So’nggi yangiliklar

02:54ШОМУРОДОООООВВВВ!! Элдорнинг голи "Рома"га ғалаба келтирди!  58 00:55Конференциялар лигаси. "Челси" Данияда ғалаба қозонди, "Бетис"дан дуранг  0 00:40Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" дуранг ўйнади, "Тоттенхэм" ютқазди ва бошқа натижалар  11 00:18Гвардиола ПСЖ футболчисини "нишонга олган"  0 23:40"Челси" футболчиси жароҳат олди  0 23:17Дани Алвесни судга беришди  1 22:50Фонсека: "Адолатсизлик"  1 22:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  5 21:35ТАРИХ ЯРАТИЛДИ! Абдуқодир Ҳусанов ой футболчиси!  45 21:15Жаҳон чемпионатида иштирокчилар сони янада оширилиши мумкин!  21 20:42Моуринью: "Мени дисквалификация қилганлар "Галатасарой" либосида буни нишонлади"  6 20:23А Серияда ойнинг энг яхши футболчиси маълум қилинди  3 19:58Ўзбекистон футзал федерацияси расмий ҳомийси эълон қилинди  1 19:33"Бавария" Нойер жароҳати борасида расмий хабар берди  3 19:28"Барселона" Ансу Фати билан келишувга эришди  8

Superliga. Xebay "Andijon"ga "Paxtakor" ustidan g'alaba keltirdi Yangiliklar

Superliga. Xebay "Andijon"ga "Paxtakor" ustidan g'alaba keltirdi

Coca Cola Superligasi 21-turi doirasidagi "Andijon" – "Paxtakor" bahsi yakuniga etdi.

Coca Cola Superligasi

21-tur

Andijon

Rubin Xebay - 84'

Superliga. 21-tur

08/10/2023, 17:00

0
:
1
Tugadi

Paxtakor

45'
90'
67'  Farhod Bekmurodov (Levan Arveladze)
81'  Armin Boshnyak (Farhod Sohibjonov)
81'  Ilhom Abdug’aniev (Suhrob Berdiyev)
81'  Sardor Azimov (Sardor Abdunabiev)
84'  Rubin Xebay
90'  Rubin Xebay (Shahboz Erkinov)
21'  Dostonbek Hamdamov
44'  SHahzod Azmiddinov
66'  Dostonbek Hamdamov (Dilshod Saitov)
84'  Pshemislav Banashak (Behruz Asqarov)
84'  Sardor Sobirxo’jayev (Muhammadali O'rinboyev)

"Andijon" – "Paxtakor" 1:0 

Andijon. "Bobur Arena". 17:00

Gol: Rubin Xebay (Sardor Abdunabiev) 84'

Bosh hakam: Komiljon Rasulov

Yordamchi hakamlar: Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin

Zaxira hakami: Doston Mirzaraimov

VAR: Ilgiz Tantashev

AVAR: SHohruh Azamov

Nazoratchi: Jahongir Saidov

Komissar: Bekzod Aripov.

"Andijon": 72.Igor Litovka, 5.Abdulvohid G'ulomov, 8.Farhod Bekmuratov (9.Levan Arveladze, 67), 10.Ilhom Abdug'aniev (19.Suhrob Berdiev, 81), 13.Sardor Azimov (11.Sardor Abdunabiev, 81), 15.Vladimir Bubanya, 26.Muhammadkarim Toirov, 28.Islom Mamatkazin, 66.Ilhom Alijonov, 94.Armin Boshnyak (17.Farhodjon Sohibjonov, 81), 99.Rubin Xebay (22.SHahboz Erkinov, 90+6).

Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 14.Abdurahmon Komilov, 21.Ildar Mamatkazin, 95.Abbos Egashboev.

"Paxtakor": 36.Pavel Pavlyuchenko, 3.Hojiakbar Alijonov, 30.Metyu Stinvorden, 88.SHahzod Azmiddinov, 34.Farruh Sayfiev, 7.Odil Hamrobekov, 27.Sardor Sobirxo'jaev (6.Muhammadali O'rinboev, 84), 17.Dostonbek Hamdamov (77.Dilshod Saitov, 66), 28.Diyor Xolmatov, 11.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 19.Pshemislav Banashak (2.Behruz Asqarov, 84).

Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Doston Tursunov, 9.Mixal Kuxarchik, 23.SHerzod Azamov, 40.Kimi Merk.

Ogohlantirishlar: Dostonbek Hamdamov (21), SHahzod Azmiddinov (44).

Matnli translyaciya

Yangilash



BAHS YAKUNLANDI! "ANDIJON" O'Z UYIDA "PAXTAKOR" USTIDAN MINIMAL G'ALABAGA ERISHDI. 

90+6. "Andijon"da o'zgarish: Xebay o'rniga Erkinov tushdi.

90. Ikkinchi taymga 6 daqiqa qo'shildi. 

88. "Paxtakor" bor kuchi bilan oldinga tashlanmoqda. 

84. "Paxtakor"da 2 ta almashtirish: Banashak o'rniga Asqarov, Sobirxo'jaev o'rninga O'rinboev maydonga tushdi. 

84. GOL! Ruben Xebaydan super gol! Hujumchi uzoq masofadan to'p kiritib, hisobni ochdi – 1:0! 

81. "Andijon"da 3 ta o'zgarish: Boshnyak o'rniga Sohibjonov, Abdug'aniev o'rniga Berdiev, Azimov o'rniga Abdunabiev bahsni davom ettiradi. 

77. Uuuux! Ilhom Abdug'anievning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi – to'p to'sin ustidan o'tib ketdi.

74. Uuuux! Dahshat! Ilhom Abdug'anievning zarbasini posbon qaytardi, o'ng qanotda qaytgan to'pga egalik qilgan Sardor Azimov esa darvozani poylashdi adashdi – zarbasi kuchli, ammo noaniq chiqdi. 

73. Xolmatov-Alijonov kombinaciyasi yakunda jamoaga burchak to'pi keltirdi. Xolmatovning burchakdan oshirgan pasidan so'ng esa Stinvorden bosh bilan noaniq zarba yo'lladi. 

70. Zarba! Saitovning uzatmasidan so'ng Banashak darvozani ishg'ol etishga urindi, uning zarbasi noaniq chiqdi.

67. "Andijon"da almashtirish: Bekmuratov o'rniga Arveladze o'yinga qo'shildi.

66. "Paxtakor"da o'zgarish: Hamdamov o'rniga Saitov tushdi.

65. Zarba! Xebayning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegdi, qaytgan to'p ham Xebayga kelib tushdi va uning navbatdagi zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.  

64. Rubin Xebayga nisbatana qo'pollik ishlatildi va jarima zarbasi belgilandi.

63. Uuuux! "Paxtakor" himoyachilaridan qaytgan to'pni Ilhom Abdug'aniev to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, sal noaniq. 

62. Armin Boshnyakning uzatmasidan keyin to'p Hojiakbar Alijonovga tegdi, korner. 

58. "Paxtakor" hujumga o'tdi. Po'latxo'ja Xoldorxonov jarima maydonchasi ichida zarba yo'lladi, to'p yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi. 

56. Hammasi joyida ekan. Davom etamiz. 

55. Bosh hakam VAR monitoriga yo'l oldi.

53. O'yin to'xtab turibdi. Hakam VAR'ga quloq solmoqda. "Paxtakor" jarima maydonchasi ichida qoida buzilgan bo'lishi mumkin. 

50. "Andijon" hujum uyushtirish, "Paxtakor" esa himoyalanish bilan band. 

46. Ikkinchi taym boshlandi!

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus! 

45+2. Zarbaaa! Hojikabar Alijonovning kuchli zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi, aks holda darvozabonga qiyin bo'lardi. 

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

44. SHahzod Azmiddinov sariq kartochka oldi, jarima to'pi. 

40. Diyor Xolmatovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng to'p hech kimga tegmasdan, maydondan chiqib ketdi.  

34. "Andijon" jarima to'pini o'yinga kiritgach, Islom Mamatkazin bosh bilan darvozani nishonga olishga harakat qildi, noaniq.  

29. Zarbaaaa! Armin Boshnyakning qanotdan yo'llagan kuchli zarbasini Pavel Pavlyuchenko qaytardi! 

24. Qanday zarba! Qanday seyv! Farruh Sayfievning qanotdan uzatgan pasidan so'ng Dostonbe Hamdamov darvoza tomon zarba berdi, uni Litovka qaytarishga erishdi! 

21. Dostonbek Hamdamov qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi. 

20. Zarba! Ilhom Abdug'anievning olisdan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi. 

17. "Andijon" hujum tashkil etishga urinmoqda, ammo pas berishda xatoliklar ko'p. 

15. Armin Boshnyak birga-bir holatga chiqib borib, zarba yo'llay oldi, ammo u o'yindan tashqari holatda qolgan ekan.  

13. Sardor Azimov "sherlar"ning ikki futbolchisini chiroyli aldadi va sherigiga pas berdi, keyinroq "Andijon" to'pni yo'qotib qo'ydi. 

11. Uuuux! "Paxtakor"ning kombinacion hujumi keskin tus oldi – yakunda Dostonbek Hamdamovning zarbasiga aniqlik etishmadi, to'p pastki chap burchakka yo'naltirilgandi. 

8. Po'latxo'ja Xoldorxonov hujum chog'ida Igor Litovkaga nisbatan qoidani buzdi. 

6. Zarbaaa! Dostonbek Hamdamov o'ng qanotdan ichkariga kirib borishga urindi va kutilmaganda chap oyoqda zarba yo'lladi, to'p himoyachilarga tegib, maydonni tark etdi. 

5. "Andijon" muxlislari o'yin boshlanganidan beri tinchigani yo'q. Ular turli shiorlar ostida o'z suyuklilarini oldinga boshlashmoqda. 

3. O'yin bir muddatga to'xtatildi, maydon chetidagi qog'ozlar yig'ishtirilmoqda. 

1. Uchrashuvga start berildi! 

- Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda. Bugungi baxs TVda ko'rsatilmaydi. SHunday ekan, telefoningizni quvvatlab oling va saytimizdan uzoqlashmang.

- O'yin 17:00 da start oladi.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика