So’nggi yangiliklar

13:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади  1 13:10"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин  1 12:18"Лас-Пальмас" футболчиси автоҳалокат оқибатида ҳаётдан кўз юмди  0 11:50Эдерсон миш-мишларга чек қўйди  0 11:23Челестини Файзуллаевнинг ЦСКАдаги тақдирини ҳал қилади  3 10:56“Ливерпуль“ Англия терма жамоаси ҳимоячиси борасида музокараларни бошлади  5 10:30Германия МТЖ ҳужумчиси фаолиятини “Бавария“да давом эттиришига яқин  0 10:06“Реал“ етакчиси операциядан сўнг қанча муддат футбол ўйнамаслиги маълум  20 09:40Тео Эрнандес “Ал Ҳилол“да қанча даромад қилиши маълум  1 09:18“Арсенал“ “Тоттенхэм“ қизиқаётган футболчини “илиб кетмоқчи“  0 08:52Янги келишувга кўра Роналдунинг “Ал Насср“даги маоши маълум  33 08:27Шомуродов келажаги борасида бир қарорга келди  20 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди  9 07:30Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  23 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  39

Coca Cola Superliga. 6-tur yakunlari (faqat raqamlar) Yangiliklar

Coca Cola Superliga. 6-tur yakunlari (faqat raqamlar)

25-27 iyun kunlari Coca Cola Superligasida 6-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Odatimizga ko'ra bo'lib o'tgan turda kuzatilgan raqamlar, qiziqarli seriyalar, statistik malumotlarni o'quvchilar etiboriga taqdim etamiz.


0 - "Qizilqum" o'z maydonidagi to'rtinchi uchrashuvda to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Bu mavsum o'z uyida umuman ochko olmagan yagona klub - "Qizilqum".

1 - "Navbahor" posboni O'tkir Yusupov "Metallurg" bilan bahsda golli to'p uzatishni amalga oshirdi. Uning to'p uzatishidan keyin Turg'unboev bekobodliklar darvozasiga ikkinchi golni urdi. SHu tariqa Yusupov joriy mavsum O'zbekiston chempionatida golli pas bergan birinchi darvozabonga aylandi. 



1 - Bekobodning "Metallurg" klubi bu mavsum o'z maydonidagi birinchi mag'lubiyatini "Navbahor"ga qarshi o'yinda qabul qilib oldi.

1 - "Navbahor" va "Paxtakor" klublari Coca Cola Superligasida bu mavsum safardagi dastlabki g'alabalarini shu turda qo'lga kiritishdi.

1 - "Buxoro" klubi bu mavsum safardagi dastlabki ochkosini Qarshida "Nasaf"ga qarshi bahsda qo'lga kiritdi. Bunga qadar safardagi 4ta uchrashuvda 4ta mag'lubiyat kuzatilgan edi.

2 - AGMK klubi ortda qolgan 6ta turda o'z darvozasidan 2ta gol o'tkazib yubordi. Bu hozircha chempionatdagi eng yaxshi ko'rsatkich bo'lib turibdi. 



4 - "Qo'qon-1912" o'z maydonidagi to'rtinchi uchrashuvda to'rtinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Bunga qadar "Paxtakor" ham uydagi 4ta o'yinda 4ta g'alabani tantana qilgandi.

6 - AGMK mavsumning dastlabki 6ta uchrashuvida umuman mag'lubiyatga uchramadi va o'z rekordini yangiladi. 2008 yildan buyon O'zbekiston chempionatida ishtirok etib kelayotgan mazkur klubning mavsum startidagi eng uzun mag'lubiyatsiz seriyasi 5ta turni tashkil etardi. Bu natija 2013 yilgi mavsumda qayd etilgandi.

10 - "Bunyodkor" hujumchisi SHahboz Erkinov bu turda "Lokomotiv" darvozasiga gol urishga erishdi. SHu tariqa Erkinov "qaldirg'ochlar" safidagi debyut golini urdi. Hujumchi bunga qadar O'zbekiston chempionatida 9ta turli klub safida gol urishga erishgandi. Bular: "Paxtakor", "SHo'rtan", "So'g'diyona", AGMK, "Navbahor", "Mashal", "Nasaf", "Buxoro", "Qo'qon-1912". Erkinovning O'zbekiston chempionatidagi umumiy statistikasi quyidagicha: 278ta o'yin, 102ta gol.



16 - "Paxtakor" dastlabki 6ta turda raqiblari darvozasiga 16ta gol urishga erishdi. Bu hozircha chempionatdagi eng yaxshi ko'rsatkich bo'lib turibdi.

95:26 - "Qo'qon-1912" vakili Suhrob Berdiev "Surxon" bilan uchrashuvda gol urganida tabloda mana shu vaqt porlab turardi. 6-turdagi eng kech golni aynan Berdiev urdi.

100 - "Navbahor" etakchisi Azizbek Turg'unboevning "Metallurg" darvozasiga urgan birinchi goli 2020 yilgi Coca Cola Superligasining yubiley 100-goli bo'ldi.



450 - "Buxoro" klubi bu mavsum safardagi 5ta o'yinning hech birida raqib darvozasini ishg'ol qila olmadi. Muhsin Muhammadiev shogirdlari safarda 450 daqiqadan buyon gol ura olishmayapti.

1015 - "Lochinlar" etakchisi Azizbek Turg'unboev "Metallurg" bilan o'yinda ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. SHu tariqa yarim himoyachi O'zbekiston chempionati tarixida o'zining ikkinchi dublini rasmiylashtirdi. Qizig'i Turg'unboev birinchi dublni 2017 yil 16 sentyabr kuni aynan Bekobodning "Metallurg" klubiga qarshi o'yinda nishonlagan ekan. Oradan 1015 kun yoki 2 yil, 9 oy va 11 kun o'tgach Turg'unboev dublga erishdi.


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика