So’nggi yangiliklar

07:56Қўқондаги «Марказий» стадиондаги қурилиш ишлари қандай кетмоқда?  2 07:25Бугун Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Осиё кубогидаги юришини бошлайди  3 02:55ЕЧЛ. "Бавария" меҳмонда ғалаба қозонди, "Милан" эса мағлуб бўлди  17 02:45АПЛ. "Ливерпуль" Мерсисайд дербисида сўнгги дақиқаларда ғалабани бой берди  20 01:06"Арсенал" етакчиларидан бири билан шартномани узайтирмоқчи  1 00:39ЕЧЛ. "Брюгге" 90+4 дақиқада урилган гол эвазига дастлабки ўйинда "Аталанта"дан устун келди  9 00:07"Реал" ва "Манчестер Юнайтед" Лукеба учун курашади  1 23:08Кунденинг 2022 йилги трансфери сабаб "Барса"ни судга беришди. Агент унга 3 млн евро тўламаганликларини таъкидламоқда  3 22:36"Челси" "Атлетико" футболчиси учун 70 млн евро таклиф қилишга тайёр  0 22:06Кай Хаверц мавсум сўнггига қадар сафдан чиқди  3 21:24Назорат ўйини. "Бухоро" Туркияда Қозоғистон жамоаси билан жанговар дуранг ўйнади  3 20:57Назорат ўйин. ОКМК Туркияда Грузия жамоаси билан жанговар дуранг ўйнади  1 20:20Деку: "Манчестер Сити" 200 млн евро сарфлади, аммо "Барселона" бунга қодир эмас"  29 19:47ЎФА навбатдан ташқари сайлов Конгресси 22 февраль куни бўлиб ўтади  8 19:28U-17 Antalya Youth Cup. Ўзбекистон U-17 марокашлик тенгқурларига мағлуб бўлди  18

Coca Cola Superliga. "Bunyodkor" 10 kishi bo'lib "Andijon"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. "Bunyodkor" 10 kishi bo'lib "Andijon"ni mag'lub etdi

Teglar :  Andijon Bunyodkor
Coca Cola Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin.



Coca Cola Superliga, 3-tur
BUNYODKOR – ANDIJON 3:1
20 mart 2021 yil. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 18:30
Hakamlar:
Firdavs Norsafarov, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, SHohruh Qayumov
Nazoratchi: Vladislav Ceytlin
VAR hakami: Akobirxo'ja SHukurullaev
VAR assistentlari: Timur Galeev, Kristina Sereda
VAR nazoratchi: Farhod Abdullaev
VAR operatori: SHerali Janaliev
Komissar: SHohruh Said

Gollar: SHahboz Erkinov 13, - 1:0 (Davronjon Ergashev). Xurshid G'iyosov 62 penalti, - 2:0. Usmonali Ismonaliev 76, - 2:1 (Doniyor Abdumannopov). Mirjahon Mirahmadov 85, - 3:1.

"Bunyodkor": 1. Ravshan Yagudin, 4. Davronjon Ergashev, 7. Sunnatilla Abdullajonov (11.Rasul Yo'ldoshev, 88), 10. Xurshid G'iyosov (9. Farrux Ikromov, 81), 13. Lutfulla To'raev, 17. Odiljon Abdurahmonov, 19. Nurillo To'xtasinov, 22. SHahboz Erkinov (14. Mirjahon Mirahmadov, 72), 30. Abdulla Abdullaev, 37. Muhammadodil Qahramonov, 49. Ibrohim Tomiva.
Zaxira: 71. Sarvar Karimov, 6. Avazbek O'lmasaliev, 8. Sanjar Rashidov, 34. Suhrob Izzatov.

"Andijon": 1.Nizomiddin Ziyovutdinov, 4.Usmonali Ismonaliev, 6.Ibrohim Otaxonov, 7.Martin Boaki, 9.Kamron Saydazimov (11.Abdulhay Ismoilov, 54), 10.Jasur Jaloliddinov, 28.Sunnatillo Hamidjonov, 33.Doniyor Abdumannopov, 49.Plamen Dimov, 70.Diyor Rahimqulov (17.Farhod Sohibjonov, 87), 77.Muhammad Isaev (14.Doniyor Ismoilov, 46).
Zaxira: 32.Javohir Qilichev, 2.Kamron Nadjafaliev, 3.Edgar Bernxardt, 8.Baxtiyor Qosimov, . 

Ogohlantirishlar: Ibrohim Otaxonov 22, SHahboz Erkinov 29, Lutfulla To'raev 43, Doniyor Ismoilov 46, Odiljon Abdurahmonov 69,

CHetlatish: Ibrohim Tomiva 37.



YANGILASH



90+7. O'yin tugadi. "Bunyodkor" - "Andijon" 3:1

90+6. Bosh hakam VAR dan so'ng penaltini bekor qildi!

90+4. Bosh hakam Firdavs Norsafarov VAR'ga murojaat qilmoqda 

90+3. PENALTI! "Andijon" darvozasi tomon. Muhammadodil Qahramonov yiqitildi deb topdi bosh hakam 

90+1. ZARBAA! Abdulhay Ismoilovning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi himoyachiga tegib qaytdi

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi

90. ZARBAAAAA! Jasur Jaloliddinovning jarimadan yo'llagan aniq zarbasidan keyin to'pni Yagudin qaytardi! 

88. O'zgarish. "Bunyodkor". Sunnatilla Abdullajonov o'rniga Rasul Yo'ldoshev tushdi

87. O'zgarish. "Andijon". Diyor Rahimqulov o'rniga Farhod Sohibjonov tushdi

85. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MIRJAHON MIRAHMADOV 3:1! To'xtasinov-Abdurahmonov kombinaciyasidan keyin Mirahmadov birga bir vaziyatda gol urdi. 




81. O'zgarish. "Bunyodkor". Xurshid G'iyosov o'rniga Farrux Ikromov

78. To'xtasinovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi darvozabonga sovg'a bo'ldi

76. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! USMONALI ISMONALIEV 2:1. Burchak to'pidan keyin Abdumannopov boshi bilan uzatgan to'pni Usmonali darvozaga yo'lladi. 




75. ZARBAAAAAAAAA! Doniyor Ismoilovning jarimadan yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng Yagudin to'pni qaytardi! 

73. UXXX! "Andijon"ning hujumi vaqtida to'p himoyachining qo'liga tegdi, hakam ham, VAR ham bu vaziyatda jarima to'pi belgilash uchun asos yo'q deb topdi

72. O'zgarish. "Bunyodkor". SHahboz Erkinov o'rniga Mirjahon Mirahmadov

69. Ogohlantirish. "Bunyodkor". Jasur Jaloliddinov

62. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Xurshid G'iyosov penaltidan gol urdi - 2:0.



61. PENALTI! Xurshid G'iyosov raqib jarima maydoni ichida yiqildi va bosh hakam penalti belgiladi! 

58. Xavfli vaziyat! Martin Boaki jarima maydoni ichiga kirib zarba bera olmadi!

56. ZARBAAAAA! Lutfulla To'raev jarima to'pini amalga oshirdi, to'p ustun yonginasidan o'tib ketdi!

54. O'zgarish. "Andijon". Saydazimov o'rniga Abdulhay Ismoilov tushdi

53. ZARBA! "Bunyodkor"da jarima to'pi, Davronjon Ergashevning erlatib yo'llagan zarbasi ustun yonidan o'tib ketdi

50. Xurshid G'iyosovning jarima maydonchasi ichidan yo'llagan zarbasini Ziyovutdinov osonlik bilan egallab oldi.

46. Ogohlantirish. "Andijon". Doniyor Ismoilov

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. "Andijon". Isaev o'rniga Doniyor Ismoilov tushdi



45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45. ZARBAAAAAA! Diyor Rahimqulovning zarbasini Yagubin ushlab oldi

43. Ogohlantirish. "Bunyodkor". Lutfulla To'raev

43. UXXXX! Yagudin to'pni ushlab oldi bu vaziyatda bosh hakam Qahramonov to'pni darvozabonga atayin uzatgan deb topdi, jarima maydoni ichidan erkin zarba 

40. ZARBAAAAAAAAAAA! Kamron Saydazimov jarima to'pidan to'pni darvozaga yo'lladi, Yagudindan ajoyib seyv!

37. QIZIL KARTOCHKA! "Bunyodkor". Ibrohim Tomiva. U Diyor Rahimqulovga nisbatan juda qo'pol o'ynagandi



34. Hozirga qadar mezbonlar 3ta aniq zarba berishdi, mehmonlarda hozircha aniq zarba yo'q

30. ZARBAAAA! Isaevning o'ng qanotdan uzatgan to'pidan so'ng Kamron Saydazimov darvozaga zarba berdi, aaanchagina noaniq!

29. Ogohlantirish. "Bunyodkor". SHahboz Erkinov

27. Jasur Jaloliddinovga nisbatan qopollik ishlatildi. Mehmonlarda jarima to'pi

26. Yomg'irning tezligi pasayotgani yo'q

22. Ogohlantirish. "Andijon". Ibrohim Otaxonov

20. Jasur Jaloliddinovning uzatmasidan so'ng Martin Boake raqib jarima maydonchasi ichiga kirib bordi. Ammo raqib ximoyachisi qarshilik ko'rsatib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

19. Martin Boakening bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi.


13. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHAHBOZ ERKINOV 1:0. Burchak to'pidan keyin Ergashev uzatgan to'pni Erkinov yaqin masofadan darvozani ishg'ol qildi! 





12. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA! "Bunyodkor"ning hujumi, Davronjon Ergashevning yaqin masofadan yo'llagan zarbasidan keyin to'pni Martin Boaki darvoza chizig'i ustidan qaytardi! Qaytgan to'pni G'iyosov darvozaga yo'lladi, to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi

8. Xavfli vaziyat! Yana mezbonlardan hujum, Abdullajonov chap tomondan to'pni sheriklariga uzatdi, yana Erkinov to'pga eta olmadi 

6. Xavfli vaziyat! Tomiva o'ng qanotdan erlatib to'pni jarima maydoniga uzatdi, Erkinov to'pga ulgurmadi, G'iyosovning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi!

4. Mezbonlarda burchak to'pi, G'iyosov uzatgan to'pga Tomiva eta olmadi

 1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика