Coca Cola Superliga. Bugun "Turon" debyut qiladi, Qarshida "Nasaf" va "Paxtakor" to'qnashuvi, "Bunyodkor" stadionida "gazchilar" derbisi
10 mar 2021 07:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/624345_original.jpg)
![](/upload/storage/624345_220.jpg)
Coca Cola Superliga. Bugun "Turon" debyut qiladi, Qarshida "Nasaf" va "Paxtakor" to'qnashuvi, "Bunyodkor" stadionida "gazchilar" derbisi
TURON – QO'QON-1912
10 mart 2021 yil. Yaypan. "O'zbekiston" stadioni. 16:15 (Sport tv LIVE)
Hakamlar: Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Jahongir Rahmatullaev
Superliga debyutanti Yaypanning "Turon" klubi elitadagi dastlabki rasmiy uchrashuvni "Qo'qon-1912"ga qarshi o'tkazadi. Tabiiyki bu jamoalar O'zbekiston chempionatida o'zaro o'yin o'tkazishmagan.
Turon Jasur Hakimov - 50' |
Superliga. 1-tur 10/03/2021, 16:15 2
:
1
Tugadi
|
Qo’qon-1912 Mo'min Meliev - 39', Murod Xolmuhamedov - 64' |
NASAF – PAXTAKOR
10 mart 2021 yil. Qarshi. "Markaziy" stadion. 18:30 (Sport tv LIVE)
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Capenko, Husniddin SHodmonov, Ilya Ilin
Nazoratchi: Marat Ismoilov
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR assistent: Jahongir Saidov
VAR nazoratchi: Farhod Abdullaev
Operator: SHoxruz Xo'jaev
Komissar: Zohirjon Akramxonov
O'zbekiston Superligasida rasmiy tarzda VAR ishlatiladigan tarixiy birinchi o'yin.
Bu klublar hozirga qadar O'zbekiston chempionati doirasida 48 marta o'zaro to'qnash kelishgan. 28 marta "sherlar", 10 marta "ajdarlar" g'olib bo'lishgan. Qolgan 10ta o'yinda g'olib aniqlanmagan. "Paxtakor" 74 bor raqib darvozasiga gol urgan, "Nasaf" hisobida esa 44ta gol mavjud.
O'tgan mavsum Qarshida o'tgan bahsda "Nasaf" bu raqibni 3:0 hisobida taslim qilgandi. Yaqinda Samarqandda o'tgan Superkubok uchun o'yinda esa "Paxtakor" g'olib bo'ldi - 1:0.
Nasaf SHohmalik Komilov - 35', Shokir Yo'ldoshev - 61', Akmal Mozgovoy - 80' |
Superliga. 1-tur 10/03/2021, 18:30 3
:
2
Tugadi
|
Paxtakor Sardor Rashidov - 72', Ibrohimhalil Yo'ldoshev - 87' |
BUNYODKOR – MASH'AL
10 mart 2021 yil. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 18:30 (Dunyo Bo'ylab tv LIVE)
Hakamlar: Rustam Lutfullin, Aleksandr Sidorov, Timur Galeev, To'rabek Suyunov
Nazoratchi: Ravil SHayaxmitov
Komissar: Laziz Qo'chqorov
"Bunyodkor" va "Mashal" klublari O'zbekiston chempionatida bugunga qadar 22 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Natijalar "qaldirg'ochlar"ning kattagina ustunligini ko'rsatmoqda. 18ta bahsda Toshkent klubi 3 ochko sohibi bo'lgan. Ikkita uchrashuvda durang kuzatilgan va yana ikkita bahsda "Mashal" ushbu raqibni taslim qilgan. "Bunyodkor" o'zaro o'yinlarda 44ta gol urgan va 7ta gol o'tkazib yuborgan.
Toshkentdagi 11ta uchrashuvda "Mashal" faqat bir marta durang o'ynagan (2016 yil) va 10 bor mag'lub bo'lgan. Bu o'yinlarda Muborak klubi atigi 1 marta "Bunyodkor" darvozasini ishg'ol qilgan (2014 yil).
Bunyodkor Ibrohim Tomiva - 49' |
Superliga. 1-tur 10/03/2021, 18:30 0
:
1
Tugadi
|
Mash’al |
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar