Coca Cola Superliga 7-tur o'yinlari boshlanish vaqtlari. "Andijon" - "Bunyodkor" o'yini Andijonda bo'ladi
25 iyu 2020 16:30
Yangiliklar
Coca Cola Superliga 7-tur o'yinlari boshlanish vaqtlari. "Andijon" - "Bunyodkor" o'yini Andijonda bo'ladi
Coca Cola Superliga 7-tur uchrashuvlari boshlanish vaqtlari tasdiqlandi.
Avvalroq, “Andijon” – “Bunyodkor” uchrashuvi joyi o'zgargani va uchrashuv Toshkentda o'tkazilishi haqida xabar bergan edik. Boisi, jamoalarning ikkinchi davra bahsi U-19 Osiyo chempionati bahslari paytiga to'g'ri kelgan va “Bunyodkor” stadioni OCH sabab band bo'lishi tufayli ko'chirilgan edi. Ammo, oktyabr oyida O'zbekiston milliy terma jamoasi Tojikistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi bo'yicha kelishuvga erishgani bois, taqvim o'zgarishsiz qoldi.
Coca Cola Superliga. 7-tur
1 iyul, chorshanba
19:00 LOKOMOTIV – QIZILQUM
19:00 ANDIJON – BUNYODKOR
19:00 QO'QON-1912 – MASH'AL
2 iyul, payshanba
20:00 PAXTAKOR – SURXON
20:00 NAVBAHOR – SO'G'DIYONA
20:00 AGMK - NASAF
19:00 BUXORO - METALLURG
Fikrlar