Superliga-2020 1-tur uchrashuvlari tahlili bo'yicha hakamlar va OAV vakillari ishtirokida seminar o'tkaziladi
28 fev 2020 13:02
Yangiliklar
Superliga-2020 1-tur uchrashuvlari tahlili bo'yicha hakamlar va OAV vakillari ishtirokida seminar o'tkaziladi
O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan hakamlarning malakasini oshirish bo'yicha muntazam ravishda qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, o'tgan mavsum davomida Superliga va Pro-ligada tur o'yinlari yakunlangach O'FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi tomonidan hakamlar uchun maxsus seminar tashkil qilinib, o'yinlar davomida yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilib borildi. Ushbu anana kuni kecha start olgan yangi mavsumda ham davom ettiriladi.
Superliga-2020 1-tur uchrashuvlari tahlili amalga oshiriladigan joriy yilgi ilk seminar dushanba, 2 mart kuni soat 14:00da O'FA majlislar zalida tashkil qilinadi. Seminarda barcha turdagi OAV vakillari ham ishtirok etishlari mumkin bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar