajoyib pasidan so'ng Xurshid G'iyosov to'pni darvozaga yo'lladi. Ammo uning zarbasi biroz noaniq chiqdi. Vaziyatni golga aylantiradigan mezbon futbolchi topilmadi. 

21. "So'g'diyona" futbolchisi Iskandar SHaykulovdan xavfli zarbaaaa! Biroz noaniq...



17. GOOOL! Jasur Hasanovning burchakdan oshirgan to'pidan keyin SHohruz Norxonov barchadan baland sakradi va hisobni ochdi!


17. Jasur Hasanov birgina pas orqali jamoadoshini qulay vaziyatga olib chiqishi mumkin edi.

9. O'yin tempi past.

5. Maydon markazida To'raevga nisbatan o'yin qoidasi buzildi. 

3. "So'g'diyona" futbolchilari oldinga o'tishmoqda. 


 

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика