So’nggi yangiliklar

21:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1 (матнли трансляция)  251 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  5 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  20 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  2

Coca Cola Superliga. 4-tur yakunlari (faqat raqamlar) Yangiliklar

Coca Cola Superliga. 4-tur yakunlari (faqat raqamlar)

13-15 iyun kunlari Coca Cola Superligasida 4-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.



0 - Koronavirus pandemiyasi tufayli Coca Cola Superligasi o'yinlari muxlislarsiz davom ettirilmoqda. 4-tur bahslarining hech biriga muxlislar kiritilmadi. Malum muddat o'yinlar tomoshabinlarsiz o'tadi.

1 - "Qo'qon-1912" himoyachisi Bobirjon Akbarov 2020 yilgi chempionatda birinchi avtogol muallifi sifatida tarixda qoldi. Dastlabki 3ta turda hech bir futbolchi o'z darvozasini ishg'ol qilmagan edi. 



2:2 - Superliganing 4-turidan o'rin olgan 3ta uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etildi. Qizig'i yana uchta uchrashuvda 1:0 hisobi kuzatildi.

3 - "Metallurg" yarim himoyachisi Doniyor Narzullaev "Lokomotiv" bilan uchrashuvda 3ta golli pas berishga muvaffaq bo'ldi. 



5 - Superliganing 4-turida hakamlar darvozalarga jami 5 marta penalti belgilashdi. SHundan 2tasi golga aylandi xolos. "Nasaf" - "Navbahor" uchrashuvida ikkala jamoa azolari Umar Eshmurodov va Azizbek Turg'unboev, "So'g'diyona"da SHohruz Norxonov 11 metrli jarima to'pidan gol ura olishmadi. "Andijon" vakili Jamshid Hasanov esa "Buxoro" bilan o'yinning o'zida ikki bor penalti tepdi va ikkalasida ham gol urdi.

- AGMK O'zbekiston chempionati tarixida bir o'yinda 5 nafar o'yinchini almashtirgan dastlabki klubga aylandi. Undan oldin boshlangan "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvida murabbiylar 3tadan o'zgarishni amalga oshirishdi.

10 - Qarshining "Nasaf" klubi 4ta turdan so'ng 10 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlikni qo'lga oldi.

11 - AGMK klubi "Qizilqum" maydonida so'nggi bor 2009 yilda g'alaba qozongan edi. Oradan 11 yil o'tib olmaliqliklar ushbu jamoani safarda mag'lub eta olishdi. 



18 - Superliganing 4-turidan o'rin olgan 7ta uchrashuvda jamoalar jami 18ta gol urishdi. Taqqoslash uchun 1-turda 22ta, 2-turda 15ta va 3-turda ham 18ta gol urilgan edi.

33 - "So'g'diyona" O'zbekiston chempionati doirasida so'nggi bor "Paxtakor"ni 1999 yilgi mavsum mag'lub etgan edi. SHundan keyin bo'lib o'tgan o'zaro 33ta uchrashuvda jizzaxliklar g'alaba qozona olishmagandi. Baqoev shogirdlari 21 yildan so'ng ilk bor "sherlar"ni mag'lub etishdi. 



35 - "Lokomotiv" klubi o'z maydonida so'nggi bor 2017 yilgi mavsumda mag'lub bo'lgan edi. 2018 va 2019 yilgi chempionatlarda "temiryo'lchilar" o'z stadionlarida hech kimga yutqazishmagandi. "Metallurg" "Lokomotiv"ning o'z maydonidagi 35 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'ydi. 



42 - "Metallurg" futbolchisi Abror Toshqo'ziev "Lokomotiv" bilan o'yinda zaxiradan maydonga tushganidan 42 soniya o'tgach gol urishga erishdi. Etiborlisi Andrey SHipilov maydonga tushirgan yana bir futbolchi SHahzod Ubaydullaev ham "temiryo'lchilar" darvozasiga to'p kiritdi.

93:56 - "Buxoro" - "Andijon" uchrashuvida mezbonlar vakili Behruz Sadiloev gol urganida tabloda mana shu daqiqalarni ko'rsatib turgandi. Ushbu gol "Buxoro"ga 2020 yilgi mavsumdagi daslabki ochkoni keltirdi va 4-turdagi eng kech urilgan golga aylandi.

247 - "Navbahor" darvozaboni O'tkir Yusupov joriy yilgi mavsumda hozircha eng uzun "quruq seriya" qayd etgan darvozabonga aylandi. Yusupov 1-turda "Paxtakor" bilan bahsning 88-daqiqasida gol o'tkazib yuborganidan so'ng "Lokomotiv" va "Andijon" bilan o'yinlarda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. 4-turda "Nasaf"ga qarshi uchrashuvning 66-daqiqasida gol o'tkazib yuborgan posbonning "quruq seriya"si 247 daqiqaga etdi.



290 - "Buxoro"ning bu mavsumdagi "quruq seriya"si aynan 290 daqiqaga teng bo'ldi. Daslabki uchta turda umuman gol ura olmagan (270 daqiqa) buxoroliklar "Mashal" bilan bahsning 21-daqiqasida mavsumdagi ilk golini urishdi. SHunday qilib 2020 yilgi O'zbekiston chempionatida gol ura olmagan klub qolmadi.

733 - "Navbahor" hujumchisi Zabihillo O'rinboev O'zbekiston chempionatida so'nggi bor 2018 yil 12 iyun kuni "Metallurg" safida "Nasaf"ga gol urgan edi. SHundan keyin 733 kun o'tgach (2 yilu 2 kun) O'rinboev yana "Nasaf" darvozasiga to'p kiritishga erishdi.



Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика