So’nggi yangiliklar

12:00Бугунги ўйинлар: “Боруссия Д” сафарда, футзалда қизиқарли баҳслар ва бошқалар  0 11:38"Милан" Меньянга клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилди  3 11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  0 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  3 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  2 09:52"Мураббийлар қотили" - Маттейс де Лигт  5 09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  4 08:55Хебайнинг янги жамоаси деярли аниқ  14 08:28Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  18 08:00Шота Арвеладзенинг жияни Суперлига жамоасида кўрикдан ўтмоқда  4 07:25АПЛ. Марказий учрашувда дуранг қайд этилди  5 01:59Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз  37 01:42Канселу эртага "Барса" учун тиббий кўрикдан ўтади. Клуб барчасини "Ал Ҳилол" ва Мендеш билан келишиб олди  1 01:25ПСЖ "Марсел"ни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, Франция Суперкубогини қўлга киритди. Рамуш 95-дақиқада гол урди, Шевалье серияда иккита зарбани қайтарди  3 01:10Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Ҳилол" ва "Иттифоқ"да ғалаба, Роналду ва "Ал Насср" яна мағлуб бўлди  10

Coca Cola Superliga. 4-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. 4-tur ramziy terma jamoasi

1-3 aprel kunlari Coca Cola Superligada 4-tur bellashuvlari bo'lib o'tdi.

"Championat.asia" ijodkorlari odatga ko'ra yakuniga etgan tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqishdi. Demak, kutib oling 3-turning ramziy terma jamoasi: 

Bu turda "Paxtakor" o'z maydonida Bekobodning "Metallurg" klubini mag'lub etdi. "SHerlar" posboni Sanjar Quvvatov mazkur bahsda jamoasini bir necha bor muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Hatto gol o'tkazilgan vaziyatda ham raqibning dastlabki zarbasini qaytarishga erishgandi.



"Qo'qon-1912" o'z maydonida "Bunyodkor" bilan durang o'ynashida jamoa sardori Murod Xolmuhammedovning hissasi katta bo'ldi. SHu kuni markaziy himoyada harakat qilgan Xolmuhammedov doimgidek faol bo'ldi va bir qator vaziyatlarda gol urishi mumkin edi.

AGMK Olmaliqda "Navbahor"ni mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi. Jamoa himoyachisi Sardor Rahmonov shu kuni raqib hujumlarini qaytarishda faol o'ynadi.

"Nasaf" mazkur turda "Turon"ni yirik hisobda taslim qildi. Jamoa chap qanot himoyachisi SHerzod Nasrullaev oldingi o'yinlarda bo'lgani kabi himoyada ham, hujumda ham faol bo'ldi. Bundan tashqari Nasrullaev raqib darvozasiga gol ham urdi.



"Qizilqum" bu tur Toshkentda "Lokomotiv" bilan durang o'ynadi. Navoiyliklar yarim himoyachisi Oybek Qilichev shu kuni sherigiga golli uzatma berdi va markazda juda yaxshi o'ynadi. Etiborlisi shu kuni Qilichev Toshkentda o'tgan boks kechasiga ham ulgurdi.

"Nasaf" legioneri Marko Stanoevich "Turon" bilan o'yinda ajoyib gol urdi va Nasrullaevga golli uzatma oshirdi. Bundan tashqari Stanoevich raqib himoyachilariga tinchlik bermadi.

"Lokomotiv" yarim himoyachisi Diyor Turopov "Qizilqum" bilan o'yinda gol urishga erishdi va yaxshi harakat qildi.



"Navbahor"ga qarshi o'yinda AGMK zaxira o'rindig'idan maydonga tushgan Husniddin G'ofurov natijaga katta tasir qildi. Bahsga juda ham faol tarzda qo'shilib ketgan G'ofurov 71-daqiqada SHohruh Gadoevga golli uzatmani amalga oshirdi. Aynan shu gol Olmaliq shahri jamoasiga 3 ochko keltirdi.

"Andijon" yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov "Mashal" bilan bahsda ham faol o'ynadi. Tinib tinchimas Jasur birinchi taymda o'zi penalti ishladi va uni o'zi aniq amalga oshirdi.



"Andijon"ga qarshi bahsda qanot hujumida o'ynagan Humoyun Murtozaev sherigiga chiroyli golli uzatmani amalga oshirdi. Bundan tashqari unda gol urish uchun bir nechta vaziyat ham bo'ldi.

Tur qahramoni Jizzaxning "So'g'diyona" klubi hujumchisi SHohruz Norxonov bo'ldi. "Surxon"ga qarshi kechgan bahsda Norxonov termizliklar darvozasiga ikkita gol urishning uddasidan chiqdi va yakunda "So'g'diyona" 2:1 hisobida irodali g'alabani tantana qildi. Norxonov bu mavsum Superligada dublga erishgan dastlabki futbolchiga aylandi. Uning jami gollari soni 4taga etdi.


 


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика