So’nggi yangiliklar

09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  0 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  7 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  2 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  24

Coca Cola Superliga. "Bunyodkor" 10 kishi bo'lib Andijonda durang o'ynadi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. "Bunyodkor" 10 kishi bo'lib Andijonda durang o'ynadi

Coca Cola Superligasining 7-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Coca Cola Superliga. 7-tur
1 iyul, chorshanba
19:00 - ANDIJON – BUNYODKOR 0:0 
Hakamlar:
SHavkat Nasibullaev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Doston Mirzaraimov
Nazoratchi: G'ayrat Karimov
Komissar: Erkin Baxtiyorov 

"Andijon": 71.Islombek Abdullaev, 4.Farhod Mirahmatov, 7.Jamshid Hasanov (27.Muhammad Yo'ldoshev, 90), 8.Farhod Bekmuratov , 9.Emmanuel Arivchukvu, 14.Mishel Ibe, 17.Abdullo Olimov (25.Qahramon Bahodirov, 72), 22.Usmonali Ismonaliev (11.Siroj Meliev, 72), 23.Timur Usmonov (10.Artyom Litvyakov, 78), 77.Jahongir Abdumo'minov (5.Xushnudbek Avilov, 78), 88.Dmitro Zozulya.
Zaxira: 1.Aslonbek Ahrorov, 3.Azamat Isroilov, 6.Baxtiyorjon Qosimov, 70. Nodir Mavlonov.

"Bunyodkor": 71.Sarvar Karimov, 3.Islom Qobilov, 5.Ibrohimhalil Yuldashev, 8.Jasur Jaloliddinov (49.Farrux Ikromov, 64), 11.Rasul Yo'ldoshev, 13.Lutfulla To'raev, 17.Sanjar Qodirqulov (34.Suhrob Izzatov, 83), 19.Nurillo To'xtasinov, 30.Abdulla Abdullaev, 77.Selim Nurmuradov (6.Anvar G'ofurov, 64), 90.SHahboz Erkinov (92.Humoyun Murtazoev, 83).
Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 21.G'ulom-Haydar G'ulomov, 24.Bahodir Pardaev, 37.Muhammadodil Qahramonov.

Ogohlantirishlar: Nurillo To'xtasinov 39, Jamshid Hasanov 40, Farhod Bekmurotov 73, Ibrohimhalil Yuldashev 85, Lutfulla To'raev 85.

CHetlatish: Nurillo To'xtasinov 59 (2SK)


Andijon

Superliga. 7-tur

01/07/2020, 19:00

0
:
0
Tugadi

Bunyodkor

45'
90'
40'  Jamshid Hasanov
72'  Usmonali Ismonaliev (Siroj Meliyev)
72'  Abdullo Olimov (Qahramon Bahodirov)
73'  Farhod Bekmurodov
78'  Jahongir Abdumo’minov (Xushnudbek Avilov)
78'  Temur Usmonov (Artyom Litvyakov)
90'  Jamshid Hasanov (Muhammadali YUldashev)
39'  Nurillo To'xtasinov
58'  Nurillo To'xtasinov
64'  Selim Nurmuradov (Anvar G’ofurov)
64'  ZHasur ZHaloliddinov (Farrux Ikromov)
83'  Shahboz Erkinov (Humoyun Murtozaev)
83'  Sanzhar Qodirqulov (Suhrob Izzatov)
85'  Ibrohimhalil Yo'ldoshev
85'  Lutfulla To’rayev


Ushbu sahifada o'yinning eng asosiy vaziyatlarini kuzatib borish mumkin.

YANGILASH



90+4. Uchrashuv tugadi. 0:0

90+2. UXXXXXXXXXXXX! O'ng qanotdan uzatilgan to'pga Murtozaev eta olmadi! 

90. Jamshid Hasanov o'z o'rnini Muhammad Yuldashevga bo'shatib berdi

89. ZARBAAAAAAAAA! Jamshid Hasanov deyarli birga bir vaziyatga chiqib bordi va kuchsiz zarba berdi, Sarvar Karimov o'z o'rnida

85. Ogohlantirishlar. "Bunyodkor". Ibrohimhalil Yuldashev va Lutfulla To'raev

84. Zozulya darvoz tomon kelayotgan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to'pidan naf chiqmadi

83. O'zgarishlar. "Bunyodkor". Erkinov va Qodirqulov o'rniga Murtozaev va Izzatov tushdi

78. O'zgarishlar. "Andijon". Usmonov va Abdumo'minov o'rniga Litvyakov va Avilov tushdi

78. ZARBAAA! SHahboz Erkinovning kuchli zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi, xavfli edi zarba! 

73. Ogohlantirish. "Andijon". Bekmuratov raqibiga nisbatan qo'pollik qilgani uchun ogohlantirildi

72. O'zgarishlar. "Andijon". Usmonali Ismonaliev va Abdulloh Olimov o'rniga Siroj Meliev va Bahodirov maydonga tushdi

72. ZARBA! Yo'ldoshev uzoq masofadan darvozani nishonga oldi, noaniq.

70. Olimovning yo'llagan kuchli zarbasini Emmanuel na raqib darvozasiga yo'lladi, na sheriklariga uzatdi.

67. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHahboz Erkinov gol urdi, ammo u o'yindan tashqari holatda edi

64. O'zgarishlar. "Bunyodkor". Nurmurodov va Jaloliddinov o'rniga G'ofurov va Ikromov tushdi

63. ZARBA! CHap qanotdan oshirilgan to'pni Abdullo Olimov boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq

62. Jaloliddinov jarima maydoni ichida yiqildi, penalti so'radi, hakam o'yinni davom ettirishdi so'radi.

60. ZARBA! Ibe himoyachining xatosidan keyin to'pni egallab olib, chap oyog'ida mehmonlar darvozasi tomon zarba berdi, salgina noaniq

59. QIZIL KARTOCHKA! Nurillo To'xtasinov tezkor hujum paytida raqibga xavfli o'ynagani uchun ogohlantirildi va birinchi taymdagi sariq kartochkasi tufayli maydonni tark etdi!

58. ZARBAAA! Sarvar Karimov darvozasiga yo'llangan zarbani qaytardi va tezkor hujum boshladi

51. Usmonov jarima maydoni ichiga havodan etkazib berilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq.

50. Jaloliddinovning jarima maydoniga oshirib bergan to'pi hech kimga tegmasdan maydon tashqarisiga chiqib ketdi

46. ZARBAAAAAAAAAAA! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Ibe boshi bilan emas elkasi bilan darvozaga yo'lladi, to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi! 

46. Ikkinchi taym boshlandi


45. Birinchi taym tugadi, hozircha 0:0 

44. Miraxmatovning darvozaga yo'llagan zarbasini Ibe darvozaga kiritmoqchi bo'ldi, lekin o'yindan tashqari holatda qolgandi...

43. Timur Usmonov hozir qarshi hujumda himoyachilardan qochib ketdi, ammo to'pni jarima maydoni yonida shunchaki oldirib qo'ydi

40. UXXX! "Burgutlar" qulay vaziyatni yaratish imkoniyatiga ega edi. Yakunda Ibe o'zini ko'rsatmoqchi bo'ldi va noaniq harakat

40. Ogohlantirish. "Andijon". Jamshid Hasanov

39. Ogohlantirish. "Bunyodkor". Nurillo To'xtasinov

35. Abramov Erkinovning o'yinidan qoniqish hosil qilmadi shekilli, Murtazoevni mashg'ulotlarni boshlashga chaqirdi

33. Ajoyib kombinaciya. So'nggi zarbani Erkinov darvozaga yo'llashga harakat qildi, darvozabon ulgurdi.

30. ZARBAAAA! Selim Nurmuradov raqiblardan to'pni olib qo'ydi va 20 metrlardan zarba berdi, himoyachilarga tegib tezligini pasaytirgan to'pni Abdullaev ushlab oldi

28. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA! Qanday vaziyat! Nurillo To'xtasinovning zarbasidan keyin to'p Erkinovga bordi, SHahbozning 5 metrlardan yo'llagan zarbasini Islombek Abdullaev qaytardi! 

25. Xavfli vaziyat! "Andijon" tezkor qarshi hujumga o'tdi, Bekmurotovning havodan uzatgan to'pini Sarvar Karimov ushlab oldi!

24. Abdullo Olimov jarima to'pini amalga oshirdi, himoyachilar qaytarishdi

19. Farhod Mirahmatovning chap qanotdan oshirib bergan to'piga Ibe bosh bilan zarba bermoqchi edi, lekin himoyachilar yaxshi harakat qilishdi

15. ZARBA! Mezbonlarning ilk hujumi, Timur Usmonovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi kuchsiz va noaniq bo'ldi

14. ZARBAAAA! To'xtasinov burchak to'pini amalga oshirdi, Lutfulla To'raevning bosh bilan yo'llagan zarbasi darvoza yonidan o'tib ketdi

14. ZARBA! Nurillo To'xtasinovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi himoyachilarga tegib maydonni tark etdi. Burchak to'pi

11. Jasur Jaloliddinov to'p uchun kurashda Emmanuel bilan to'qnashib ketdi. Aftidan u jarohat olganga o'xshaydi.

10. Uchrashuvdagi ilk zarba, Selim Nurmuradovning 23 metrlardan erlatib yo'llagan zarbasi kuchsiz va noaniq chiqdi

5. Dastlabki daqiqalarda biroz tashabbus "Bunyodkor" tomonida, ammo hozircha xavfli emas, hujum ham tashkil etilgani yo'q

1. O'yin boshlandi!

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! "Andijon" va "Bunyodkor" o'rtasidagi bahsning asosiy vaziyatlarini shu erda kuzatib borish mumkin bo'ladi .



Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика