So’nggi yangiliklar

19:20ЎФА нега жим?  0 19:04Суперлига. "Сўғдиёна" - "Нефтчи" (матнли трансляция)  11 19:00Суперлига. "Машъал" – "Бухоро" (матнли трансляция)  4 18:58Максим Шацких: "Ҳужумда қулай имкониятларимиз бўлишига ишончим комил"  4 18:36Фабрицио Романо: Ўзбекистон Фабио Каннаваро билан боғланди  12 18:23Деку "Барселона"нинг Нико Уильямсга бўлган қизиқишини рад этди  3 17:55Ҳиндистон клуби ОЧЛ 2 мусобақасидан четлаштирилди  1 17:35"Қайрат"нинг португалиялик легионери: "Тарихга кириш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  1 17:14Факт. "Бухоро" 23 йилдан буён "Машъал"ни сафарда ютолмаяпти  2 16:56Факт. Виталий Левченко Жиззахда "Сўғдиёна"га мағлуб бўлмаган  5 16:35Қозоғистон терма жамоасига вақтинчалик бош мураббий тайинланди  1 16:13Дракслер етакчилигидаги "Ал Аҳли" Андижонда!  9 15:55Ўзбекистон футбол ассоциацияси Эрон терма жамоаси собиқ устозига жиддий қизиқмоқда  45 15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  15 14:57ФИФА ЖЧ-2026 саралашида иштирок этаётган терма жамоага техник мағлубият ёзди  0

Coca Cola Superliga. 8-tur yakunlari (faqat raqamlar) Yangiliklar

Coca Cola Superliga. 8-tur yakunlari (faqat raqamlar)

6-7 iyul kunlari Coca Cola Superligasida 8-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Odatimizga ko'ra bo'lib o'tgan turda kuzatilgan raqamlar, qiziqarli seriyalar, statistik malumotlarni o'quvchilar etiboriga taqdim etamiz. 


0 - AGMK klubi bu yilgi O'zbekiston chempionatida umuman mag'lub bo'lmagan yagona klub bo'lib turibdi.

1 - "Bunyodkor" klubi bu mavsum o'z maydonida o'tgan o'yinlarda umuman gol o'tkazmagan edi. "Navbahor" himoyachisi Igor Golbanning urgan goli ushbu seriyaga barham berdi. Endi bu mavsum o'z maydonida gol o'tkazmagan bitta jamoa qoldi: "Navbahor".

1 - "Qo'qon-1912" legioneri Yakuba Bamba AGMK bilan o'yinda gol urishga erishdi. SHu tariqa afrikalik futbolchi O'zbekiston chempionatida o'zining birinchi golini urdi. Bundan tashqari ushbu gol "Qo'qon-1912" uchun bu mavsum safarda urilgan dastlabki gol bo'ldi.

5 - Ravshan Haydarov Termizning "Surxon" klubida ish boshladi. Murabbiy "Lokomotiv"ga qarshi bahsda termizliklar ustozi sifatida debyut qildi. SHu tariqa Ravshan Akmalovich O'zbekiston chempionatida beshinchi klub bosh murabbiyiga aylandi. Bunga qadar Haydarov "Traktor", "Paxtakor", "Qizilqum" va "Dinamo" klublarini boshqargan. 



8 - "Qizilqum", "Buxoro" va "Andijon" klublarining g'alabasiz seriyasi 8ta o'yinga etdi. Yani bu klublar 2020 yilgi O'zbekiston chempionatida hali umuman g'alaba qozona olishmadi.

8 - Olmaliqning AGMK klubi 8ta turning barchasida raqib darvozasiga gol urishga erishgan yagona klub bo'ldi. Dastlabki 7ta turda gol urgan "Metallurg" Qarshida "Nasaf"ga gol ura olmadi.

15 - "Navbahor" klubi bu turni Toshkentda "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazib 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. SHu tariqa "Lochinlar" ushbu jamoa maydonidagi 15-uchrashuvda ham g'alaba qozona olishmadi: 13ta mag'lubiyat va 2ta durang.

50 - Dragan CHeran "Mashal"ga qarshi O'zbekiston chempionatida "Paxtakor" safida o'zining 50-uchrashuvini o'tkazdi. SHu kuni gol urgan CHeran klub tarkibdagi o'zining gollari sonini 34taga etkazib oldi.




62 - AGMK yarim himoyachisi Sanjar Tursunov "Qo'qon-1912" darvozasiga taxminan 62 metrdan gol urishga muvaffaq bo'ldi.



115 - Qarshining "Nasaf" klubi yakunlangan turda "Metallurg"ni mag'lub etdi. SHunday qilib Ro'ziqul Berdiev shogirdlari restartdan so'ng birinchi g'alabani tantana qilishdi. "Ajdarlar" oxirgi marta 115 kun avval 3-turda "Surxon"ni mag'lub etishgandi.

200 - Bekobodning "Metallurg" klubi darvozaboni Aleksandr Lobanov "Nasaf" bilan o'yinda O'zbekiston chempionatidagi o'zining yubiley 200-uchrashuvini o'tkazdi. Lobanov bunga qadar "So'g'diyona", "Buxoro" va "Paxtakor" klublarida o'ynagan.



275 - Navoiyning "Qizilqum" klubi vakili SHerali Jo'raev "Andijon"ga qarshi O'zbekiston chempionatida o'zining 275-uchrashuvini o'tkazdi va o'zining 13-golini urishga erishdi.

429 - "Qizilqum" klubi mazkur turda "Andijon" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. O'yinning 69-daqiqasida SHerali Jo'raev mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. SHunday qilib so'nggi 4ta o'yinda umuman gol ura olmagan "Qizilqum"ning 429 daqiqa davom etgan golsiz seriyasi tugadi.

498 - "Buxoro" klubi 8-turni Jizzaxda "So'g'diyona"ga qarshi o'tkazib 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Mazkur bahsda mehmonlar vakili Boburbek Farhodov 48-daqiqada gol urishga erishdi. Bu gol "Buxoro"ning ushbu mavsumda safarda urilgan dastlabki gol bo'ldi. SHu tariqa buxoroliklarning safardagi 498 daqiqa davom etgan golsiz seriyasi barham topdi.

714 - "Bunyodkor" himoyachisi Dilshodbek Ahmadaliev bu tur "Navbahor"ga gol urishga erishdi. Futbolchi so'nggi bor O'zbekiston chempionatida 714 kun oldin gol urgan edi. Qizig'i o'shanda ham raqib "Navbahor" bo'lgan ekan.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика