So’nggi yangiliklar

10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2 09:40Васкес фаолиятини Осиёда давом эттириши мумкин  1 09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  3 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  6 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  3 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  0 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  5 07:27АПЛга йўл олган учинчи жамоа номи маълум  6 03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  6 03:13А Серия. "Милан" сўнгги ўйинда "Монца"ни қийинчиликсиз таслим этди, жамоа кейинги мавсум еврокубокларда иштирок этмайди  1 03:02Германия кубоги. "Штутгарт" финалда учинчи лига жамоаси бўлмиш "Арминия"ни мағлуб этиб, Германия кубогини қўлга киритди - 4:2. Мийо дублга эришди  5 00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1 23:50Элдор Мойлиев: "Иккинчи дақиқадаёқ қизил карточка билан жазоландик ва режамиз ўзгариб кетди"  0 23:17Эрон кубоги. "Истиқлол" "Санат Нафт"ни мағлуб этиб, финалга чиқди, Машарипов захирада қолдирилди  4 23:09Виталий Левченко: "Жокич ва Йовович касал. Кўплаб позицион ҳужумлар уюштирдик"  7

Coca Cola Superliga. Keskin kurashlarga boy o'yinda AGMK bir kishi kam bo'lib qolgan "Qizilqum"ni engdi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. Keskin kurashlarga boy o'yinda AGMK bir kishi kam bo'lib qolgan "Qizilqum"ni engdi

Teglar :  QizilqumAGMK
Coca Cola Superliganing 17-turidan o'rin olgan AGMK - "Qizilqum" uchrashuvi tugadi.

Coca Cola Superliga. 17-tur
AGMK – QIZILQUM 2:1
26 sentyabr 2020 yil. Olmaliq. OKMK stadioni. 18:00
Hakamlar:
Rustam Lutfullin, Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Davronbek Akmalov
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov
Komissar: Laziz Qo'chqorov

Gollar: Yovan Jokich 68', Zafar Polvonov 90+3, – Alisher Sanoev 11'  

AGMK: 35.Valijon Rahimov - 2.Akmal SHorahmedov, 88.Igor Zonich (30.Jasur Umarov, 64), 44.Bobur Yo'ldoshev, 11.Murod Toshmatov - 23.Yovan Jokich, 4.Mirjamol Qosimov (77.Arslonmirat Amanov, 46), 18.Bahrom Abdurahimov (10.SHahzod Nurmatov, 55) - 17.Sanjar Tursunov, 21.Mate Vatsadze (9.Zafar Polvonov, 46), 7.Elguja Grigalashvili (94.Husniddin G'ofurov, 73).
Zaxira: 32.Suhrob Sultonov, 3.Sardor Rahmonov, 5.Dilshod Jo'raev, 20.Mirg'iyos Sulaymonov.

"Qizilqum": 1.Ignatiy Nesterov, 5.Vladislav Kasminin, 6.Erkin Baydullaev, 7.Oybek Qilichev (32.Ilhomjon Kenjaev, 74, 77.Sunnatilla Abdullajonov, 89)), 8.Ruslan Margiev, 10.Alisher Sanoev, 17.Salim Mustafoev, 23.SHerali Jo'raev, 44. Ibrohim Tomiva (18.Jasur Azimov, 55), 75.Oleg Tolmasov, 88.Jamshid Hasanov (14.Fayzulla Qambarov, 74).
Zaxira: 22.Artyom Makosin, 9.Humoyun Abdualimov,  15.Vohid SHodiev,  21.Muhsinjon Ubaydullaev,  97.SHerzod Qodirov.

Ogohlantirishlar: Erkin Baydullaev 7, Mate Vatsadze 13, Oybek Qilichev 40, Arslonmirat Amanov 48, Jamshid Hasanov 51, Vladislav Kasminin 51.

CHetlatish: Erkin Baydullaev 51' (2SK)


90+3. GOOOOOOOOOOOLL! Zafar Polvonov! Amanovning burchak to'pidan uzatgan to'pini Polvonov golga aylantirdi - 2:1! 

Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi. 

89. "Qizilqum"da o'zgarish: Kenjaev o'rniga Abdullajonov tushirildi. 

88. Zarba! Nurmatovning bosh bilan yo'llagan zarbasini Nesterov qaytardi!


85. Ketma-ket hujumlar... Amanov qoidani buzdi va hujum ham yakunlandi. 

83. Toshmatov orqali boshlangan hujum Nurmatovning bosh bilan bergan noaniq zarbasi bilan yakun topdi. 

81. Zarba! Polvonovning bosh bilan yo'llagan zarbasi xavfli ko'rinishga ega bo'ldi, ammo noaniq ketdi. 

80. Polvonovdan zarba, Nesterov to'pni ilib oldi, ushbu vaziyatda ofsayd ham qayd etildi. 

78. Uuux! Qanday zarba! Husniddin G'ofurovning uzoqdan yo'llagan zarbasini tajribali posbon Ignatiy Nesterov ushlab oldi.  

77. Zarba! Sanjar Tursunovning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

74. "Qizilqum"da 2 ta o'zgarish: Hasanov o'rniga Qambarov, Qilichev o'rniga Kenjaev tushirildi. 

73. AGMKda almashtirish: Grigalashvili o'rniga G'ofurov tushdi. 

70. Grigalashvili tezlik bilan hujumga o'tdi, ammo Kasmininni aldab o'ta olmadi. 

68. GOOOOOOOOOLLLL! Yovan Jokich!  Hisob tenglashdi - 1:1!  U burchakdan oshirilgan to'pni bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi.  


66. Mezbonlar ketma-ket hujum uyushtirishmoqda, hozircha bari muvaffaqiyatsiz. 

64. AGMKda o'zgarish: Zonich o'rniga Umarov tushdi. 

63. Olmaliqliklarning xavfli hujumini navoiyliklar bartaraf etishdi. 

61. Jokich Grigalashvilini oldinga boshladi, biroq pas ancha kuchli chiqqani tufayli to'p maydonni tark etdi. 

60. Zarba!  Jokichning uzoqdan yo'llagan zarbasi kuchsiz chiqib qoldi.  

58. "Qizilqum" bitta kam bo'lib qolgan bo'lsa-da, imkon qadar o'z o'yinini ko'rsatishga harakat qilmoqda. 

55. "Qizilqum"da o'zgarish: Tomiva o'rniga Azimov o'yinni davom ettiradi. 

55. AGMKda almashtirish: Abdurahimov o'rniga Nurmatov tushirildi. 

51. Hakamga qilingan etirozlar uchun Hasanov va Kasminin ham ogohlantirish oldilar. 

51. Baydullaev Toshmatovga nisbatan qo'pollik ishlatdi va ikkinchi sariq kartochkasi tufayli maydondan chetlatildi.  

50. Zarba! Grigalashvilining zarbasi noaniq chiqdi. 

49. AGMK burchak to'pini amalshga oshirdi. Toshmatovning uzatmasi samarasiz yakunlandi. 

48. Arslonmirat Amanov Mustafoevga nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochka oldi. 

47. "Qizilqum" jarima to'piga ega bo'ldi. Qilichevning ichkariga oshirgan to'pini SHorahmedov qaytardi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi

46. AGMKda 2 ta o'zgarish: Qosimov o'rniga Amanov, Vatsadze o'rniga Polvonov maydonga tushdi.

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob - 0:1. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

44. Tomiva Vatsadzega nisbatan qo'pollik ishlatdi.  Hakam futbolchini og'zaki ogohlantirdi. 

41. Qo'pollik navbati AGMKda, bu gal Abdurahimov aybdor, u Jamshid Hasanovni yiqitdi. 

40. Oybek Qilichev Zonichga nisbatan ishlatgan qo'polligi bois ogohlantirish oldi. 

39. Margievga nisbatan qoida buzilgandek tuyuldi va u yiqildi, o'sha vaziyatda to'p to'satdan futbolchining qo'liga tegib qoldi. 

38. Qosimovning pasi to'g'ri borib Vatsadzening qo'liga tegdi, hakam xushtagi chalindi. 

36. Zonich maydon markazida Tomivaga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

34. Jamoalar navbati bilan hujumga o'tishmoqda. Ayni paytda to'p nazorati mehmonlarda. 

30. Elguja Grigalashvili xavfli vaziyat yuzaga keltirdi, ammo to'p maydondan chiqib ketib qoldi. 

26. AGMK o'ng qanot orqali hujumga o'tmoqda va qanotdan to'pni ichkariga uzatishga bir nechta urinishlar amalga oshirildi. 

24. Qosimovning uzatmasiga Nesterov ega chiqdi. 

20. Zarba! Tomivaning zarbasi himoyachilarga tegib qoldi. 

19. Grigalashvili chap qanot orqali yaxshi reydni amalga oshirdi, biroq noaniq harakati tufayli to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi.  

17. Sanjar Tursunovning ajoyib uzatmasi yo'liga Nesterov to'g'anoq bo'ldi va to'pni qaytardi. 

13. Mate Vatsadze hakam tomonidan ogohlantirildi. 

11. GOOOOOOOOOOL! Alisher Sanoev raqib darvozasini ishg'ol etdi - 0:1! 


9. Bahs keskin kurashlarga boy tarzda davom etyapti.  

7. Erkin Baydullaev Vatsadzega nisbatan qo'pol o'ynagani bois sariq kartochka oldi. 

5. GOL! Yo'q, ofsayd qayd etildi. 


4. Bahrom Abdurahimovga nisbatan qoida buzildi, jarima to'pi. 

3. Ibrohim Tomiva hujumga o'tdi va noto'g'ri pas berib, to'pni raqibga berib qo'ydi. 

1. O'yin boshlandi! 

Foto: Jahongir Fayzullaev 


MATNLI TRANSLYACIYA


- Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика